3. Shovinizm [ NapoleonI bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari N.Shoven (Spailchop) nomidan] — millatchilikning o’ta agressiv shakli. O’zga millatlami kamsitish, tahqirlash, o’z millatini boshqa millatdan ustun qo’yish, milliy kalondimog’lik, milliy xudbinlik illatlarini o’zida mujassam etadi.
7-BILET
1. Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang.
2. Olimxonning Qo‘qon xonligi tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
3. “To‘rtlar ittifoqi” atamasiga izoh bering.
1. Urartu (ossuriycha atalishi; urartcha — Biaynili, Bibliyada — "Ararat podsholigi") -*-G’arbiy Osiyodagi qad.davlat. (mil. av.9-6-asrlar). Ravnaq topgan davrida Armaniston tog’liklarini (hozirgi Armanistonning butun hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi — urartlar.Poytaxti — Tushpash. (hozirgi Turkiyadagi Vansh.) bo’lib, unda podsho Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan.Mil. av. 9-asr oxiri—8-asrning lyarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va Sarduri II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Urartuda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. av. 8-asr o’rtasida Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III (mil. av. 745—727) Urartu qo’shinlarini bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shim. Mesopotamiya va Shim. Suriyani egallagan.S’ngraRusa I davrida Saigon II boshliq Ossuriya qo’shinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron bo’lgan.Biroq 7-asrda U. Jan. Zakavkazyeda hali ham o’z mavqeini saqlab qolgan edi. Rusa II (mil. av. 685—645) bu yerda yangi qal’alar bunyod etgan (jumladan, Teyshebaini va boshqalar). Skilkimmeriy yollanma qo’shini yordamida Urartu podsholari Frigiya podsholigini tormor qilganlar (mil. av. 676 y.).Midiya podsholigining kuchayishi Urartuni Ossuriya bilan yaqinlashtirgan.Biroq mil.av. 6-asr boshida Urartu Midiya tomonidan tormor etilgan va uning tarkibiga qo’shib yuborilgan. Ossuriya— Mesopotamiyaning shinuda, Dajla daryosi yuqori oqimi bo’ylarida qadimda mavjud bo’lgan davlat (miloddan avvalgi 2—7-asrlar). Ashshur (Assur) shahar davlati nomidan olingan. Ossuriya aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub bo’lgan. Miloddan avvalgi 18-asr boshida Ashshur yirik davlatning markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-asrlarda Mitanni davlatlari qo’l ostiga o’tgan. 10-asr oxiri — 9-asrlarda Ossuriya podsholari Shim. Mesopotamia va Ossuriyaning sharqidagi tog’li o’lkalarda o’z hokimiyatlarini tiklashga erishganlar. 679—672 yillarda O. Shinuda va Sharkda kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar bilan og’ir urushlar olib borgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxiridan boshlab Ossuriyaga qarshi bo’lgan davlatlar (Bobil, Elam, ba’zan Misr, Suriya, Finikiya, Falastin) va kabilalar (xaldey, arab va boshqalar) ittifoqi tuzilgandi. Uzoq muddatli urushdan so’ng Bobil va Midiya ittifoqi Ossuriyani tor-mor keltirgan, uning asosiy shaharlarini vayron qilib, Ossuriya davlatini tugatgan (605-yil). Urush davrida Ossuriya zodagonlari yoppasiga qirib tashlangan, qolgan aholi Mesopotamia oromiylari bilan aralashib ketgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |