Geterotroflar karbonat angidriddan oʻzlari uchun kerakli ozuqalarni hosil qilish uchun quyosh nuri yoki kimyoviy energiyadan foydalanmaydi va ular boshqa organizmlarni isteʼmol qiluvchilar hisoblanadi. Odam geterotrof organizmdir. Geterotroflar boshqa organizmlarni yoki ularning mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali organik molekulalarni oʻzlashtiradi. Hayvonlar, zamburugʻlar va koʻplab bakteriyalar ham geterotrof organizmlarga kiradi. Oziq zanjiri haqida gap borganda geterotroflarni konsumentlar deb ataymiz. Qisqacha aytib oʻtadigan boʻlsak, tabiatda oʻsimlikxoʻr hasharotlardan tortib goʻshtxoʻr hayvonlargacha hamda qoldiq va chiqindilar bilan oziqlanuvchi zamburugʻlargacha turli ekologik ahamiyatga ega boʻlgan har xil konsumentlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |