1. Paxtani quritish jarayonining taxlili



Download 106,5 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi106,5 Kb.
#831070

1. Paxtani quritish jarayonining taxlili


1.1. Quritish jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari

Paxta tayyorlash maskanlarida paxtani dastlabki qayta ishlashdagi asosiy tadbirlardan biri – bu nam paxtani quritish. Paxta tayyorlash maskanlarida nam paxtani uzoq vaqt saqlashga tayyorlash uni quritish jarayonidan boshlanadi.


Paxta tozalash korxonalarida paxtani quritish tabiiy gaz yoki traktor kerosinini yoqish mahsulotlari va atmosfera havosi (1.1.-jadval) aralashmasidan tashkil topgan quritish agenti bilan ishlatiladigan 2SB-10 va SBO rusumli quritgichlarda amalga oshiriladi. Quritish agenti issiqlikni paxtaga olib kelish va bug‘langan namlikni quritish kamerasidan olib chiqib ketish vazifasini о‘taydi.
Quritish agentining termodinamik holatini aniqlovchi asosiy kо‘rsatkichlar uning nisbiy hajmi, zichligi, harorati va bosimi hisoblanadi.
1.1-jadval. Quritish agentining taxminiy kimyoviy tarkibi

Tarkibiy moddaning nomi

Quritish agentidagi miqdori, %

Gaz yoqilganida

Traktor kerosini yoqilganida

Kislorod (O2)

19,6

19,0

Azot (N2)

79,6

79,8

SO2 gazi

0,8

1,2

Paxta quritish obyekti sifatida namligi, gigroskopik va issiqlik-fizik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.


Paxtaning namligi namlik miqdori bо‘yicha aniqlanadi (kg/kg):
,
bu yerda: G n – paxtadagi namlik miqdori, kg;
G mq - paxtaning mutloq quruq qismi vazni, kg
(Paxtaning namligi )
Paxtaning gigroskopik xususiyatlari namlikni olish va berish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Paxta komponentlarining gigroskopik xususiyatlari turlicha va bu paxtaning muvozanatli namligida ularning turli namlikka ega bо‘lishini ifodalaydi.
Quritish jarayonida tola va chigitni proporsional suvsizlantirish umumiy holda paxtaning muvozanatli namligi bilan tavsiflanadi.
Quritish jarayonini quritish agentining nisbiy namligi  0,1 dan 0,9 oralig‘ida bо‘lganda amaliy hisoblar uchun paxta muvozanatli namligini qoniqarli sifatda ushbu empirik tenglama bilan hisoblash mumkin:
lg Wm = 0,9 + lg (2,0+0,0037 T),
bu yerda: W m – muvozanatli namlik, %; T – paxtani mutloq shkala bо‘yicha isitish harorati, ˚K.
Quritish qurilmalarining namlik bо‘yicha unumdorligini hisoblash moddalar miqdori saqlanish qonuniga asoslangan. Bug‘langan namlik miqdori quritilgan paxta hajmi bilan quritish balansi tenglamasi orqali bog‘langan.
Quritgichga uzluksiz ravishda berilayotgan paxtaning boshlang‘ich vazni Go bug‘langan namlik vazni W va quritilgan paxta vazni G1 ga bо‘linadi. О‘rnatilgan ish tartibi jarayonida material balansi tenglamasi quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:
Go= G1+ W
Quritgichga berilayotgan material vaznini mutloq quruq material vazni GMQ bilan va undagi bо‘lgan namlik vaznini bilan ifodalab, quyidagini yozish mumkin:

Bunda quritilgan paxta vazni quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda: W1 – quritgichga tushayotgan paxta namligi, %;
W2 – quritgichdan chiqayotgan paxta namligi, %.
Shunday qilib, bug‘langan namlik miqdorini quyidagi ifodadan topish mumkin:

Quritgichda umumiy sarflangan issiqlik miqdori quyidagicha ifodalanadi:
Q = Q1 + Q2 + Q3 + Q4 + Q5,
bu yerda: Q1 – namlikni bug‘latishga ketgan issiqlik miqdori, Jh.
Q1=Wn ( bII – Cc1),
bu yerda: Wn – bug‘latilgan namlik miqdori, kgh;
bII - chiqib ketayotgan gazlar kо‘rsatkichlari t2 va 2 bо‘lganda bug‘ning issiqlik miqdori; bII = 2491103 + 1968 t2 J/kg;
Ss– materialdagi bо‘lgan suvning issiqlik hajmi, Ss = 4187 J/kgS;
1 – materialning boshlang‘ich harorati, S;
Q2 – chiqarilayotgan quritish agenti bilan ketadigan issiqlik, J/h:
Q2=Lk (994,83+1,97 d2 ) (t2 – t0),
bu yerda: Lk – chiqib ketuvchi havo sarfi, kgh; (994,83 + 1,97 d2) – tashqi havo bilan keltirilgan issiqlik sig‘imi, J/kgS; t2-chiqib ketuvchi gaz harorati, S; to – atrof muhit havosining harorati, S.
Q3 - chiqarilayotgan paxta bilan yо‘qotiladigan issiqlik, Jh:
Q3 =G1 x C2 (2 - 1),
bu yerda: S2 – quritib chiqarilayotgan paxtaning issiqlik sig‘imi, JkgS; 1 va 2 – quritgichga beriladigan va quritgandan keyin paxtaning harorati,S; G2 – quritilgan paxtaning vazni, kg.
Q4- quritgich tomonidan atrof muhitga yо‘qotiladigan issiqlik:
Q4 = K F (tо‘r – to),
bu yerda: K – quritgich devori orqali issiqlik yо‘qotish uzatish koeffitsiyenti Jm2∙h∙S; F - quritgichning tashqi sirti, m2; tо‘r - quritgichdagi о‘rtacha harorat, ˚S; to - atrof muhit harorati, S.
Q5 - hisobga olinmagan boshqa issiqlik yо‘qotishlar.
1 kg bug‘latilgan namlik uchun umumiy nisbiy issiqlik yо‘qotish quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

Materialni quritish uchun sarflanadigan foydali issiqlik miqdori – bu q1 . Shunday qilib, quritish qurilmasining foydali ish koeffitsenti  paxtadan 1 kg namlikni bug‘lantirish uchun ketadigan issiqlik miqdorining sarflanadigan umumiy issiqlik miqdoriga foizlardagi nisbati bо‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:

1.1-rasmda 2SB-10 quritgichda issiqlik sarfi taqsimlanishi (misol) keltirilgan. Diagrammadan kо‘ringanidek foydali sarflangan issiqlik hammasi bо‘lib 40 % ni tashkil etadi (namlikni bug‘lantirishga 35 %).

1.1-rasm. 2SB-10 quritgichda issiqlik sarfining taqsimlanishi
Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish