yechilish muammosi
deb ataladi.
Agar ushbu muammo mulohazalar algebrasi uchun oson yechilgan bo‘lsa, predikatlar mantiqi
uchun bu muammoni yechish jarayonida katta qiyinchiliklar borligi aniqlandi. XX asrning 30- yillarida
algoritm tushunchasiga aniq ta’rif berilgandan so‘ng mazkur muammo umumiy holda ijobiy hal etilishi
mumkin emasligi, ya’ni izlangan algoritm mavjud emasligi aniqlandi. 1936 yilda A. Chyorch
predikatlar mantiqining
yechilish muammosi
umumiy holda algoritmik yechilmasligini isbotladi,
ya’ni predikatlar mantiqining istalgan formulasi qaysi formulalar (umumqiymatli, bajariluvchi yoki
bajarilmas) sinfiga kirishini aniqlab beradigan algoritm mavjud emasligini isbotladi.
Yechilish muammosi predikatlar mantiqi uchun ijobiy hal etilmasada, predikatlar mantiqi
formulalarining ba’zi sohalari uchun bu muammo ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Quyida shunday
sohalardan ba’zilarini o‘rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |