1. O‘zgarmas tok chiziqli va nochiziq zanjirlar
O‘zlashtiriladigan savollar
Oddiy o‘zgarmas tok chiziqli zanjir. Zanjirning aktiv va passiv elementlari.
Elektr yurituvchi kuch (EYUK), tok, qarshilik, potensial va kuchlanish. Om
qonuni. Potensial diagrammalar. Joul-Lens qonuni. Quvvatlar balansi. Ikki
simli liniya orqali maksimal quvvatni uzatish sharti. Shoxobchalangan
zanjirlar. Kirxgof qonunlari va ularni shoxobchalangan zanjirlarni hisoblashda
qo‘llash. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi – o‘zgarmas tok chiziqli
elektr zanjirlarining matematik modeli.
Elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o‘zgartirish. Aktiv va passiv
elementlarning ketma-ket ulanishi. Passiv elementlarning parallel ulanishi.
Kuchlanish va tok manbalari, ularni ekvivalent o‘zgartirish sxemalari. Aktiv
shoxobchalarning o‘zaro parallel ulanishi. Passiv elementlarning aralash
ulanishi. Qarshiliklar uchburchagini unga ekvivalent bo‘lgan qarshiliklar
yulduziga va aksincha almashtirishlar.
Kompensatsiya teoremasi. Kontur toklar usuli. Kirish va uzatish
o‘tkazuvchanligi va qarshiligi. Ikkiqutbliklar va ularning kirish qarshiligi.
Ekvivalent generator usuli. Tugun potensiallar usuli. Ikki tugun usuli. Ustma-
ustlash usuli, proporsional kattaliklar usuli.
Murakkab zanjirlarni hisoblash usullarini o‘zaro taqqoslash. Murakkab
zanjirlarni hisoblashda fizik modellar va EHMlardan foydalanish. Nochiziq
elementlarning xossalari. Statik va differensial qarshiliklar. Nochiziq
elementlarning ekvivalent sxemalari. Elementlari ketma-ket, parallel va
aralash ulangan nochiziq zanjirlarni hisoblashning grafik va analitik usuli.
Uslubiy maslahatlar
Bu bo‘lim talabalarni elektr zanjirlarini hisoblash usullari bilan tanishtiradi.
Usullar bilan tanishishdan avval elektrotexnikaning uchta qonuni: Om qonuni
va Kirxgofning ikkita qonunini mukammal o‘rganish zarur. Bitta manbaga ega
bo‘lgan zanjirlar Om qonuni yordamida oson hisoblanadi. Bunda zanjirdagi
qarshiliklar ekvivalent qarshilik bilan almashtiriladi. Bir necha EYUK manbali
shoxobchalangan zanjirlar Kirxgof qonunlari yordamida hisoblanadi.
Quyida 1-sinov ishini bajarishni osonlashtirish maqsadida berilgan zanjirni
turli usullar yordamida hisoblash tartibi keltiriladi. 1-rasmda ko‘rsatilgan
zanjirda
E
1
=32 B; E
2
=25 B; R
2
=7 Om; R
2
=5 Om; R
3
=8 Om; R
4
=6 Om;
R
5
=13Om; R
6
=11 Om.
1.Kirxgof qonunlari asosida zanjir shoxobchalaridagi toklarni hisoblash
uchun tenglamalar tuzilsin.
2. Shoxobchalardagi toklar kontur toklar va tugun potensiallar usulida
hisoblansin va natijalari o‘zaro taqqoslansin.
3.
I
1
tok aktiv ikkiqutblik usuli yordamida topilsin.
4. Ikki EYUK manbai bo‘lgan kontur uchun potensial diagramma qurilsin.
5. Zanjir uchun quvvatlar balansi tuzilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |