2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar .
O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966-1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimi. Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir. G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan. Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim gruppa moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik rolini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi. Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo va moddalarning elektron tarkibi kabi eng zamonaviy analiz usullari qo’llanildi. Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy masalalarini hal etishga imkon berdi. O.S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli gruppadagi tabiiy birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning nafis elektron tarkibi va molekulalari konformatsiyasi bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi. O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi, paxta tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimdir. O’zbekiston FA akademiyasining va bir qator chet ellar akademiyalarining akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri Sobir Yunusovich Yunusovdir. Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1991) O’zFA akademigi, Leopol’din nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofoti laureati. Ilmiy ishlari o’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning roli katta bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi.
Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xo`jaligi , qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho`rtan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral o`g`itlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , farg`ona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O`zbekiston iqtisodiyotida to`la mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
O`zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilg`or chet el texnologiyalarni o`zimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bog`liqdir. XXI asr bo`sag`asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bo`lib qolyapti.
O`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir “ .
Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xo`jalik chiqindilari yig`ilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yig`ilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xo`jaligi uchun foydali bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, chuqindilarni zararsizlantirish to`g`risida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |