1. Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 134,47 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi134,47 Kb.
#327875
  1   2
Bog'liq
526 25.06.2019 (1)




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.62.00 Ta’lim muassasalari haqida namunaviy nizomlar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Prezident maktablari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yilgi parametrlari doirasida va 2020-yildan boshlab, har yili Prezident maktablarining joriy faoliyati xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 25-iyun,

526-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qaroriga


ILOVA

Prezident maktablari to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Prezident maktablarining maqomi, maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Prezident maktablari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, logotipga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.

3. Prezident maktablari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.

4. Prezident maktablari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) bo‘ysunadi. Vazirlik Prezident maktablari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) Prezident maktablari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, jumladan, ularning faoliyatini metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

5. Prezident maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

6. Prezident maktablarida asosiy o‘quv dasturi bilan birgalikda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutiladi.

7. Prezident maktablari davlat akkreditatsiyasidan qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkaziladi.

2-bob. Prezident maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari

8. Prezident maktablarini tashkil etishning maqsadi iqtidorli bolalarni aniqlash, ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’nan yetuk va intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat.

9. Quyidagilar Prezident maktablarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;

tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish;

o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish;

o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;

o‘quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish munosabatini, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

o‘quv dasturlarining uzluksizligini ta’minlash masalalarida shu yo‘nalishdagi milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarida va ularning respublikamizdagi filiallarida o‘qishini davom ettirish.

3-bob. Prezident maktablarining huquq va majburiyatlari

10. Prezident maktablari quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan (ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 24 nafar o‘quvchidan iborat) yillik qabul kvotasi doirasida o‘quvchilarni qabul qilish;

tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;

o‘z ustavida belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalarni jalb qilish;

ishchi organ bilan birgalikda yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va boshqa xodimlarni jalb etish;

vazirlik hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat siyosati, ijtimoiy-madaniy va xalq ta’limi sohasidagi muhim masalalarni muhokama qilish va dolzarb muammolarni hal etishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, majlislarda va boshqa tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘ziga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida, samarali va sifatli bajarish uchun belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) berish;

sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov jarayonini amalga oshirish orqali eng yaxshi takliflar asosida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzish.

Prezident maktablari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11. Prezident maktablari:

mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari, o‘z ustavida belgilangan vazifa va funksiyalarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali bajarishga;

ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishga;

vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida berilgan topshiriqlar va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;

Prezident maktablarining o‘quvchilari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashga;

ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlashga majbur.

Prezident maktablari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

4-bob. Prezident maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish

12. Prezident maktablarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hisobga olingan holda, umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

13. O‘quv jarayonining jadvali, o‘quv mashg‘ulotlarining turlari va davomiyligi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi, tashkil etish shakllari va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqiladigan hamda vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim dasturlari va vazirlikning boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

14. Ta’lim sifatini nazorat qilish xalqaro ta’lim standartlarini inobatga olgan holda, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ta’lim sifatini nazorat qilishni ta’minlash uchun maxsus xorijiy tashkilotlar ham jalb qilinishi mumkin.

15. Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) beriladi.

16. Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladilar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro diplom oladilar.

Prezident maktablariga xalqaro namunadagi diplom berish huquqi belgilangan tartibda tegishli vakolatli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tganidan so‘ng beriladi.

17. O‘quvchilarni sinfdan sinfga tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalari bo‘yicha Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.

Imtihon natijalarini baholash mezonlari ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot tomonidan vazirlik bilan birgalikda belgilanadi.

18. O‘quvchining bir yoki bir nechta fanlardan reyting natijasi pasaygan taqdirda, u bilan individual ish olib boriladi.

O‘quvchining reyting natijalari pasayishini belgilaydigan mezonlar ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot tomonidan vazirlik bilan birgalikda belgilanadi.

19. Prezident maktablarining o‘quvchilari safidan quyidagi hollarda chiqariladi:

o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida);

individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik o‘zlashtirishning tizimli pasayishi;

Prezident maktabining o‘quv intizomi va ichki tartib qoidalarini bir necha marta buzish.

Bo‘sh qolgan o‘quvchi o‘rinlari mazkur Nizomning 44-bandiga muvofiq tanlov asosida to‘ldirilishi mumkin.

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]

5-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi

20. Prezident maktablariga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari (matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo) bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan) bolalar tanlov asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tartibda qabul qiladi.

Prezident maktablariga qabul jarayonida o‘quvchilardan a’lo baho talab etiladigan STEAM fanlarining (sinflar kesimida) tegishli ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

21. O‘quvchilarni qabul qilish ishchi organ tomonidan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qabulni to‘g‘ri tashkil etish mas’uliyati ishchi organga yuklanadi. Prezident maktablariga teng huquqlilik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida qabul qilinadi.

Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadilar.

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga topshiriladi.

22. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin ishchi organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida Prezident maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

23. Prezident maktablariga hujjatlar vazirlik, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, shuningdek, ishchi organ vakillaridan iborat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Qabul komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat bo‘ladi.

Qabul komissiyasi kotibi uning a’zolari orasidan rais tomonidan tayinlanadi.

Qabul komissiyasi unga yuklangan vazifalarni samarali ijro etilishi uchun mas’uldir.

24. Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (so‘rovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xaraktyerga ega bo‘lgan ma’lumotlar deb hisoblanadi.

Ishchi organ ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda javoblarning maxfiyligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun javobgardir.

25. Tanlovda ishtirok etish uchun xohish bildirgan o‘quvchining (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) ota-onasi (qonuniy vakillari) belgilangan muddatlarda Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi ma’lumotnoma;

talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) ushbu hujjatlarni Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda ham topshirishi mumkin.

26. Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan talabgorlar Prezident maktabining shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.

27. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;

talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan fanlarni a’lo bahoga tugatmagan bo‘lsa;

talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;

Prezident maktabiga tanlovdan o‘tish uchun ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini taqdim etganda.

Chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas.

28. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda maxsus ajratilgan joylarda o‘tkaziladi.

29. Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.

30. Kirish imtihonlarini o‘tkazish paytida talabgorlar hamda ishchi organning mas’ul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Talabgorlarga ma’lumotnoma materiallari va elektron-hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi.

31. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi organning mas’ul shaxslari talabgorni majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.

32. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

33. Hujjatlarni taqdim etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi.

34. Chet el davlatlarining fuqarolarini kirish imtihonlarida ishtirok etishlariga ruxsat etilmaydi.

35. Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

36. Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.

37. Qabul komissiyasi talabgorlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish maqsadida talabgorlar haqidagi kunlik ma’lumotlarni elektron shaklda ishchi organga taqdim etib boradi.

38. Kirish imtihonlari har yili ishchi organ tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish muddatlari Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

39. Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha — 16 ta masala;

mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan — 24 ta masala;

ingliz tilidan — 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

40. Kirish imtihonlari 2-bosqichining natijalariga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda, Qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

41. Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

42. Imtihon natijalarini baholash mezonlari ishchi organ tomonidan ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda belgilanadi.

43. Kirish imtihoni natijalari vazirlik va Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

44. Har bir o‘quv yili yakuni bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, ishchi organ ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda bo‘sh o‘quvchi o‘rniga o‘quvchilar qabul qiladi.

6-bob. Mahalliy pedagog kadrlarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tanlovini (yollashni) tashkil etish va o‘tkazish

45. Prezident maktablariga ma’muriy-boshqaruv xodimlari va pedagog kadrlar tanlov (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) asosida qabul qilinadi.

Prezident maktablariga xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

46. Ishchi organ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan birgalikda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablarini ma’muriy-boshqaruv xodimlari va pedagog kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydi.

47. Tanlov ochiq hisoblanadi. Tanlov ishtirokchilari ushbu Nizom doirasida qonun hujjatlarida belgilangan professional, malakaviy va boshqa talablarga javob beradigan, Prezident maktablarining talablariga va lavozimiga mos keladigan, shuningdek, ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.

48. Mazkur Nizom doirasida o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan, davlat va ingliz tillarini yaxshi biladigan, oliy ma’lumotli va kamida 5 yil pedagogik stajga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa malaka talablariga javob beradigan shaxslar bo‘lishi lozim.

Prezident maktablarida pedagogik faoliyat uchun quyidagi shaxslarga ruxsat berilmaydi:

sud tomonidan ushbu huquqdan mahrum etilganlar;

sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz (muomala layoqati cheklangan) deb topilganlar;

tibbiyot muassasalarida muayyan toifadagi kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatdan turgan shaxslar;

jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar.

49. Tanlovni e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror Prezident maktabi Ijrochi direktori tomonidan ishchi organ bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Prezident maktabi o‘tkazilayotgan tanlov tashkilotchisi hisoblanadi.

50. Tanlovni o‘tkazish uchun Tanlov komissiyasi tuziladi. Tanlov komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Tanlov komissiyasi tarkibi vazirlik, ishchi organ, Prezident maktablari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, zarur hollarda, ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda shakllantirilishi mumkin.

51. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

Prezident maktablarining nomi, asosiy xususiyatlari va joylashuvi haqida ma’lumot;

tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar;

tanlov ishtirokchilaridan tegishli hujjatlari bilan birga ariza qabul qilishning boshlanishi hamda tugash sanasi va vaqti;

tanlov ishtirokchilarining ariza va hujjatlarini qabul qilish joyi (manzili);

tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati va ularni rasmiylashtirish talablari;

tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi, tanlov komissiyasi ishining boshlanishi va tanlov natijalarini sarhisob qiladigan vaqtni ko‘rsatgan holda;

tanlov komissiyasi suhbat davomida ishtirokchilarga berishga haqli bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar ro‘yxati;

g‘oliblarni aniqlash tartibi;

tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga uning natijalarini xabar berish tartibi;

tanlov g‘oliblari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining asosiy shartlari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan boshqa qoidalar.

52. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlov tashkilotchisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Prezident maktablarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan shaklga muvofiq ishtirokchi tomonidan imzolangan va yozma ravishda rasmiylashtirilgan ariza;

Oldingi tahrirga qarang.

(52-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)

harbiy hisobga olish hujjatlarining nusxalari (harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar va harbiy xizmatga chaqiriladigan shaxslar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi yoki xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi vakolatli davlat organining guvohnomasi;

o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan sertifikat nusxasi.

Oldingi tahrirga qarang.

(52-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)

53. Ushbu Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, shuningdek, ularni to‘liq taqdim etmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirgan tanlov ishtirokchilariga hujjatlarni qabul qilishda yozma ravishda asoslantirilgan rad javobi beriladi.

Hujjatlar tanlov ishtirokchisi tomonidan hujjatlarni qabul qilishni rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tanlov ishtirokchilaridan arizalarni qabul qilish e’londa belgilangan muddat davomida amalga oshirilishi kerak.

54. Tanlov quyidagi uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich — tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qilish;

2-bosqich — tanlov ishtirokchisining fan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovidan o‘tish;

3-bosqich — tanlov ishtirokchisi fan yo‘nalishi bo‘yicha 10 daqiqalik mahorat darsini o‘tishi.

55. Tanlov ishtirokchilarining shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari, ularning qonun hujjatlarida belgilangan pedagoglik kompetensiyalari vakolati doirasida pedagogik faoliyatni amalga oshirish qobiliyati Tanlov komissiyasi tomonidan ballar tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat davomida baholanadi va natijalari baholash varag‘iga kiritiladi.

56. Tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan materiallar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinadi va baholanadi:

o‘quv ishlari: o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning bilim faolligini rivojlantirish;

tarbiyaviy ishlar: o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantirish;

fan bo‘yicha darsdan tashqari ishlar;

o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashni tashkil etish;

ilmiy-uslubiy ishlar — pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, pedagogik mahorati va ko‘nikmalarini oshirish (mustaqil ta’lim, kurs ishlari).

57. Eng ko‘p ball to‘plagan tanlov ishtirokchilari tanlov g‘oliblari deb e’tirof etiladi.

58. Tanlov natijalari to‘plangan ballar soniga muvofiq tanlov ishtirokchilarining reytingi shaklida yig‘ilish bayonnomasiga kiritilishi kerak.

Tanlov komissiyasi majlisining bayonnomasi tanlov o‘tkazilgan kuni majlisda ishtirok etgan komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

59. Tanlov tashkilotchisi:

tanlov g‘oliblari aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida ishtirokchilarni uning natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov g‘oliblari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi.

60. Tanlov g‘olibi mehnat shartnomasi tuzishni rad etgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan tanlov ishtirokchisi bilan mehnat shartnomasini tuzadi. Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan tanlov ishtirokchisi mehnat shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi qayta tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

61. Tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmagan, shuningdek, tanlovda ishtirok etgan, lekin tanlov g‘oliblari sifatida belgilanmagan tanlov ishtirokchilarining hujjatlari belgilangan tartibda saqlanadi.

62. Xorijiy mutaxassislarni tanlash (yollash) tanlov komissiyasi tomonidan vazirlik va ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]

7-bob. Prezident maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash

63. Prezident maktablarida lavozimlar va shtat birliklarining namunaviy shtatlar jadvali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq kiritiladi.

64. Prezident maktablari o‘qituvchilarining pedagogik yuklamalari umumta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.

65. Prezident maktablari xodimlarining ish haqi ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy ish haqini, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlar va ustama haqni o‘z ichiga oladi.

66. Prezident maktablarining ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz oylik ustama haq to‘lanadi.

67. Prezident maktablarining ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi xodimlarini yuqori malakali va samarali mehnatini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, o‘z kasbiga sadoqatliligi, tashabbuskorligi va professionalligini oshirish maqsadida Prezident maktablari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi deb ataladi) to‘lanadigan tayanch lavozim maoshiga nisbatan har oylik va bir martalik ustama haqlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.

68. Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi barcha Prezident maktablarida tashkil etiladi va Prezident maktabi ish haqi fondining 200 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tuziladi.

69. Agar ish shartlari va hajmi bo‘yicha ushbu Nizom bilan tasdiqlangan namunaviy shtatlar ularga tatbiq etilmasa, vazirlik mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan fondi (10 foizdan ko‘p bo‘lmagan) doirasida Prezident maktablarining shtat birliklari soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

70. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga muvofiq yuqori malakali va (yoki) malakali mutaxassislarni, shuningdek, Prezident maktablarida ishlash uchun o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishda ish beruvchining ruxsatnoma olishi talab etilmaydi.

71. Xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarning (keyingi o‘rinlarda xorijiy mutaxassislar deb ataladi) mehnatiga haq to‘lash ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mehnatga haq to‘lash miqdori xorijiy mutaxassislarning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan holda, shu bilan birga mukofotning chegaralangan summasi oyiga 5000 (besh ming) AQSh dollari (yoki ekvivalent)dan oshmasligi lozim.

Xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi.

72. Xorijiy mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomada xorijiy mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari) turar joy bilan ta’minlash, ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish (tibbiy sug‘urta) xarajatlarini Prezident maktablari tomonidan qoplash to‘g‘risida (qisqa muddatli xorijiy mutaxassislar bundan mustasno) hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shartlar nazarda tutilishi mumkin.

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.63.00 Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika ta’minoti va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

8-bob. Prezident maktablari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy ta’minlash tartibi

73. Quyidagilar Prezident maktablarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

Prezident maktablarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan va boshqa faoliyat turlaridan tushgan mablag‘lar.

74. Prezident maktablari belgilangan tartibda tasdiqlangan va vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.

75. Prezident maktablari vazirlikka taqdim etish uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotini yuritadi.

9-bob. Yakunlovchi qoidalar

76. Prezident maktablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

77. Prezident maktablarini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yilining oxirida amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi o‘quvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari) bilan kelishilgan holda, ularni boshqa umumta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.

78. Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, hisob va hisobot, ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida bajarilishi hamda majburiy to‘lovlarni to‘lash mas’uliyati Prezident maktablarining Ijrochi direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.

Prezident maktablari to‘g‘risida nizomga


1-ILOVA

Prezident maktablarining lavozimlar va shtat birliklarining


Download 134,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish