1.Qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzuiy guruhlari.
2.Eski o‘zbek tili terminologiyasining hosil bo‘lish yo‘llari.
3.O‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari.
4.Bitiktoshlar matnida qanday mavzuiy guruhlarga oid terminlar qayd etilgan?
•Ajam šuarasï-u turs tusahάsï har qaysï üslubdakim, söz arusïǧa jilva-u namάyiš berib erdilär, türk tili bilä qalam surdïm vä har nečük qoidadakim, mάni abkάrïǧa ziynat-u άrάyiš körgüzüb erdïlär, čïǧatay lafzi bilä raqam urdum. Andaqki, tä bu mazkur bolgan til-u lafz binάsïdur, heč nάzïmǧa bu dast bermäydür vä heč rάqïmǧa bu muyassar bolmaydur.
Javoblar
1. Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi – qağan “Oliy hukmdor, xoqon”, tegin “taxt vorisi, xonzoda”, šad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiyma’muriy unvon”, yabğu “G‘arbiy turk xoqonligi hukmdori”, qatun “malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori”, tarqan “ hokim”, beg “bek, boshliq”, eltäbär “azlarning sarkardasi”, sabčï “elchi”, yolčï “boshliq”, bağa (sug‘d)“unvon, lavozim”, ïšbara (sanskrit) “unvon.
Harbiy terminlar – kőrűg “ayg‘oqchi, josus”, ayğučï “harbiy maslahatchi”, sűbašï “sarkarda, lashkarboshi”, yerči “yo‘l ko‘rsatuvchi, qulavuz”, sűƞűš “jang, urush”, sűƞűg “nayza”, sű “lashkar, qo‘shin”
Savdo-sotiq, moliya bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi istilohlar: arqïš “savdo-sotiq karvoni”, sat- “sotmoq”, satïğ “savdo-sotiq”, satïğčï “tojir, savdogar”.
Soliq va boj terminlari tizimi – berim “to‘lov”, qabïn “tayyor mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”, qubčïr “davlat tomonidan fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i”, rabjat “qullardan undiriladigan
Zoonimlar – buğra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”.
Astroponimlar: ay “oy”, kűn “quyosh”, altun yultuz “Cho‘lpon, Venera”.
Anatomik terminlar – yűräk “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”.
Tibbiy terminlar – buğan “chipqon”, kaka tau “yiringli yara.
2. Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi.
Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurt- čï, yulduz- čï, čerig- či, tura-lïq, jibä-lik, kejim-lik va h.k;
Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-uğ, ből-äk//ből- űk, yur-uš, čap-qun, quv-ğun//qav-ğun, yasa-vul, tosqavul, tata-vul, nikä-vűl, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurğa-l, yasa-q, tolğa-ma, yasa-v, bašla-maq va h.k.;
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yağï -la-, oq-la, čerik-lä -, jibä-län-, qïlïč-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va h.k.;
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar: sava-š -, ur-uš -, tala-t-, evr-il-, yïğ-ïl-, bas- ïl-, qïr- ïl-, yïğ-ïštur-, bas-tur-, qač-ur, tűš-űr-, tut-ul.
3. O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasi uch manba asosida boyib bordi:
o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va qonunlari zamirida yuzaga kelgan terminlar: bosmaxona, nizomnoma “ustav”, nishontosh “yodgorlik”, yig‘ilish “majlis” va h.k.;
o‘zbek tili terminologiyasining jonli xalq tili so‘zlari hisobiga kengayishi yaqqol namoyon bo‘ldi: bo‘zchi, bezgak, iskaptopar,arava.
ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zbek tilida o‘zlashishi:
a) ijtimoiy-siyosiy terminlar – uyezd, pristav, soldat, volost, duma.
b) transport bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi terminlar – poyezd, vagon, vokzal, stansiya, depo va h.k;
v) sanoat, tijorat va moliya tizimida qo‘llanuvchi terminlar –zavod, fabrika, vistavka, magazin, kredit va h.k.;
g) madaniyat, fan, maorif sohasi terinlari – gimnaziya, teatr, gazeta, muzey, universitet, kafedra va h.k.;
d) tibbiy terminlar – gospital, lazaret, feldsher, doktor va h.k.;
y) hujjat va mukofotlar nomlari – medal, pasport, orden, attestat, diplom va h.k.;
y) sudlov terminlari – sud, sudya, zakon va h.k.;
j) o‘lchov birliklari nomi – pud, minuta, sajen va h.k.;
z) harbiy terminlar – general, korpus, konvoy, kapitan, leytenant, polkovnik, mayor.
4. Ijodkorlikka oid terminlar- šuara, tusahá, nàzïm, uslub, arus, raqam urmoq, qalam surmoq.
Xalqlar- turk tili, čïğatay lafzi.
Do'stlaringiz bilan baham: |