26-mavzu. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi (26 ta)
1.Qanday paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko’zlaydi?
A) yunon - fors urushlari paytida
B) yunon shaharlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
C) Old Osiyo davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
D)O’rtayer dengizi davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
2.Makedoniya podshosi Filipp II ning qo’shinlari kimlardan tashkil topgandi?
A)suvoriylar va piyodalardan
B)to’pchilar va piyodalardan
C)dehqonlardan
D)qullardan
3.Makedoniya piyoda qo’shinlari necha qatordan iborat falangada saflanardi?
A)25 B)20 C) 18 D)16
4.Makedoniya podshosi Filipp II ning 16 qatordan iborat piyoda qo’shinlari safi qanday atalgan?
A) kogorta B) falanga
C) legion D) senturiy
5.Falanganing nechanchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi?
A)ikkinchi B)beshinchi
C)oltinchi D)yettinchi
6.Makedoniya podshosi Filipp II ning falangasi jang paytida nimaga o’xshab qolar edi?
A)temir maxluqotga B)toshbaqaga
C)yirtqich hayvonga D)kallakesarlarga
7.Falanga qanotlarini kimlar himoya qilardi?
A)maxsus qo’shin B)otliqlar
C)piyodalar D)hech kim himoya qilmasdi
8. Yunoniston shaharlari aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat qilgan notiq kim bo’lgan?
A) Diogen B) Suqrot
C) Demosfen D) Demokrit
9. Yunonistonda Filipp II qo’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qaysi shahar aholisi qo’shilgan edi?
A) hamma javoblar to’g’ri B) Mikena
C) Sirakuza D) Fiva
10.Xeroniya shahri qayerda joylashgan?
A)Plateyada B)Afinada
C)Beotiyada D)Fivada
11. Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari to’qnashgan?
A) mil.avv.480-yil B) mil.avv.337-yil
C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.490-yil
12.Xeroniya jangida dastlab qaysi xalq harbiy hiyla qo’llab, ustunlikni qo’lga olgan?
A)makedonlar B)yunonlar
C)forslar D)rimliklar
13.Xeroniya jangida dastlab g’alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar makedonlarni quvishga tushib, necha bo’lakka ajraladi?
A)ikki bo’lakka B)uch bo’lakka
C)to’rt bo’lakka D)besh bo’lakka
14.Xeroniya jangida yunonlar ikki bo’lakka ajralgach, uning biriga kim qaqshatqich zarba bergan va jang taqdirini hal qilgan?
A)Filipp II B)Miltiad
C)Aleksandr D)Ssipion
15.Xeroniya ostonasidagi jangdan so’ng mag’lubiyat oqibatida Yunoniston qaysi davlatga qaram bo’lib qoldi?
A)Rim B)Makedoniya
C)Eron D)Misr
16.Kim “Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi” degan edi?
A)Femistokl B)Suqrot
C)Demosfen D)Platon
17. Demosfen qaysi jang haqida «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi» deb yozgan edi?
A) Marafon jangi B) Xeroniya jangi
C) Fermopil jangi D) Plateya jangi
18.Kim o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi, lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi?
A)Demosfen B)Geraklit
C)Demokrit D)Diogen
19.Demosfen ovozi balandligini oshirishni mashq qilganida, u nimadan balandroq baqirishga harakat qilgan?
A)musiqadan B)aks sadodan
C)dengiz shovqinidan D)hayvonlardan
20.Filipp II qachon o’zini yunonlar podshosi deb e’lon qilgan?
A) mil.avv.337-yilda
B) u o’zini podsho deb e’lon qilmagan
C) mil.avv.338-yilda
D)mil.avv.340-yilda
21. Makedoniya hukmdori Filipp II qaysi xalq bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi?
A) rimliklar bilan B) yunonlar bilan
C) oriylar bilan D) doriylar bilan
22. Korinf ittifoqi qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv.335-yil B) mil.avv.337-yil
C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.336-yil
23. Korinf ittifoqida Yunonistondagi qaysi davlat qatnashmagan edi?
A) Mikena B) Sparta
C) Afina D) Fiva
24. Korinf ittifoqiga birlashgan davlatlar qanday shartga kelishgan edilar?
A) o’zaro urushlar olib bormaslik
B) hamma javoblar to’g’ri
C) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik
D) murosada tinch-totuv yashash
25.Filipp II forslarga qarshi nechanchi yilda yurish qildi?
A)mil.avv 338-yilda
B)mil.avv 337-yilda
C)mil.avv 336-yilda
D)forslarga qarshi yurishni amalga oshira olmasdan vafot etdi
26.Filipp II vafot etgach kim Makedoniya hukmdori bo’ldi?
A)Aleksandr B)Filipp III
C)Salavka D)Antiox
Do'stlaringiz bilan baham: |