Mijozning o'zini tutishni bilmasligi
Agarda mijoz o'zidan o'zi qoniqmaganligiga, o'z xulqi uni to'la qoniqtirmasligi va biror-bir hayotiy vaziyatda o'zini qanday tutishi to'g'risida qaror qabul qilib, shunga qaramasdan o'zini umuman, boshqacha tutishdan shikoyat qilsa- bu mijoz o'zini tutishni bilmasligini anglatadi. Bunday holatda mijozga yordam ko'rsatish uchun psixolog-maslahatchi birinchidan, qayerda, qachon va qanday sharoitlarda mijozda o'zidan qoniqmaslik yuzaga kelishini aniqlashi zarur. Ikkinchidan, uning xulqi mos emasligi aniq nimada namoyon bo'lishini aniqlash kerak. Uchinchidan, mijozga uning o'zi aslida qandayligini, o'zini erkin tutishi uning uchun nimadan iborat ekanligini tushunib olishiga yordam berishga harakat qilish kerak. To'rtinchidan, mijozga o'zini tuta bilishga imkon beruvchi yangi, o'zini erkin tutish shakllarini o'zida aniqlash va tanlab olishga yordam berish kerak. Psixologik maslahatdagi mana shu barcha qadamlarni ketma-ket va to'la ko'rib chiqamiz. Maslahatlar berish ishlari psixodiagnostik bosqichida mijozga quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi:
— Qayerda, qachon va qanday vaziyatlarda o'zingizni tuta bilmasligingizni ko'proq va kuchliroq his qilasiz?
— O'zingizni tutishni bilmasligingiz odatda, qaysi harakatlaringizda namoyon bo'ladi?
— Mavjud hayotiy vaziyatlarda o'zingizni tuta bilmasligingizga nima xalaqit qiladi?
Mana shu savollarga mijozning javoblarini diqqat bilan tinglab, psixolog-maslahatchi mijoz o'zida, o'zining xulqida nimalarni o'zgartirishi kerakligini aniqlab olishi va keyin mijozning o'zi bilan kelishib olishi kerak bo'ladi. Mijoz uchun nima tabiiy hisoblanishini va nima tabiiy emasligini aniqlash uchun u bilan qo'shimcha ishlash talab etiladi. Bu ishlaming bir qismi qayerda, qachon va qanday vaziyatlarda, qanday harakatlar bajarganidan keyin mijoz o'zini yaxshi his etishini va o'zidan xursand bo'lishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Mana shu holatlar u o'zini oddiy, tabiiy tutadigan holatlar hisoblanadi. Maslahatlar ushbu bosqichida psixolog-maslahatchi bilan mijozning birgalikdagi ishlari vazifasi uning o'zini tabiiy tutishi shakllarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Bu keyinchalik ulami mijozning individual hayotiy tajribasida mustahkamlash, xulqining mana shu shakllarini uning uchun odatiy bo'lib qolishi uchun zarur. Mijoz bilan ishlashning keyingi bosqichi mijoz bilan psixodiagnostik ishlarni o'tkazishdan iborat bo'ladi. Psixodiagnostikadan maqsad mijozda tabiiy mavjud bo'lgan va bu haqda u juda kam biladigan shaxsiy psixologik sifatlarini aniqlashdan iborat. Mijoz o'zini erkin tutishi uchun o'zi bilishi kerak bo'lgan individual xususiyatlarini anglab yetishi to'g'risida gap ketmoqda. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan ishlashi shu qismi yakuni mijozning mos ravishdagi «men» — obrazi bo'lishi, u psixolog-maslahatchi bilan kelishilgan bo'lishi kerak. Mana shu obrazdan kelib chiqib, maslahatchi va mijoz keyinchalik mijoz uchun o'zini tabiiy holatda tutishi, uning «men» obrazini hisobga olgan holda erkin his qilishi nimani anglatishini aniqlab olishlari kerak bo'ladi. Muhokama qilinayotgan muammoni hal qilish bo'yicha ishlar yakuniy bosqichida psixolog-maslahatchi mijoz bilan uning tajribasida yangi xulqi va turli hayotiy vaziyatlarda o'zini qanday tutishi tabiiy shakllarini ishlabchiqish va mustahkamlash bo'yicha aniq harakatlar rejasini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlaridan iborat bo'lishi kerak. Birgalikdagi ishlaming eng oxirida psixolog-maslahatchi va mijoz ular keyinchalik qanday qilib aloqada bo'Iishlarini, ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarni bajarish natijalarini muhokama qilishlari to'g'risida kelishib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |