10-Bilet
1.Tarbiyaning umumiy metodlari.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang: ta’limning ijtimoiylashuvi, maktabgacha tarbiya, metod.
3.Keysni taxlil qiling:
Oilasida kam ta‘minlangan bolalar mavjud sinfda rahbarsiz. Siz uning
oilaviy sharoitidan behabar tarzda uni butun o‘quvchilar oldida pul olib
kelishi haqida gapirib uyaltirdingiz. Bunday hal bo‘lganidan keyin o‘quvchi darsga kelmay qoladi. Uyiga borib uzr so‘rab maktabga borishini aytsangiz ham
dasrsga kelmay qoldi. Bunday holda qnday munosabat bildirasiz?
11-Bilet
1.Gurux rahbari va uning pedagogik faoliyati.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang: Ta`lim turlari, ekologik tarbiya,pedagogika.
3.Keysni taxlil qiling:
Dilfuza uyiga yig‘lab keldi. Ota-onasining yolg‘izi, oq-u qorasi
bo‘lgan, Dilfuzani ota-onasi avaylab-asrashar edi. Dilfuzani onasi Nazira opa
undan qancha so‘rab-so‘rishtirmasin, u hech narsa aytmadi. Bu holat Nazira opaga
tinchlik bermadi. Dilfuzani maktabda Lobar degan sinfdoshini o‘ziga yaqin
olishini bilardi.Shuning uchun Lobardan bo‘lib, o‘tgan voqeani so‘rab so‘rishtirdi.
Kimyo darsida o‘tkazilayotgan labaratoriyada qo‘shmaslik lozim bo‘lgan
suyuqlikni qo‘shib yuborgani uchun uni o‘qituvchisi qattiq o‘rishgani va
bunga qo‘shimcha bo‘lgan sinf rahbarini tarbiyaviy soatda bergan tanbehiga chiday olmasdan gap qaytarib, yomon so‘zlar bilan haqoratlab eshikni yopib chiqib ketganini aytdi. Nazira opa yolg‘iz oqu qorasi bo‘lgan Dilfuzani hech kimga xafa qildirib qo‘ymayman deb jahl ustida o‘qituvchilarga nimalar deganini bilmay qoldi. Dilfuza bo‘lib o‘tganlarini eshitib o‘zida ham xato o‘tganini, onasini qilgan ishini tushunishga harakat qildi. Ammo endi maktabga qanday borishi,
o‘qituvchilari va o‘quvchilarining oldida kim degan odam bo‘lganini o‘ylab siqilar
edi. Dilfuza bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi to‘g‘ri bo‘ladi?
12-Bilet
1.Guruh rahbarining tarbiyaviy ish rejasi.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang: fuqorolik tarbiyasi, kategoriya, pedagogik mahorat.
3.Keysni taxlil qiling: Oilasida kam ta‘minlangan bolalar mavjud sinfda rahbarsiz. Siz uning
oilaviy sharoitidan behabar tarzda uni butun o‘quvchilar oldida pul olib
kelishi haqida gapirib uyaltirdingiz. Bunday hal bo‘lganidan keyin o‘quvchi
darsga kelmay qoladi. Uyiga borib uzr so‘rab maktabga borishini aytsangiz ham
dasrsga kelmay qoldi. Bunday holda qnday munosabat bildirasiz?
13-Bilet
1.Pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang: kasbiy mahorat, o`rta ta`lim, tarbiya.
3.Keysni taxlil qiling:
Bitiruv kechasi chiroyli bo‘lishi uchun o‘quvchilarning ota-onalari va
o‘qituvchilar bilan kelishilgan holda ma‘lum miqdorda pul yig‘iladigan
bo‘lishdilar. Lekin ushbu pul miqdori nafaqat sizni balki ba‘zi o‘quvchilarni ota-onalari ham sharoiti ko‘tarmasligi tufayli majlisda ikkiga bo‘linish yuzaga keldi va bir qarorga kelisha olmadilar. Ushbu jarayonda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi lozim?
14-Bilet
1. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida ta`lim tizimi.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang:O`qitish, rivojlanish, maxsus ta’lim.
3.Keysni taxlil qiling: Dars jarayonida o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatilmadi.
O‘quvchilar o‘zining o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizligi dars davomida
yaqqol ko‘zga tashlandi. Ana shunday jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
muloqotni qay tarzda tiklashi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |