5-mavzu. Xo’jalik yurutuvchi subetlarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlvrga oid qonun xujjatlarini rasmiylashtirish va buxgalt yeriya hisobini yuritish tartibini o’rganish Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga oid qonun xujjatlarini rasmiylashtirish va buxgalt yeriya hisobini yuritish tartibini o’rganish
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida
Soliqqa oid qonunchilik takomillashtirilganligi, shuningdek, sud amaliyotida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka doir qonunchilikni qo’llashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, «Sudlar to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi).
Qonunda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlashning ijtimoiy xavfliligi soliq to’lovchilar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lashga oid majburiyatni qasddan bajarmaslikdan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga pul mablag’lari tushmay qolishiga olib keladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJTK) 174-moddasining birinchi qismi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko’rsatish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan boshqa tarzda qasddan bo’yin tovlash tushunilishi lozim.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan ko’rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to’g’risidagi axborotni yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini buzish.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni kamaytirib ko’rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti hujjatlarida soliq solinadigan ob’ekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish (kamaytirish) tomoniga o’zgartirishda ifodalanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan boshqa tarzda qasddan bo’yin tovlash soliq to’lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo’lgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslikdan iborat har qanday boshqa qilmishlarida ifodalanadi, mazkur harakatni inson yerkiga bog’liq bo’lmagan holatlar ta’sirida bajarmaslik hollari bundan mustasno.
MJTK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo’lib, shu sababli «daromadlar», «foyda», «soliq solinadigan ob’ektlar», «soliqlar», «boshqa majburiy to’lovlar» kabi tushunchalar mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo’lgan Soliq kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim.
SK 23-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
SKda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo’llanilishi mumkin (yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq).
Boshqa majburiy to’lovlarga (SK 23-moddasi uchinchi qismi) quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta badallari;
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
2) davlat boji;
3) bojxona to’lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Qonunga ko’ra (SK 23-moddasi ettinchi qismi), davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
Qonunda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni (bundan buyon matnda — soliqlar) to’lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha bo’lgan) miqdorda qasddan bo’yin tovlash yoki birinchi marta ancha (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo’lgan) miqdorda sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan MJTK 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Agar shaxs soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun MJTK 174-moddasining ikkinchi qismi bo’yicha ma’muriy jazo qo’llanilganidan so’ng bir yil davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining birinchi qismi bo’yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
SHuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlaganlik natijasida ko’p yoki juda ko’p miqdorda zarar etkazilgan bo’lsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya’ni shaxsning muqaddam soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi qismining «b» bandi yoki uchinchi qismi bo’yicha kelib chiqadi.
SHaxsning harakatlarini to’g’ri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv, t yergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar to’lanmaganligi oqibatida etkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi mazmuniga ko’ra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko’rsatilgan soliq solinadigan ob’ekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qo’llanilgan moliyaviy sanksiya (jarima va penya) summalarini qo’shmagan holda) tushunilishi lozimligini nazarda tutishlari k yerak.
.
Zararlarning o’rnini qoplash sud qarori bilan ana shu etkazilgan zarar uchun aybdor bo’lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi etkazilgan real zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo’ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 57-son «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo’yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalariga berilishi mumkin.