1.Pisixologik materiallarni tayyorlashda o‘qituvchiga qo’yiladigan talablari?
2.O‘spirinlik va yetuklik davrlarining ong taraqqiyotiga ta’sirlarining oqibatlari?
3.Agar pisixologik materiallar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda bu vositalarni o‘qituvchining o‘zi tayyorlashiga to‘g’ri keladimi?
4.Pisixologik materiallar yaratish va ularning tuzilishi?
5.Pisixologik trenninglarni tashkillashtirishda nimalariga e’tibor qarash kerak?
1.Xalqning ma’naviy ruhiyatini mustahkamlash va rivojlantirishda, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ma’naviy qadriyatlar, milliy g’oya, madaniy merosni yoshlar ongiga singdirishda zamonaviy o‘qituvchining kasbiy bilim darjasi, mahorati yuksak o’rin turadi. O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, malaka talablari rivojlanadi hamda ta’lim – tarbiyaning mazmuni zamonaviy bilimlar bilan yangilanib pedagogik industriyani rivojlantirilishiga hissa qo’shadi. Tadqiqotning nazariy, pedagogik-psixologik jihatlarini ishlab chiqish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda o’qituvchida pedagogik mahoratni oshirishning eng qulay metodik taktikalari, yo’llari hamda shakllarini takomillashtirish orqali “pedagog ustaxonasi” banki yaratiladi.O’qituvchida pedagogik mahoratini rivojlantirish orqali pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat, mehnat bozoridagi raqobatbardosh malakali mutaxassisga qo’yilgan ijtimoiy talablarga to’laqonli javob bera olish imkoniyati yaratiladi. O’qituvchi pedagogik mahoratini quyidagi tartibda namoyon bo’ladi: - o'rganilayotgan mavzu bo'yicha maqsad, vazifalar bilan o'quvchi- o’quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e'lon qilish, mavzuni to'liq o'zlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berish, o'zlashtirish me'yorlarini aytib berish; - o'quvchi-o’quvchilarni faol, mustaqil faoliyatga rag'batlantirish, ular diqqatini bo'lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o'rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg'otish, o'qisho'rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg'otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari,bilimlarni o'quv holatlariga tatbiq etish yo'llari orqali mavzu bo'yicha ma'lumotlar to'plash, to'plangan ma'lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid o'zgarish, qo'shimcha, tuzatishlarni belgilash; - bo'lim yoki mavzu bo'yicha to'plangan bilimlarga ishlov berish. O’qituvchi pedagogik mahoratini oshirish hamda o’quvchi ma’naviy- axloqiy sifatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga doir metodik ta’minot tizimini ishlab chiqadi. Pedagogik mahorat klinikasi saytini yaratishning ilmiy-metodik ta’minoti nomli qo’llanmani tayyorlash va nashr etish bo’yicha fanlar kesimida metodik tizimli materiallar, xulosalar, tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi. O’qituvchi pedagogik mahoratining tarkibiy qismlari (insonparvarlik, pedagogik qobiliyat, kasbiy bilimlar, pedagogik texnika) rivojlantirilib borilishi kerak.
2. Ilk o'spirinlik davriga15-18 yoshlar oralig'i kiradi. Bu davrda o'quvchi jismonan baquvvat va mustaqil mehnat qila oladigan bo'ladi. Ilk o'spirinlik davrida shaxs ijtimoiy hayotda,maktab jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlako yangicha mavqei, o'qish va turmush sharoitidagio'zgarishlar ta'sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati - mehnat va ta'lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidir. Mavjud shart-sharoitlar ta'siri ostida o'spirinning o'ziga xos axloqiy va aqliy rivojlanishini ko'rish mumkin. Shuningdek, bu davrda o'spirinlarda o'zligini anglash yaqqol namoyon bo'ladi. O'spirinning barcha jabhada mustaqil faoliyat yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchiliklardan biridir. O'spirin tafakkuri darajasini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, tezligi tashkil kiladi. Agar o'smirlik yoshining klassik tadqiqotlariga nazar soladigan bo'lsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligini ko'rish mumkin. O'smirlik yoshiga xos yorkin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L. S.Vgotskiy tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo'lib, unda o'smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o'zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. O'smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri - nemis faylasufi va psixologi E. Shpranger o'smirlik yoshi kizlarda 14-21, o'g'il bolalarda 13-19 yoshlargacha davom etishini, uning birinchi boskichi 14-17 yoshlarga to'g'ri kelib, bu yoshda bolalikdan kutilish sodir bo'lishini ta'kidlaydi. O'smirlik yoshini «pubertat davr» deb atagan Sh. Byuler ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr biologik o'sish davri hisoblanib, jinsiy yetilish o'z nihoyasiga etadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O'smirning yetilishiga ta'sir etuvchi tashqi va ichki qo'zg'atuvchilar undagi o'zidan o'zi qoniqish va xotirjamlikni izdan chiqarib, uni o'zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik etilish o'smirni izlanuvchan qilib ko'yadi va uning «men»ida «u» bilan uchrashish istagi tug'iladi. Sh. Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat kiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o'g'il bolalarda o'rtacha 14-16, qiz bolalarda esa 1315 yoshlarga to'g'ri keladi. Albatta, bunday farqlashlarda shahar va qishloq, alohida mamlakatlar va xatto iqlimning ta'siri ham xisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo'lishi kerak. Shu ma'noda o'smirlik yoshi dunyoqarash, e'tikod, nuqtai nazar, prinsip, o'zligini anglash, baholash va xokazolar shakllanadigan davr xisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko'rsatmalari yoki o'zining tasodifiy, beixtiyor orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o'smir o'z faoliyatini muayyan prinsip, e'tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi. O'smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida namoyon bo'lganda ular «o'smirlik kompleksi» va uning kechishi bilan bog'lik tarzdagi xulq- atvor buzilishi - «pubertat inqiroz» degan nom oladi. Adabiyotlar taxlilining ko'rsatishicha, mazkur xolat ikkiga - «inqiroz» va «stabil» (muqim)ga ajratiladi. Inqiroz xolati o'tkinchi xususiyatga ega bo'lib, ularni 1 yosh, 3 yosh, 7 yosh va 13 yoshda ko'rish mumkin. O'smirlik yoshidagi inqirozning keskin o'tish davri 12-16 yosh bo'lib, uning ikki fazasi mavjud va ular negativ (13-14 yosh) va pozitiv (15-16yosh) deb ataladi.
3.O'qituvchi-pedagoglarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo'yiladigan talablar takomillashib,murakkablashib boravergan. O’quvchilarga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir, o'qituvchining shaxsiyati qanday bo'lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
O’quvchilar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;
eriladigan bilimni o’quvchilar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish; Ta'limda turli usul va shakllardan foydalanish;
O’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish; O’quvchilarni fanga qiziqtira olish;
O’quvchilarga berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o'qitish;
Bilimlarni o’quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
G'arb olimlari o'qituvchining xususiyatlari haqida shunday fikr bildirganlar:
“Yaxshi o'qituvchi o'zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O'qituvchi o'z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim. Yomon o'qituvchi haqiqatni aytib qo'ya qoladi, yaxshi o'qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o'rgatadi” degan. Ko'p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar o'qituvchi va pedagog, ya'ni o'ziga yosh avlodni tarbiyalashni kasb qilib tanlagan inson quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega kasbiy faollik pedagogning kasbiy xususiyatlari bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi:
*o'qituvchi falsafani yaxshi bilishi shart. Chunki falsafa odamga abstrakt fikr yuritishni o'rgatadi. O'qituvchi sinf yoki auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bo'lsa, o'zini yo'qotib qo'yadi. Sinf va auditoriyadagilar diqqatini o'ziga qaratib olishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak. Undan tashqari, falsafa dars paytida kechadigan bilish jarayonini o'rgatadi. Bilish jarayonini, ya'ni gnesologiyani bilmagan o'qituvchi dars o'tishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelib, darsni amalga oshira olmaydi, oshirganda ham noto'g'ri dars o'tadi. Shu bilan bir qatorda, falsafaning asosiy qonunlari insonning barcha amaliy faoliyatida, shu jumladan, pedagogik faoliyatda ham umumiy metodologik asos vazifasini o'taydi.
*pedagog aholi ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishni o'ziga kasb qilib olgan ekan, pedagogikaning jamiyat hayotidagi o'rnini, uning paydo bo'lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Pedagogika tarixini o'rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning inson hayotidagi o'rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillari hamda asosiy tushunchalarning shakllanish tarixini bilib oladi.Shuningdek, pedagogikaning nazariy asoslari bilan qurollanish uchun didaktikani yaxshi bilishi kerak. Chunki u bilim berish va uni hayotda qo'llashga o'rgatish jarayonini amalga oshirishning asosiy tamoyillariga amal qilishlikni ilmiy tomondan asoslab beradi. Pedagogikaning umumiy masalalarini yoritib beruvchi Umumiy pedagogikani, fanning o'ziga xosliklarini yoritib beruvchi Xususiy pedagogika (metodika)ni mukammal bilishi lozim bo'ladi.
*o'zi o'qitadigan fandagi bilimlarni puxta egallagan bo'lishi shart. O'qituvchi o'qitayotgan predmetini va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o'quvchi va o’quvchilarga etkaza olishi ularning shu predmetga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa o'qituvchining obro'sini ko'taradi.
*pedagog bolalarga bilim berishda muayyan yoshdagi bolalar vujudida sodir bo'layotgan fiziologik va ruhiy hodisalarni yaxshi bilishi kerak. Aks holda o'zini ham, bolalarni ham qiynab, dars oldiga qo'yilgan maqsadiga eta olmay
4.Kundalik turmushda to‘planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro‘y bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko‘rinishini kutib o‘tirmasdan, balki zarur sharoit yaratiladi.Shu faktni (omilni) yana bir marotaba ta’kidlash o‘rinliki, ilmiy psixologiyada katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga ega bo‘lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniklash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug‘iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik bog‘lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakka-hol turmush og‘irliklari va tashvishlarini kamaytirish, akdiy hamda jismoniy zo‘riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish singari sa’y-harakatlarni faqat ilmiy psixologik materiallarga asoslangan holda amalga oshirish mumkin.
5.Psixologik trening turining maqsadi o’quvchilarning(tinglovchilar, ota-onalar, pedagogik jamoani) psixologik jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mijozlarning faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʼyicha rivojlanishida psixologik va psixosamatik salomatligida uchraydigan ogʼishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, oʼzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik qoʼllab-quvvatlashdan (psixodiagnostik faoliyat, soʼrovnoma, maslaxat berish orqali) iborat.
Psixologik taʼlim turining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• psixologlarning tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni bajarish;
• jamoada sogʼlom psixologik muhitni yaratishga koʼmaklashishi;
• jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
• muassasaga keladigan mijoz tinglovchilar taʼlim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emotsional muammolari boʼyicha pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish;
• ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy taʼsirlarga moyilligi mavjud tinglovchilarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini oʼrganish, korrektsiyalash, tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish;
• axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʼtkazish va psixologik tavsiyalar berish;
• tinglovchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish;
• isteʼdodli va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash, ularning individualpsixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʼrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish;
• ilgʼor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;
• psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni taʼlim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish.
• Psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
• psixologik maʼrifat va tashviqot;
• psixologik-pedagogik tashxis;
• psixologik korrektsiya;
• psixologik maslahat;
• fan va kasbga yoʼnaltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |