1. Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o’rganamiz?



Download 122,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.04.2022
Hajmi122,96 Kb.
#546734
Bog'liq
bank ishi seminar



1-mavzu 
1.Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. 
2.Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o’rganamiz? 
3.Pul va inflatsiyaning o’zaro bog’liqligi nimadan iborat? 
Javoblar 
1.
Pul, kredit va banklar ” fani o’tilishi mo’ljallangan ta’lim yo’nalishi talabalari yuqoridagi 
holatlardan kelib chiqib ushbu fan dasturida ko’zda tutilgan zamonaviy pul, kredit nazariyasi va 
banklar bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Shu asosda “Pul, kredit va 
banklar” fanining maqsadi – bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamizda pul-kredit sohasi 
qonuniyatlari , uning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini tushunib yetadigan pul-
kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini, ularni taxlil eta oladigan yuqori malakali 
iqtisodchi mutaxasislar tayyorlashga hissa qo’shishdan iborat. Bu fan talabalarga pul, kredit va 
banklarni nazariy asoslari bilan birga ulardan xalq xo’jaligida foydalanishda unga xos bo’lgan 
uslub va usullar asosida tegishli bilimlarni chuqirroq egallashni ta’minlaydi. Buning uchun talaba
eng avvalo pul, kredit va banklar mohiyatini, ya’ni ualrni o’rganish obyektini (predmetini) 
tushunib olishi kerak.Bu fanining predmeti bo’lib mikro va makro darajadagi pul, kredit va 
banklar bo’yicha munosabatlar, ularga tegishli qonuniyatlar hisoblanadi.Qisqacha aytiladigan 
bo’lsa pul – bu maxsus tovar bo’lib u hamma tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent 
hisoblanib tovarlarni bir biriga ayrboshlash vazifasini bajaradi. 
2.
Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri 
hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, 
mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul 
mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit 
institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining 
barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. 
3.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va 
iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga 
bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi 
hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga 
turlicha ta`sir etishi mumkin. 
2-mavzu 
1. Pulning mohiyati nimada namoyon bo’ladi? 
2. Pulning kelib chiqishi tug’risida qanday g’oyalar mavjud bo’lgan? 
3. Kredit pulga nima kiradi 
4. Pulning qaysi funktsiyasida tovarlar summasi muddati kechiqtirib to’lanadi? 
1. Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol 
qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir 
tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. 
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi 
(vositachi sifatida). 
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha 
tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. 


Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu 
xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga 
bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
2. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim 
o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul 
shakllari mavjud. 
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o‘ynovchi 
ko‘plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa 
boshladi (masalan, nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o‘ynovchi tovarlarning barchasi ham 
ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, 
barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning 
umumiy shakli vujudga keldi. 
3. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir. 
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) ko‘rsatilgan 
summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma majburiyati hisoblanadi. 
4.to’lov vositasi funksiyasida 
3-mavzu 
1.Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari. 
2.Nominal pul nazariyasining mohiyati va uning tarafdorlari. 
3.Miqdoriy pul nazariyasining mohiyati va uning tarafdorlari. 
4.Pulning miqdoriy nazariyasi haqidagi ta’limotni qachon va kim tomonidan ilgari surilgan? 
1. 1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush 
o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb 
qaraladi. 
2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning 
xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. 
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat 
tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga 
qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad 
etiladi. 
3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning 
qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, 
qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan 
o’lchanadi. 
4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning 
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin 
asosi bekor qilingan. 
2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning 
xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. 
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat 
tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qarama 
qarshi 


nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi. 
3. . Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning 
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin 
asosi bekor qilingan. 
4-mavzu 
1.Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishini yoritib 
bering? 
2. Pul aylanishining tarkibiy qismlari va ularga tavsif bering. 
3. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil etish tamoyillari. 
4. Markaziy bank naqd pul muomalasini tashkil etishda qanday ishlarni bajaradi? 
1.
Pul aylanmasi - Bu mamlakat ichki iqtisodiy muomalasida va tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida 
pullarning naqd va naqd pulsiz shaklda, tovar va xizmatlarni sotish, shuningdek 
iqtisodiyotdagi tovar bo'lmagan to'lovlarni sotish uchun xizmat qilishi. Pul muomalasining 
ob'ektiv asoslari ob'ektiv mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishining rivojlanishi 
hisoblanadi. 
2.
Pul aylanishi asosan ikki belgiga:
1 Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish
2 Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin 
3. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda 
takrorlanishidir. 
Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan 
mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga 
bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga 
asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga 
asoslangan to‘lovlar rivojlangan. 
Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib 
ko‘rsatiladi:
1. moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi;
2. bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi;
3. ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi;
4. nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni 
amalga oshirish mumkinligi;
5. pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi. 
5-mavzu 
1. Pul muomalasi tushunchasi. 
2. Pul muomalasi qonunlarining mazmuni va maqsadi. 
3. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”ning o’ziga xos hususiyati. 
4. K.Marksning pul miqdorini aniqlash formulasi. 
1. Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar 
haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni 
qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati.


2. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul
muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy
formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil
qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan
muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori
aniqlanadi..
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda,
pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj
kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan
va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab
turilgan. 
3. Pulning miqdoriylik klassik nazariyasi asoschilaridan biri Irving
Fisheming 1911 yilda nashr qilingan “Pulning harid quvvati" kitobi-
da pulga bo ‘ lgan talabni aniqlash uchun quyidagi formulni keltiriladi:
V=P*Y/M
Unda Fisher umumiy pul miqdori M (pul massasi) va ishlab
chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlami sotib olishdagi yalpi
xarajatlar R* Y o ‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilgan.
Bunda: R - baholar darajasi; Y - yalpi ishlab chiqarish (yoki yal­
pi ichki mahsulot sifatida ishlatish mumkin);
V - M va P * Y larni bogiovchi o ‘zgaruvchini - pulning aylanish
tezligi deb atash mumkin.
Demak, pulning aylanish tezligini V yalpi xarajatlarning (P*Y)
pul massasiga nisbati sifatida qarash mumkin. Masalan: agar yil
davomida nominal yalpi ichki mahsulot (YIM) 5 trln. dollarga. pul
taklifi M - 1 trln. dollarga teng bo‘Isa, pul aylanish tezligi 5 martaga
teng bo‘ladi.
Yuqoridagi tenglamaning har ikkala tomonini M ga ko‘paytirish
orqali almashuv tenglamasini hosil qildi. Almashuv tenglamasi nom­
inal daromad, pul miqdori va ularning aylanish tezligini ifodalaydi.
M *V=P*Y 
6-mavzu 
1.
Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi 
shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari.
2.
Milliy valyuta — muayyan davlat (davlat markaziy banki) tomonidan chiqariladigan valyuta. 
Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozorlarda va 
birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnomalarga
fyuchers shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers shartnomalarini sotish va sotib 
olish bo‘yicha tuziladi. 
Fyuchers operatsiyasi valutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi 
operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu (yutqazgan tomonning yutgan 
tomonga shartnoma tuzilgan va amalga oshirilgan vaqt orasidagi kursi farqini to‘lashdir. 


3. Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida 
ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi: 
– haqiqiy pullar; 
– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari. 
4. Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taxchilligining 
bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga 
keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan 
qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining 
tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki 
uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. 

Download 122,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish