1. Polietnik va monoetnik davlat tushunchasi va uning belgilari


Vayronkor g‘oyalarning mazmun va shakllari, ularning maqsad va vazifalari



Download 37,22 Kb.
bet3/4
Sana26.09.2021
Hajmi37,22 Kb.
#185574
1   2   3   4
Bog'liq
6-MAVZU (2)

Vayronkor g‘oyalarning mazmun va shakllari, ularning maqsad va vazifalari

2.1.   Vayronkor g‘oyalarning mazmuni va shakllari. Har bir narsa, hodisa, voqea va jarayonlar o‘zining mazmuni va shakliga ega bo‘lgani singari, vayronkor g‘oya va mafkuralar ham o‘zining mazmun va shakllariga egadir. Bunda vayronkor g‘oyalarning mazmuni deb kishtar, ijtimoiy guruh va boshqaparning ichki botiniy tomonida kechayotgan jarayonlar: g‘oyaviy buishщ, zaiflik, ziddiyat, savodsizlik, mutaassiblik, parokandalik, turg‘unlik, qaramlik kabilarning xususiyat va xossalari, aloqalari, ziddiyatlari va rivojlanish tendensiyalarining majmuiga aytiladi.

Vayronkor g‘oya va mafkuralarning mazmunini egoizm, pessimizm, nigilizm, tajovuzkorlik, qo‘rqitish, vaximaga solish, ishonchsizlik, yovuzlik, xiyonat, sotqinlik, ayg‘oqchilik, tuhmat uyushtirish va boshqalar tashkil qiladi.

Vayronkor g‘oyalarning shakllari deb esa mazmuning nisbatan turg‘un, muayyan aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini o‘zida ifodalovchi elementlarining tuzshishiga aytiladi.

Masalan, vayronkor g‘oyalar turkumiga kiruvchi «terrorizm» g‘oyasining mazmuni ma’lum yovuz maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismonan yo‘q qilishdan iborat bo‘lsa, uning shakllarini g‘oyaviy, etnik, diniy, jinoiy, iqtisodiy, siyosiy terrorizm kabilar tashkil etadi. Demak, bunda terrorizmning mazmuni undagi barcha qo‘rquv va daxshatga soluvchi narsalarning barcha elementlari va jarayonlarining majmui bo‘lsa, shakli esa ana shu mazmunning tuzilishidir. Aniqrog‘i, terrorizmning shakli bu ichki va tashqining birligidan iborat bo‘lgan vayronkor g‘oyaning bir qo‘rqinchli kurinishidir.

Vayronkor g‘oya va mafkuralarning asosiy shakllariga fashizm va neofashizm, rasizm, shovinizm, kommunizm va neokommunizm, ekstremizm, terrorizm, millatchilik, korrupsiya, jinoyatchilik va shu kabilar kiradi.

2.2.   Vayronkor g‘oyalarning maqsad va vazifalari. Vayronkor g‘oyalarning asosiy maqsadi bu bir hovuch boylik va mansabga o‘ch odamlar, qolaversa, davlatlar tomonidan o‘zga xalqlarning moddiy boyliklarini zo‘rlik yoki makkorlik, qo‘rqitish yoki firibgarlik, maqtash yoki kamsitish kabi usullarni ishga solit orqali egallab olish, ularning haqщiy sohiblarini esa tekin ishchi kuchiga aylantirib katta boylik orttirishdan iborat.

Vayronkor g‘oyalarning vazifalari: a) o‘zga xalqlarning moddiy va ma’naviy boyliklari haqida josuslik usulini ishga solib ma’lumot thplash; b) to‘plangan ma’lumotlarni chuqur taxlil qilish va uning natijalaridan mamlakat iqtisodiy tizimini izdan chiqarishiing g‘oyaviy-mafkuraviy usullarini ishlab chiqish;

v)      xalqlarning tarixini soxtalashtirish orqali, uni o‘zligidan judo qilish ishlarini amalga oshirish; g) xalqlarning milliy urf-odat, an’ana, marosim va boshqa qadriyatlarini kamsitish, ularni mensimaslik ishlarini yo‘lga qo‘yish; d) rahbar xodimlar, ularning oila a’zolari haqida har xil uydirmalarni tarkatib, davlat idoralari rahbarlarini omma oldida obro‘sizlantirish ishlarini tashkillashtirish; e) davlat siyosatidan norozi bo‘lganlarni topib, ularni Vataniga xiyonat qilish, ya’ni sotkinlik balosiga giriftor qilish; yo) “demokratiya” bahonasida xalqlarni mavjud davlat xokimiyatini ag‘darib tashlashga da’vat qilish va boshqalar kiradi.

Vayronkor g‘oyalarning maqsad va muddaolarini o‘z vaqtida payqash, ularning tuzayotgan rejalaridan voqif bo‘lish, "jilvagar husn-jamoliga” uchmasdan uning payini kirqish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa har bir fuqarodan doimo sergak va hushyor bo‘lish talab etiladi. Bunday bo‘lish uchun esa fuqarolarimizni ona-Vatanga nisbatan muxabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash zarurdir. Bunday tarbiya faqat jamiyatda o‘rnatilgan adolat mezonlarining hayotiyligi orqali amalga oshiriladi. Adolat bo‘lmagan joyda vayronkor g‘oyalar uz xukmronligini o‘tkazishi muqarrardir.

Vayronkor buzg‘unchi g‘oyalarning ko‘pchilligi mutaassib  harakterga ega bo‘lib, ularning ba’zi birlarining reaksion mohiyatini yorntish maqsadga muvofiqdir.

1.1.   Fashizm va neofashizm. Fashizm (ital. bog‘lam, birlashma) G‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi og‘ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy buxronlar davrida vujudga kelgan uta tajovuzkor va vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan g‘ayriinsoniy nazariya va amaliyot. U eng reaksion va tajovuzkor doiralarning dunyoqarashi va manfaatini ifoda etgan holda, ochikdan-ochiq terroristik diktaturaga, zurovonlik g‘oyasiga tayanadi. Fashizmning muhim xususnyatn

-        ochivdan-ochiq shovinizm va irqchilik bo‘lib, uning mohiyati jami-yatning barcha tarakk.iyparvar katlamlari, ilg‘or fikrli a’zolariga qarshi kuch ishlatishiing eng og‘ir va zararli shakllarini qo‘llash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fashizm uz knrdikorlarinn yashirish va xasphshlash uchun siyosiy tilyoglamalik, yolg‘on va bhxtonlardan ustalik bilan foydalanadi.

Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro terrorchilikdan iborat. Ular boshlagan urush tufayli 1939-1945 yillarda er yuzida 60 milliondan ortiq; odam xalok bo‘lgan edi. Fashizm insoniyatning ashaddiy dushmanidir.

Neofashizm. Bu fashizmning yangi tarixiy sharoitdagi kurinishi. Neofashistik guruhlar yangi sharoitga moslashgan holda o‘zini jaxon afkor ommasi kuz ungida mutlaqo obro‘sizlantirgan fashizmdan farq qiladigan okim sifatida ko‘rsatishga o‘rinadi.

Neofashistlar aholining kash shok, marginal guruhlarin i uz tomoniga ag‘darib olishga harakat qiladi. SHu bois uz mavqsidan norozi bo‘lgan muayyan guruhlar neofashistlar ta’siriga tushib qoladi.

Neofashistlar qo‘llaydigan asosiy taktik usul turli yo‘llar bilan mamlakatda ijtimoiy tanglik vaziyatini keltirib chiqarish va saqlab turishdan iborat. SHu tariqa ular demokratik yo‘l bilan saylangan parlamentlar va xukumatlarni mamlakatda tartib o‘rnatish va saqlash uchun nokobil deb ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ijtimoiy tanglikning surunkali davom etishi aholi kuyi tabaqalarining bir qismini neofashistlar safiga qo‘shilishga olib kelishi mumkin. SHuning uchun neofashistlar turli tartibsizliklar keltirib chiqarish yo‘li bilan tanglikni saqlab turishga harakat qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi E. Limonov boshchilik qilayotgan natsional-bolsheviklar uz faoliyatida mana shu usuldan foydalanadi.

1.2.   Rasizm irqchilik. “Rasizm” so‘zi “rasa” (irk) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Evropada “insoniyat nasli”ni turli irqiy guruhlar, jumladan, “ok” va “sarik” irkka ajratish uchun qo‘llana boshladi.

Irqchilik odamlar O‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli irklarga mansubligi bilan okdashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy ta’limot.

Irqchilik ta’limoti “ok tanli”larning afzalligi, ularning azaldan “oliy irk” etib tanlangani, boshqa irklarning esa “ok”larga Qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning kuyi pogonalarida turishini “asoslab” beradi. Uning asosiy g‘oyasi O‘zining “ilohiy” tabiatiga ko‘ra “ok” irklarni “kuyi” irkHar ustidan xukmron qilishga da’vat etishga qaratilgandir.

1.3.   Buyuk davlatchilik shovinizmi. Insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta xavf tug‘diruvchi mafkura shakllaridan biri shovinizmdir. SHovinizm millatchilikning o‘ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik va uzmillatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi va amaliyotidir.

Bunday qarashlarning tarixi uzoq bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifa-tida shovinizm atamasi fransuz yozuvchilari aka-uka I. va T. Konyarlarning “Uch rangli kokarda” nomli komediyasining qahramonlaridan biri, o‘zining agressiv millatchiligi bilan ajralib turadigan Nikola SHoven nomi bilan bog‘liq holda, XIX asrning birinchi yarmida paydo bo‘lganini qayd etish lozim. Napoleonning bosqinchilik urushlari veterani bo‘lgan, “buyuk Fransiya”ni yaratgani uchun imperatorga sajda qilish ruhida tarbiyalangan, Uta millatchi bo‘lgan bu real shaxs ushbu badiiy obrazning prototipi hisoblanadi.

SHovinizm boshqa millatlarning jaxon tarixida tutgan O‘rni, bugungi kundagi mavqsi hamda ma’naviy-madaniy hayotining O‘ziga xos tomonlarini mensimaslikka intilishida yaqqol ko‘rinadi. SHovinizm ko‘p sonli xalqlarning ko‘p millatli davlat doirasida, shuningdek, uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda O‘zining mutlaq xukmronligini o‘rnatishga o‘rinishida ham namoyon bo‘ladi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligani o‘rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot.

Xususan, XIX asr oxiridan boshlab Rossiya imperiyasining xukmron doiralari boshqa xalqlarga, jumladan, U rta Osiyo xalqlariga nisbatan ana shunday siyosat olib borganlar. Ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrlarda ham bir qancha mamlakatlar buyuk davlatchilik siyosatini xilma-xil ko‘rinishda olib bordilar.

Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov O‘zining “O‘zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik xavfsizligimizga taxdid solayotgan muammolardan biri ekanligini alohida  ta’kidlagan: “Utgan Mustaqil ri-vojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga taxdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo‘la oladi. Bu taxdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharxlarda va muayyan xattiharakatlarda namoyon bo‘lmoqda” .

Buyuk davlatchilik shovinizmi g‘ayriinsoniy xususiyatga ega bo‘lib, boshqa xalqlarni karam qilish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda ularni kamsitishiing o‘ziga xos shaklidir.

SHovinizmning tarixan halokatli ekanligiga sabab shuki, xaddan tashqari kuchayib ketgan, va Ayniqsa, uz milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk davlatchilik zo‘ravonlik asosiga kurilganligadadir. Bu esa, uz navbatida, buyuk davlatchilik shovi

nizmi va agressiv millatchilikni ifoda etuvchi davlatlarning o‘zida ko‘plab kurbonlar va yo‘qotishlarga olib keladi.

SHu bois aytish mumkinki, shovinizm, pirovardida, davlatnish o‘zigazarba beradi, uning poydevorini kuchsizlantiradi, ichki ziddiyatlarni kuchaytiradi. U jamiyatni parchalab yuborishga va uning uchun og‘ir bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqarishga qodir. Garchi tarixiy davrlari va shart-sharoitlari turlicha bo‘lsada, Rim, Usmonlilar. Germaniya hamda Rossiya va Sovet imperiyalarining tarixidan bunga ko‘plab misollar topish mumkin.

SHovinistik kuchlar bugungi kunda, birinchidan. mamlakat aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, ikkinchidan. mintaqa davlatlari ichida ziddiyatlarni yuzaga keltirish, uchinchidan, jaxon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantirishga harakat kilmoqda. Bu yo‘lda ular xilma-xil usul va vositalardan foydalanmoqdalar.

Buyuk davlatchilik shovinizmi ham jaxolatning bir ko‘rinishi. Unga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkin. Bunda, Ayniqsa, xalqaro hamjamiyat, jumladan, uning teng huquqli a’zosi bo‘lgan har bir davlat bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish yaxshi omil bo‘libxizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz xech qachon sivilizatsiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ijobiy ta’sir etib, bir-birini boyitadigan makonga aylanadi.




Download 37,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish