1-davr – (b.e.b. 9-7 asrlar - XVIII asr) – ming yillar davomida insoniyat boshqarish xaqidagi tajribalarini to‘pladilar. Ibtidoiy davrda odamlar birgalikda xayot kechirib, birga mehnat qilganlari uchun boshqarish faoliyati ham urug‘ yoki qabila a’zolari tomonidan olib borildi. Qabila yoki urug‘ oqsoqsollari va dohiylari barcha ishlarda rahbarlik qilib turdilar.
Qadimgi Yegipetda (b.e.b. 3000 - 2800) o‘z davrining rivojlangan davlat boshqaruv apparati va unga xizmat qiladigan xodimlari bo‘ldi. 4000 yil ilgari yegipetliklar boshqarish xaqidagi ilk ilmlarini ishlab chiqdi. “Ptoxxotepa ta’limoti” shunday deydi: boshliq qo‘l ostidagi odam oldida javobgar.
Boshqarishni faoliyatning alohida bir sohasi deb birinchi bo‘lib ta’riflagan Suqrot (b.e.b. 470 - 399 y.y.) boshqarishning shakllarini tahlil qilib, uning prinsiplarining universalligini joriy etdi. Platon (b.e.b. 428 - 348 y.y.) davlat boshqaruv shakllarini klassifikatsiyaladi va boshqaruv organlari funksiyalarini chegaralashga xarakat qildi. Shundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kundagi yangi ilm – menedjment ilmi eng qadimgi davrlarda rivojlanib san’at darajasida baholangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |