1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani gʻoyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan oʻzaro aloqadorligi.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. 1991 yilga kelib O‘zbekiston xalqi mustakillikka erishgach, uzining yangi milliy komusi asosida hamma sohada bo`lganidek, uzbek milliy fani va madaniyati, “Pedagogy of tarixi” ga ham yangicha yondoshish imkoniya tu. O'tmishda progressive pedagogika va atoqli mutafakkirlar pedagogika doir muhim maqolalarni aytib qoldirgan, bularni o'rganish pedagogika o'sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi. Pedagogika tarixi zhamiyat tarakkieti konunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, talim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o`rgatadi. Demak, “Tarixan Izhtimoiy fandir” pedagogikasi. Tarixi pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli boschlarda hilma-hil bulganligini ochib beradi, ilgor qarashlarning taraqqiyot ywlini kwrsatib beradi. Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, yani, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O`zbekiston tarixi, jahon halqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir. Biz pedagogika fanini o'rganish va saqlashda: zarari yozuvlar, birikmalar, tarixiy yordam yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmlari – ruhiy me'yorlari, xalq og'zaki ijodi, kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o'quv qo'llanmalari va darsliklar, xalq ta'limi masalalari bo'yicha prezident Shavkat Mirziyoevning ta'lim-tarbiyaga, oyid asarlariga asoslanamiz. Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi asosiy milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmlari va maʼnaviy merosi, Oʻzbekiston Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taʼlim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol gʻoyasi haqidagi maʼlumotlari muhokama qilinadi. Pedagogika tarixini o'rganish o'qituvchilarining faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. Talim - tarbiyalash eng yaxshi tajribalarini o'rganadi, bu uning kundalik pedagogik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayorlaidi. Bu davrda tarixiy, falsafy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham izhodiy foidalanishga harakat qildik. Xullas, bu Mustaqillikning dastlabki kunlaridank ajdodlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan ko`p asrlar mobainida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho manaviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darazhasiga ko`tarilgan meros hisoblanadi . Tarixiy an`analarning meros bo'lib o'tishi - bularning barchasi yangidan-yangi avlodni tarbiyalovchilarga aylanib qolmog'i lozim”, - deydi. Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan muvofiqlashtirish lozim. Chunki biror millat o'z yadriyatini boshya millat qadriyatlaridan ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma'naviyatida o'ziga xos tomonlar bo`lsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning bir qismidir. Shu bilan birga unutmasligimiz kerakki, biz quraetgan yangi jamiyat "binosi" uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun bo`lmog'i kerak. Biz, eng avvalo, milliy o`zligimizni anglamog`imiz, o`z tafakkurimizni kashf etmog`imiz kerak. 'Turmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularning puhta, atroflicha o'rganmoq birinchi galdagi vazifadir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining ta’lim–tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bugungi kunda milliy-madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o‘rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.Ta’lim va tarbiyani davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijodiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimida “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mavzusidagi ma’ruzasida: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak”15, deb ta’kidladilar.Ma’lumki, 2017 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyishda axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs fondlari shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish, chop etilayotgan kitoblarni ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish, hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyatini va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa, o‘z navbatida talabalarda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini takomillash-tirishni talab etadi”.Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida xalqimiz tomonidan inson kamoloti, barkamol shaxs tarbiyasi, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga etarlicha e’tibor berib kelingan. Ushbu an’anani davom ettirgan holda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga juda katta e’tibor berilib, bugungi kunda ijtimoiy faol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda, tarbiyaning asosiy maqsadi etib har tomonlama etuk, erkin fikrlovchi, go‘zal xulqli, barcha axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy faol Shaxsni tarbiyalash deb belgilangan.Respublikamizda yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratilib, bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga asos solindi. Bu borada 2016 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ham “Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash” yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.Barcha ma’naviy-axloqiy fazilatlarning asosini ezgulik tashkil etadi, ijtimoiy faol, ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalash uchun esa, avvalo, yoshlarda ezgulik tuyg‘ularini shakllantirish lozim. Yurtimizda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarda ham ezgulik yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish mumkin. Xususan, hukumatimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasiga, umuman ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu esa o‘qituvchi-pedagoglar zimmasiga yoshlarni Vatanga muhabbatli, e’tiqodli, mehr muruvvatli, oqil, halol, pokiza, insonparvar, xalqparvar, ma’naviy-axloqiy kompetentli etib tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. Mana Shu fazilatlarni o‘zida mujassam eta olgan yoshlargina yuksak axloqqa erishgan ma’naviy etuk, ijtimoiy faol shaxs bo‘la oladilar.Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o‘tdi: “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi”.Mustaqillik davrida olib borilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlarga oid davlat siyosati ta’lim-tarbiya jarayonida muhim o‘rin tutadi.Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev barcha sohalar kabi ta’lim tizimiga ham katta e’tibor qaratdi, yoshlarga oid davlat siyosatini qaytadan ko‘rib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”19 vazifalari belgilab berilgan. Bu esa shaxsning intellektual qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi. Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishga ko‘maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur Sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish; to‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish; beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo‘Shimcha imkoniyatlar yaratish.Mazkur ishlarning barchasida yurtimizda ezgulikning ulug‘lanishi, ya’ni avvalo, hayotda Inson omili va uning qadr-qimmati ulug‘lanishi, xalqimizda insoniylik, mehr-muruvvat, o‘zaro munosabat, adolat, yaratuvchanlik, bunyodkorlik kabi ezgulik tamoyillari oliy o‘rinda turishini ko‘rish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan xalqimiz ma’naviy merosidan o‘z o‘rnida oqilona foydalangan holda yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar yuksaltiriladi.Prezident shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganlinining 26 yilligiga bag‘ishlangantantanali tadbirdagi nutqida: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlariimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar etishib chiqadi. Men bunga ishonaman”, - deb ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun albatta o‘sib kelayotgan yoshlarimiz har tomonlama ham ma’nan, ham aqlan, ham jismonan sog‘lom, teran fikrlovchi, o‘zining nuqtai nazariga ega, o‘z erkinligining chegarasini biluvchi va o‘zgalar huquqini hurmat qiladigan, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama madaniyatli bo‘lishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |