1. O’zbekistondagi mavjud muqobil resurslarni va ulardan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida yozing



Download 36 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi36 Kb.
#45252
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari

1.O’zbekistondagi mavjud muqobil resurslarni va ulardan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida yozing

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 01.03.2013 yil PQ-4512- sonli farmoni va “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risida”gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida “Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi. “O’zbekenergo” AJ ushbu institutning ta'sischilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tomonidan quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida respublikaning qator viloyatlaridagi “Muruvvat uylari”, “Mehribonlik uylari” va qishloq vrachlik punktlarida gelioqurilmalar o’rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 2013 yilda “Navoiy” EIIZda quvvati 50 MVt bo’lgan fotoelektr quyosh panellari ishlab chiqarish boyicha qo’shma korxonaning 1-bosqichi tashkil etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha oshiriladi. Shu munosabat bilan “O’zbekenergo” AJda yoqilg’i-energetika balansiga qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqiyosida foydalanish respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste'molini kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. O’zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o’tkazilgan taxlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo’ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik havfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo’ljallab tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini ko’rsatadi. Muqobil energiya manbalari va ularning turlari Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism (qattiq, suyuq va gaz holatida) o‘z energiyasini, energiyani boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo‘lsa hamda o‘z energiyasini hohlagan marta uzatib o‘zi yo‘qolib ketmasi bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko‘tarilib tushishi, to‘lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg‘i, vodorod va kvant). Qaytalanmaydigan energiya manbalari. Ana’naviy energiya manbalari. To‘lqinlar energiyasi.

O‘zbekistonda muqobil energiya manbalari salohiyati yuksalmoqda

So‘nggi yillarda butun dunyoda resurslarni, ayniqsa, energiyani tejash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu energiya iste’moli uni ishlab chiqarishdan ko‘ra jadal sur’atlarda ortib borayotgani bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan energiya tejash borasida yuqori texnologiyali uslublar, ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan innovatsion va ilmtalab texnologiyalarni joriy etish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarini rivojlantirish masalasi samarali hal etilmoqda va bu yo‘nalishda salmoqli natijalarga erishilayotir. Mamlakatimiz bu borada ulkan salohiyatga ega. Negaki, yurtimizda yilning 270 kuni quyoshli bo‘ladi va bu energiya ishlab chiqarish uchun yaxshigina imkoniyatdir.

Ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun quyosh va biogaz energiyasini ishlab chiqarish hamda undan amalda foydalanishda zarur bo‘ladigan ko‘p tarmoqli ilmiy-tajriba va moddiy-texnik baza yaratilgan, gelioenergetika va issiqlik qurilmalari ishlab chiqaradigan qator korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida quyosh energiyasini yarim o‘tkazadigan fotoo‘zgartirgichlarni ishlab chiqish va ularning nazariy asoslarini yaratish, qurama geliotexnik qurilmalar, mustaqil ta’minot manbalarini loyihalashtirish, yuqori haroratli geliomaterialshunoslik, turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan bioenergetika manbalari sohasida ilmiy maktablar shakllangan.

Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, geliomaterialshunoslik, asbobsozlik sohalaridagi fundamental tadqiqotlari va ilmiy-texnik yutuqlari, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlari bilan shuhrat qozongan. Ushbu ilmiy muassasada amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotining turli jabhalarida keng qo‘llanilayotir. Masalan, bu yerda energiya ta’minoti tizimlari uchun stirling dvigateli bazasida ishlaydigan turli quvvatga ega noyob qurilmalar ishlab chiqilgani e’tiborlidir. Bundan tashqari, ushbu qurilmalar bir paytning o‘zida alohida iste’molchini elektr energiyasi, issiq suv bilan ta’minlash va havoni sovutish uchun mo‘ljallangan. Stirling dvigateli istagan issiqlik manbai yordamida, shuningdek, turli sharoitlarda, hatto suv osti va fazoda ham ishlash imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Bu borada quyosh energiyasi, radioizotop manbai, biogaz yoki oddiy yoqilg‘i issiqlik manbai sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, 5 kVt elektr quvvatiga ega stirling dvigateli isitish va maishiy ehtiyojlar uchun qariyb 20 kVt issiqlik ishlab chiqarishi mumkin. Aksariyat davlatlarda ushbu qurilmalarga katta qiziqish bildirilmoqda.

Institut olimlari ishlab chiqqan suvni quyosh yordamida chuchuklashtirish moslamasi, ayniqsa, qishloq joylarda keng qo‘llanilayotir. Ushbu moslama kuniga 100 litrgacha chuchuk suv olish imkonini beradi.

Shu bilan birga, ko‘chalar va maydonlarni yoritadigan fotoelektr stansiyalar va tizimlar kunduzgi yorug‘lik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yordam beradi. Ular iste’molchilarni doimiy va o‘zgaruvchan kuchlanishga ega elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

“Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari fermer xo‘jaliklari uchun maxsus ishlab chiqqan quduqdan suv olish fotoelektr qurilmasi bir kunda 60 kubmetr suv olish imkoniga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining ilmiy kotibi Nosir Saidxonovning aytishicha, ayni paytda institut jamoasi uchta innovatsiya, 10 ilmiy-texnika, 7 fundamental va bitta yoshlar loyihasi ustida ish olib bormoqda. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi muqobil energiya manbalari salohiyatidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
2.Topshiriq. Har bir talaba tanlangan xududdagi muqobil energiya resurslari va ularning foydalanish xolati bo’yicha ma’lumotlar yozing.

Muqobil energiya – tejamkorlik manbai



Namangan viloyatida quyosh batareyalari yordamida xonalarni yoritish va isitish, biogaz ishlab chiqarish kabi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilmoqda. O‘tgan yili Uychi tumanining Yorkatay qishlog‘idagi 16-umumta’lim maktabiga quyosh nuridan elektr energiyasi hosil qiluvchi quyosh batareyalari kompleksi o‘rnatilgan edi. BMT granti asosida keltirilgan mazkur qurilmaning zarur quvvatni hosil qilishi uchun quyoshli kunning besh soati kifoya qiladi. Bu maktabdagi 5 kompyuterni ishlatish, sinf xonalarini yoritish imkoniyatini yaratmoqda. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 48-maxsus maktab- internatda esa quyosh quvvatidan foydalanuvchi kollektor vositasida suvni isitish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda oshxona, kir yuvish xonasi va hammom ehtiyojlari uchun bir kecha-kunduzda mazkur usulda 600 litr suv isitilmoqda. Toshkentdagi “Eko-energiya” ilmiy markazida ishlab chiqarilayotgan quyosh batareyalari ekologik jihatdan afzalligi bilan ko‘pchilikka ma’qul tushmoqda, – deydi viloyat tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atmosfera havosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Sobirjon Mamajonov. – Jumladan, keyingi paytlarda Uchqo‘rg‘on tumanining Oxunboboyev qishloq vrachlik punkti va Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyiga ana shunday qurilmalar o‘rnatildi. Qayta tiklanadigan quvvatning ushbu turini amalda joriy etish va uni takomillashtirish masalalariga viloyatdagi ilmiy doiralar ham manfaatdorlik bilan yondashayotganliklarini alohida ta’kidlash lozim. Chunonchi, Namangan davlat universiteti fizika-texnika fakultetining fizika kafedrasida bu boradagi izlanishlar keng yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra jamoasi poytaxtdagi “Fizika-quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgani o‘z samarasini berayotir. Ilm dargohimizda qayta tiklanadigan quvvatlarning yana bir turi – biomassa va biogaz texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ham izchil izlanishlar davom etmoqda, – deydi o‘z shogirdlari bilan ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borayotgan dotsent Anvarjon Po‘latov. – Bu boradagi xulosalarimiz Fanlar akademiyasining tegishli institutlariga taqdim etilgan. Shuningdek, viloyat tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ham atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Chortoq tumanidagi “Chortoq ipagi” fermer xo‘jaligida isitishda muqobil energiya manbai – biogaz ishlab chiqarish texnologiyasining joriy qilinishi bu boradagi amaliy ishlardan biridir. Organik chiqindilardan anaerob, ya’ni havosiz muhitda achitish usuli bilan gaz yonilg‘isi hosil qiladigan qurilma ishga tushirilib, uning yordamida fermerning bir gektarga yaqin issiqxonasida noz-ne’matlar yetishtirilmoqda. Biogaz qurilmasi kuniga 150 kubometr tabiiy gaz hosil qilish quvvatiga ega. Yonuvchan gaz tarkibining 70 foizi metandan iborat bo‘lib, uning yordamida issiqxonada ekinlar parvarishi uchun talab etiladigan mo‘tadil haroratni saqlab turish mumkin. Fermer muqobil energiya manbai imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, el dasturxoniga bodring va pomidor yetkazib bermoqda. Biogaz qurilmasi atmosferaga ammiak va metan gazi chiqishini kamaytirib, ekologiyani yaxshilashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, biogaz ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan organik chiqindilar qoldig‘i yer unumdorligini oshiradigan organik o‘g‘it sifatida ham katta ahamiyatga ega. Darhaqiqat, chorvachilik va parrandachilik chiqindilarini anaerobik muhitda chiritish yo‘li bilan yonuvchan gaz hamda ekologik toza bioorganik o‘g‘it olishda qo‘llaniladigan bunday qurilmalar muqobil energiya manbalari tizimida o‘z o‘rnini topmoqda. Dehqon va fermer xo‘jaliklari issiqxonalar ishini yo‘lga qo‘yishda uni eng ishonchli isitish vositasi deb bilmoqdalar. Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish uzoq muddatli istiqbolda katta iqtisodiy foyda keltirish bilan birga, bug‘xona effekti natijasida gaz chiqarishni kamaytirib, atrof-muhit sofligini saqlash orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish