Bog'liq 1-Qadimgi tarix sivilizatsiyaning boshlanishi
31-32-Olimlar va mutafakkirlar (20)
Testlar
1. Qaysi Yunon faylasufi Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan degan fikr tarafdori bo’lgan? A) Diogen B) Geraklit C) Demosfen D) Demokrit 2. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir» degan mashhur hikmatlar kimga tegishli bo’lgan? A) Demokrit B) Suqrot C) Geraklit D) Demosfen 3. «Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan» degan fikr muallifi qaysi faylasuf bo’lgan? A) Diogen B) Demokrit C) Geraklit D) Demosfen 4. Qaysi faylasuf «Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart» degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan edi? A) Demosfen B) Geraklit C) Demokrit D) Diogen 5. Qaysi Yunon faylasufi hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechib bir bochkada kun kechirgan? A) Aristotel B) Arximed C) Diogen D) Suqrot 6. «Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix» asarining muallifi kimligini aniqlang? A) Aflotun B) Gerodot C) Suqrot D) Platon 7. Qaysi olimga tirikligidayoq «tarixning otasi» degan unvon berilgan edi? A) Gerodot B) Platon C) Arastu D) Sokrat 8. Qaysi olim to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratgan va ularni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab bergan? A) Suqrot B) Platon C) Aristotel D) Forobiy 9. Qaysi Yunon olimini Sharqda «Arastu» deya aytish odatga aylangan edi? A) Aristotel B) Forobiy
C) Gerodot D) Suqrot 10. Qaysi olim ko’zgular tizimidan foydalanib yorug’likni bitta yo’nalishga jamlagan va rimliklarning kemalarini yondirib yuborgan edi? A) Arximed B) Platon C) Diogen D) Aristotel 11. Qaysi olim richag qonunini ishlab chiqqan va «Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman» degan iborani aytgan edi? A) Arximed B) Demokrit C) Geraklit D) Gerodot 12. Yunon olimi Arximedning jonajon shahri qaysi bo’lganligini aniqlang? A) Sirakuza B) Fiva C) Mikena D) Afina 13. Qaysi faylasuf o’zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi? A) Diogen B) Demokrit C) Suqrot D) Arximed 14. «Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda» degan hikmat qaysi faylasufning so’zlari bo’lgan? A) Demokrit B) Arastu C) Suqrot D) Platon 15. Suqrotning g’oyalari qaysi faylasufning muloqotlari orqali yetib kelgan? A) Demokrit B) Arastu C) Platon D) Diogen 16. Atlantida degan hayoliy (ideal) davlat to’g’risida ta’limot yaratgan yunon faylasufi kim bo’lgan? A) Arastu B) Suqrot C) Demokrit D) Platon 17. «Xudo bizning o’zimizdadir» degan hikmat qaysi faylasufga tegishli bo’lgan? A) Suqrot B) Arastu C) Demokrit D) Aflotun 18. Suqrotning «O’z-o’zingni anglagin va bilgin» degan hikmati qaysi ibodatxonada yozilgan edi? A) Afina ibodatxonasi B) Parfenon ibodatxonasi C) Delfiya ibodatxonasi D) Panteon ibodatxonasi