2. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi
Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qo-biliyatga va zaruriy o‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan etuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o‘quv jarayo-nini yaratishga imkon beradilar.
Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat:
O‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish. Ularni o‘lchash va baholash mezonlarini o‘rnatish;
O‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;
Butun o‘quv jarayonini, o‘qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish;
Pedagogik texnologiyalarni yaratish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, o‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun, amerikalik peda-gog-olim B.Blum taksonomiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘lchov mezonlarini o‘rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi.
Bunda, har bir o‘quv materialining minimal o‘zlashtirilish daraja-sini belgilash muhit ahamiyatga ega. Butun o‘quv jarayoni, unga qaratilgan taqdirdagina, o‘quv maqsadlariga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘quv jarayonini o‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirish, o‘quv reja-sini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o‘quv rejadagi har bir fanning, mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni va va ahamiyatini aniq o‘rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta’lim standartlari va mutaxassis faoliyatining chu-qur tahlili asosida bajariladi. O‘quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko‘ra, mashg‘ulotlar turlari – ma’ruzaviy, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi munosabatlar o‘rnatiladi.
Yo‘nalish fanlari uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan o‘quv soatlari ma’ruzaviy soatlardan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki bu erda olingan bilimlarni qo‘llash, tahlil etish, sintez, baholash darajasida bo‘lishi muhimdir. Ya’niy, mutaxassis faoliyati uchun zarur bo‘lgan malakalarga ega bo‘lishi lozim. Boshqa turdagi o‘quv fanlari uchun mashg‘ulotlar turlari orasidagi munosabat o‘zgacha nisbatlarda rejalashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi o‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga, auditoriya soatlari va mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar orastdagi nisbatlarni maqbullashtirish ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim kursi oshishi bilan mustaqil ishlash malakalari va zaruriyati oshib boradi. Zero, ta’lim kursi oshishi bilan, malakalarni shakllantirish mutaxassis kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish talablari oshib boradi.
O‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga ta’sir etuvchi, keyingi omil, o‘quv grafigini maqbullashtirish hisoblanadi. O‘qitish jarayoni-ning samaradorligi nuqtai nazardan, bir haftaga ajratilgan auditoriya soatlarning eng kam miqdori to‘rt soatni tashkil etishi kerak. Haftalik auditoriya soatlari bundan kam bo‘lgan fanlar uchun o‘quv jarayonini blokli tashkil etish tavsiya etiladi. O‘quv maqsadlariga erishishda, o‘quv jarayoni-ning muhim tarkibiy elementi sifatida, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishga alohida o‘rin ajratiladi. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari samarali hisoblanadi. O‘qitishning ushbu texnologiyalari, talabaning tabiiy qobiliyati darajasida fanlarni o‘zlashtirish uchun sha-roit yaratadilar, shaxs rivojiga imkoniyat tug‘diradilar.
O‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish, o‘qitish jarayonini texnologik tashkil etish va boshqaruvchanligi orqali ta’minlanadi.
O‘qitish jarayoni sifati, olingan bilim va malakalarni muntazam joriy diagnostik testlar o‘tkazish, o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar vosita va usullari yordamida tuzatishlar kiritish, orqali ta’minlanadi. Rejalashtirilgan natijalarga erishilganlik, yaknuniy nazorat orqali baholanadi.
Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish-texnikaviy sohaning jarayonlariga xos barcha texnologik belgilarga ega, shu jumladan uning qayta takrorlanishi, ushbu belgi, tuzilgan pedagogik-texnologik xaritalarni qo‘llash orqali ta’minlanadi. SHuning uchun pedagogik texnologiyada, o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga kafolatli erishishni ta’minlash imkoniyati mavjud.
Pedagogik texnologiyaning farqli xussiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:
o‘quv jarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;
uzluksiz teskari aloqani ta’minlash, o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish o‘rgatuvchi sikllarning mavjudligi;
o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishishni kafolatlaydi.
Nazorat savollari:
«Pedagogik texnologiya» iborasining ta’rifini tushuntirib bering.
«Pedagogik texnologiya» fanining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
«Pedagogik texnologiya»ning blok-sxemasini tushuntirib bering.
Pedagogik texnologiyaning farqli xususiyatlari va afzalliklarini tushuntirib bering.
Pedagogik-texnologik xaritaning ahamiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |