1. Qalqonsimon bez



Download 0,5 Mb.
bet2/2
Sana01.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#626323
1   2
Bog'liq
21-38 g

3.Buyrak usti bezlari

Buyrak usti bezlari (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 3— 5g . Buyrak usti bezlari b. tashqi—poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har ikkala qavat strukturasi va funksiyasi alohida ichki sekresiya bezlari hisoblanadi.




Bular xaqida qo'shimcha ma'lumotlar:


Me’da osti bezi - aralash bezlar jumlasiga kiradi. Ovqat hazm qilish jarayonida qatnashuvchi fermentlarni shira shaklida o‘n ikki barmoqli ichakka ajratsa, shu bilan birga bu bezda garmon ishlab chiqaruvchi maxsus hujayra tuzilmalari bo‘ladi. Bu tuzilmalar insulin deb nomlanuvchi garmonlarni qon tomirlarga ajratadi.
Insulin garmoni asosan organizmda uglevod moddalari muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Uning ta’sirida organizmga tushadigan ortiqcha glyukoza jigarda glikogen ko‘rinishda to‘planib boradi, shuning natijasida qondagi qand miqdori doimo bir me’yorda saqlanib turadi.
Me’da osti bezining kasallanishi, ya’ni insulin ishlab chiqarish xususiyati buzilganda, organizmga kirgan uglevodlar organizmda ushlanmaydigan bo‘lib, siydik orqali tashqariga chiqib ketadi. Bu kasallik diabet kasalligi deyiladi.


Buyrak usti bezlari juft bezlar bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i orqasida, 11-ko‘krak umirtqasi damida, buyrakning qirra ustida joylashgan har bir bezning massasi o‘rtacha 5-8 g. atrofida bo‘ladi. Buyrak usti bezlari qon va limfa tomirlari turi Bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi. Ular o‘z massasiga ko‘ra tanamizdagi har qanday organga qaraganda ko‘proq qon oladi.
Buyrak usti bezi ikki xil to‘qimadan tuzilgan bo‘ladi. Buyrak usti bezining ustki qavati po‘stqavat, ichki qismi mag‘iz qavat deyiladi. Buyrak usti bezi simpatik va sayyor nervlardan tolalar oladi. Bezga kiradigan nerv sekretor nerv deyiladi. Buyrak usti bezi olib tashlanganda kuchsizlanadi, ishtaha yo‘qoladi va qon bosimi pasayib ketib, hayvon o‘ladi. Misol uchun: itlar buyrak usti olib tashlangandan so‘ng 4-7 kun yashashi mumkin.
Buyrak usti bezining po‘stloq qavati kimyoviy tuzilishi jihatidan jinsiy garmonlarga o‘xshash bo‘lib, bu bezlardan kortikosteroid garmonlar ishlab chiqaladi.
Bu garmonlar 40 dan ortiq bo‘lib, uglevodlar, mineral tuzlar, oqsillar almashinuvini kuchaytiradi, muskullarning ish qobiliyatini oshiradi va boshqa funksiyalarni bajaradi.
Buyrak usti bezining mag‘iz qismida esa adrenalin garmoni ishlab chiqiladi.
Buyrak usti bezining mag’iz moddasida ikki xil hujayralar bor. Epinefrotsitlar mag’iz moddaning asosini tashkil qilib, adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Norepinefrotsitlar uncha katta bo’lmagan guruhlar shaklida joylashib noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Adrenalin yurak qisqarishini tezlatadi, yurak mushaklarini qo’zg’alishini va o’tkazuvchanligini oshiradi. Teri va ichki a’zolarning mayda arteriyalarini toraytirib, arterial bosimni ko’taradi. U me’da va ichak mushaklarini qisqarishini kamaytirib, bronx mushaklarini bo’shashtiradi. Adrenalin ta’sirida jigarda glikogenni parchalanishi kuchayib giperglikemiya paydo bo’ladi. Noradrenalin arterial bosimni ko’taradi.
Taraqqiyoti: Buyrak usti bezining po’stloq va mag’iz qismlarining kelib chiqishi har xil. Po’stloq qismi birlamchi ichakning dorsal tutqichi ildizi bilan siydik-tanosil burma o’rtasida joylashgan mezodermadan rivojlanadi. Bezning mag’iz qismi po’stloq qismidan kechroq ektodermadan hosil bo’ladi.
Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish