TARIX FANIDAN MODULI (4.1, 4.2, 4.3) TEST SAVOLLARI
1). Quyidagi qaysi davlat maktablarida tarix darslarida vatan tarixini o`qitishga alohida e`tibor beriladi va buning uchin umumiy o`quv mavzularining 70 % ajratiladi?
*a) Rossiyada
2). Quyidagi qaysi davlat maktablarida tarix darslarida 5-sinfdan 9-sinfga qadar o`quvchilar tosh asri, Rim imperiyasi, Salib yurishlari, Uyg`onish va Ma`rifatparvarlik davrlari haqida ma`lumotlar beriladi?
*a) Germaniyada
3). XX asr boshlarida dunyo bo‘yicha faqat qaysi mamlakatda bosh shiori “Iltimos, ushlab ko‘r” iborasi bilan muzey faoliyat ko‘rsatgan?
*a) AQShda
4). 2001 yil “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan “O‘zbekiston tarixi manbalari” kitobining muallifi...
*a) B.Axmedov
5). Agar o`quchlar yozilgan fikrga qo’shilsalar, birinchi ustunda “+“ aks holda uchinchi ustunda “-“ belgisini qo’yadilar. Ushbu jarayon qaysi texnologiyaning bosqichi sanaladi?
*a) “T-jadval”
6). Axborot xaritasini tuzish yo‘li, barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ishga imkon beradigan grafik organayzer –bu...
*a) klaster
7). Axborot muhitida muhim ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash, ulardan maqsadli foydalanish qanday kompetentlik negizida kechadi?
*a) Axborot kompetentligi
8). “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”. Ular ...
*a) Grafik organayzerlar
9). "Bolalar dunyosi” muzeyi qaysi mamlakatda?
*a) Avstriyada
10). Badiiy obrazlari yozma manbalarga tayanib yaratilgan, XIV-XV asr Markaziy Osiyoning ijtimoiy hayotini jonli tasvirlagan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub tarixiy roman...
* a) “Sarbadorlar”
11). Bitik, qo‘lyozma, kitob, hujjatlar va arxiv materiallari...
*a) Ma’naviy yodgorliklar
12). Bilim nima?
*a) o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
13). Biror-bir masala yoki savolning muhokamasiga bag’ishlangan qisqa press-konferentsiya – bu …
*a) Brifing
14). «Venn diagrammasi» – bu ... imkon beruvchi grafik-organayzerdir
*a) Umumiylik va tafovutga ega ikki xil ko‘rinishni analiz va sintez qilishga
15). Gegrafik muhitni bevosita tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning afsonaviy qahramonlar haqidagi xayoliy tasavvurlarni aks ettiruvchi asarlar hujjatli manbalarning qaysi turlariga kiradi?
*a) Tasviriy san’at turlari
16). …grafik organayzeri asosida marraga kim birinchi chiqish texnologiyasining sxematik tuzilishi bo‘yicha o‘tilgan mavzularni mustahkamlash samarali hisoblanadi.
*a) Zinama-zina
17). G.Fuzaylovaning “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida an’anaviy metodlar umumlashtirilib nechtaga ajratilgan?
*a) To‘rtga
18). Darslik, tarqatma materiallar, xarita…
*a) Ta’lim vositalarini
19). Darsi – bu …
*a) Ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli
20). Darslikdagi asosiy matndan tashqari komponentlar tarkibi...
*a) Metodik, illyustratsiyalar, mundarija
21). DTSda tarix fanidan 7-8 - sinflar uchun haftasiga necha soat o‘quv yuklamasi ajratilgan?
*a) 3 soat
22). DTSda tarix fanidan 5-6 - sinflar uchun haftasiga necha soat o‘quv yuklamasi ajratilgan?
*a) 2 soat
23). D.Xayms tomonidan fanga qaysi tushunchasi kiritilgan?
*a) kommunikativ kompetentlik
24). DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan milliy istiqlol g‘oya singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yunalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ...
*a) darslik
25). J. Raven qaysi asarida kompetentlikka ta’rif bergan?
*a) “Zamonaviy jamiyatda kompetentlik” (1984 yil)
26). Inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o‘quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat...
*a) Pinbord
27). Interfaol atamasi lug‘aviy jihatdan qanday ma’noni anglatadi?
*a) “Inter”-bu o‘zaro, “akt”-harakat qilmoq.
28). Interaktiv so‘zining ma’nosi nima?
*a) inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act” – “harakatlanish”
29). Yevropa Parlamenti 2006 yil 18 dekabrda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirilishi lozim bo‘lgan nechta tayanch kompetensiyalarni tavsiya qilgan?
*a) 8 ta
30). “Kashfiyotlar fabrikasi” va “Evrika” deb nomlangan mashhur muzeylar qaysi mamlakatda joylashgan?
*a) Buyuk Britaniyada
31). Ko‘nikma nima?
*a) Shaxsning bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi.
32). Kim tomonidan fanga “kommunikativ kompetentlik” tushunchasi kiritilgan?
*a) D.Xayms
33). “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
*a) Shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligini qaror toptirish.
34). Keys-stadi metodining asosiy kategoriyasi bu...
*a) Tahlil (analiz)
35). Kompetensiyalar nechta asosiy turga bo‘linadi?
*a) Kompetensiyalar ikkita asosiy turga: tayanch va xususiy kompetensiyalarga bo‘linadi.
36). Qadimgi yunon tilidan «metodika» so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
*a) Tadqiqot yo‘l, tadqiqot usuli
37). Qaysi javob variantida kadrlar tayyorlashning milliy modeli to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*a) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;
38). Qanday grafik organayzer o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi?
*a) Konseptual jadval
39). Qadimgi Yunonistonda Suqrot tashkil etgan evristik suhbat hozirgi ilmiy didaktik tadqiqotlarda qanday nomlanadi?
*a) “Izlanish suhbati”
40). Quyidagi fikr kimga tegishli: «Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak».
*a) I. Karimov
41). Lug‘aviy jihatdan “interfaol” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
*a) “o‘zaro harakat qilmoq”
42). Monolog, dialog, syujetli hikoya, tahlil qilib tushuntirish tarix o‘qitish metodikasining qaysi turiga kiradi?
*a) Og‘zaki o‘qitish metodi
43). Malaka nima?
*a) Shaxsning bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi.
44). Ma’lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonlarning ayrim tomonlariga bag‘ishlangan xaritalar...
*a) Mavzuga doir xaritalar
45). Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili qachon va qaysi pedagog tomonidan kiritilgan?
*a) XX asrda nemis pedagogi Disterveg tomonidan
46). Memuar, tarixiy roman, balletristika …
*a) Badiiy adabiyotlar
47). Metod yunoncha “Metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, qanday ma’noni anglatadi?
*a) Izlanish, bilish yo‘li, nazariya, ta’limot, biror narsaga yo‘l
48). Ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan o‘yin – bu ...
*a) Rolli o‘yin
49). “Men eshitaman va unutaman, men ko‘raman va eslab qolaman, men bajaraman va tushunaman” –bu so‘zlar qaysi allomaga tegishli?
*a) Konfutsiy
50). Muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish va guruhlashtirish (klassifikatsiya)ni amalga oshirishga, jamoa tarzda yagona yoki aksincha qarama-qarshi pozitsiyani shakllantirishga imkon beradigan metod qaysi javobda berilgan?
*a) Pinbord
51). Muammoli savollarni ko‘rish yoki maummoli masalalarni ko‘rsatish yo‘li bilan ketma-ket modellashtiriladigan muammoli vaziyatlar mantiqiga tayangan xolda olib boriladigan ma’ruza turi
*a) muammoli ma’ruza
52). Og‘zaki ravishda materiallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi necha foizini tashkil etadi?
*a) 5%
53). Tushuntirib va izohlab o‘qish ko‘proq qaysi sinflarda qo‘llaniladi?
*a) V va VI sinflarda
54). Tarixiy hodisa va voqealarni o‘z zamondoshlari yozib qoldirgan asarlar...
*a) Adabiy yodgorliklar
55). Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning vujudga kelishi va uning rivojlanish tarixini shartli ravishda nechta davrga bo‘lish mumkin?
*a) To‘rtta davrga
56). “Texnologiya” so‘zi fanga qachon kirib kelgan?
*a) 1872 yilda
57). Ta’limning amaliy metodi...
*a) Kontur xarita to‘ldirish, mashq bajarish, o‘quv topshiriqlarini yozma tayyorlash
58). Tarix o‘qitish metodlari
*a) og‘zaki, ko‘rsatmali, amaliy, bosma matnlar bilan ishlash metodlari
59). Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning vujudga kelishi va uning rivojlanish tarixining birinchi bosqichi qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?
*a) 1960- 1970 yillar
60). Tarix o‘qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlar necha turga bo‘linadi?
*a) 2 ta
61). Tangalarni o‘rganadigan yordamchi tarix fani...
*a) Numiztika
62). Tyuter - ...
*a) ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati o‘quvchilarga o‘quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan.
63). Ta’limni tashkil etishning shakllari:
*a) jamoaviy, frontal, kichik guruhlarda ish oliib borish, juftlikda ishlash, individual
64). Tarix o‘qitish tajribasida tarixiy xaritalarning nechta turidan foydalaniladi?
*a) 3 ta
65). Tarixiy romanlar, tarixiy mavzularda yozilgan asarlar, o‘rganiladigan davr haqidagi badiiy asar va hikoyalar...
*a) Belletristik asarlar
66). «Texnologiya» so‘zi haqida tushuncha?
*a) «texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot
67). Та’lim oluvchilarning egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish layoqati qanday nomlanadi?
*a) Kompetentsiya
68). Tarix o‘qitishning amaliy metodini ko‘rsating
*a) Referat tayyorlash, kontur xarita chizish
69). Tarix darsligi matnidan tashqari komponentlardan biri...
*a) Illustrasiyalar
70). Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari qaysi standart darajasida?
*a) A2+
71). O‘rganiladigan voqealar rivojlanishining izchilligini uzoq davr mobaynida hududning o‘zgarganligini aks ettiruvchi xaritalar...
*a) Obzor xaritalar
72). O‘zbekiston Respublikasida nechta tayanch kompetensiyalar mavjud?
*a) 6 ta
73). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qachon e’lon qilindi?
*a) 2014 yil 11 iyul
74). O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni nazorat qilib baholashi bilan birgalikda , yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi. Bu jarayon didaktik vazifa va tuzilishiga ko‘ra darsning qaysi turiga kiradi?
*a) Kombinatsion darslar (aralash darslar)
75). O‘qitish jarayonida bahs-munozaraga kiritilsa, o‘quv topshiriqlarining necha foizini o‘zlashtirish mumkin?
*a) 50 foizini
76). O’zbekiston va dunyoning rivojlangan davlatlarining davlat ta’lim standartlaridagi tayanch kompetentsiyalarining qiyosiy tahliliga ko`ra O’zbekistonda tayanch kompetentsiyalar soni nechta?
*a) 6ta
77). Fan yoki mavzuni tavsiflaydigan, belgilangan reja bo‘yicha tuziladigan besh qatordan iborat kichik adabiy asar metodi qanday nomlanadi?
*a) sinkveyn
78). Xaritalar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, diagramalar qanday metodga kiradi?
*a) Illustrasiya metodi
79). Xo‘jalik ishlariga oid yozuvlar, shartnomalar, siyosiy nutqlar hujjatli manbalarning qaysi turiga kiradi?
*a) Yozma manbalar
80). Hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, tahlil qilib tushuntirish, tarixiy manbalar bilan ishlash; tarixiy adabiyotlar, tarixiy hujjatlarni izohlash – qaysi metodning usullari jamlanmasi
*a) og‘zaki o‘qitish metodi
81). Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada qachon paydo bo‘lgan?
*a) 1970 yilda
82. Quyidagi metodlardan qaysi biri о‘quvchilarda xotira mashqi vazifasini ham о‘taydi.
*a)“Insert” metodi
83. “Brifing” metodi inglizcha sо‘zdan olingan bо‘lib, nima ma’noni anglatadi.
*a) Qisqa
84. “Fikr, sabab, misol, umumlashtirish”ni о‘z ichiga olgan metod turi bu –
*a) “FSMU” metodi
85. “Pinbord” metodi bu –
*a) Munozara usullari yoki о‘quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat metod.
86. “Pedagogika” sо‘zining ma’nosini belgilang.
*a)Yunoncha sо‘z bо‘lib, “bolani yetaklash” ma’nosini bildiradi.
87. “Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur” nomli kitob qachon nashr etilgan.
*a) 2011 yilda
88. Hamkorlikda о‘qitishning zigzag yoki arra metodiga kim tomonidan asos solingan.
*a) E. Aronson, 1978
89. О‘zbekistonning eng yangi tarixini birinchi davrini aniqlang?
*a). 1989-1991 yillar
90. О‘zbekiston tarixini ikkinchi davrini aniqlang?.
*a). 1992-2000
91. О‘zbekiston tarixini uchinchi davrini aniqlang?
*a). 2000-2010
92. О‘zbekiston tarixini tо‘rtinchi davri qachondan boshlangan?
*a). 2011
93. Odamni o'rab turgan muhitda jon va ruhlarning borligiga ishonish fanda nima deyiladi?
*a) animizm
94. "Avesto" so'zining ma'nosi nima?
*a) "qat'iy belgilangan qonun-qoidalar"
95. “Avesto” dastlab kim tomonidan tarjima qilingan?
*a) fransuz olimi A.Dyupenon
96. “Payg’ambar” so’zining ma’nosi nima?
*a) "ezgu amallar haqida xabar qiluvchi"
97. "Avesto"ning ilk qismlari qachon paydo bo'lgan?
*a) mil. avv. IX-VIII asrlarda
98. О‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman qachon о‘tkazildi?
*a) 1993 yil 23–24 oktabrda
99. Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qо‘shgan alloma Xо‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi qachon keng nishonlandi?
*a) 1994 yil 18 oktabrda
100. Qachon Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishonlandi?
*a) 1995 yilning noyabrida
Do'stlaringiz bilan baham: |