1. O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi O’zbekistonda nntning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi



Download 24,04 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2022
Hajmi24,04 Kb.
#508306
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonda Fuqarolik Jamiyati Institutlari


Mavzu:O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
1. O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi
2. O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi
3. Demokratik institutlarning shakllanishi


  1. O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi

O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25- dekabrda Oliy Majlis qbul qilgan “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning ahamiyati muhim bo’ladi. Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5- moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek, Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning huquqlarini aniq va ravshan ko’rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish; 22 - saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish; - O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o’zga huquqlarga ham ega bo’lishlari ham mumkin1 ”. Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13- moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg’or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo’sha olish darajasiga ko’tarilishlarini huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi.
Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari
1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat ko‘rsatish
prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”1 O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.
Demokratik institutlar tasnifi
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat,siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin . Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
NNTlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari milliy qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkam huquqiy asos va noyob mexanizm bunda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani viloyatda sohani izchil rivojlantirish, NNTlar sonining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 2012-yili viloyatda 286 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 552 taga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant tanlovlari viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011-yil viloyatdagi beshta NNT mazkur tanlovlarda qatnashib, fondning 6 million 800 ming so‘m grant mablag‘ini olgan bo‘lsa, o‘tgan yili yigirmadan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti qariyb 267 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘lar, asosan qishloq yoshlarining ekologik bilimi, tibbiy, huquqiy madaniyati, kasb mahoratini yuksaltirishga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga yo‘naltirilmoqda.
O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratiyalash jarayoni 
Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan partiyaviylik tizimini qaror toptirishdir. Faqat ko’p partiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi, xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me'yorlarini belgilab bormoqda.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga a'zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy irodalari shaklanishini ta'minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi mas'uliyati qonunlashtirildi.
Shuningdek, respublikada ko’p partiyaviylik tizimi qaror topib, saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida o’tkazish oddiy bir demokratik qadriyatga aylandi. Davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish ham siyosiy hayot tarziga aylanib bormoqda. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroklarini ta'minlash va avj oldirish uchun ham barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Download 24,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish