1 O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari


-mavzu. Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot-kommunikastiya texnologiyalari



Download 0,75 Mb.
bet5/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#791049
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu Foyda solig’i-fayllar.org

4-mavzu. Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot-kommunikastiya texnologiyalari.
Soliq tizimining moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanayotgani zamonaviy va ilg’or kompyut yer texnologiyalaridan unumli foydalanish, davlat soliq xizmati organlarining o’zaro aloqalari samaradorligini sezilarli darajada oshirish, ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini bermoqda.
Davlat soliq organlari tomonidan 39 turdagi dasturiy mahsullar bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimidagi dasturiy mahsullar quyidagilardan iborat:
1.«Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi (SIAIJ-4)»
2.«Qayta ishlash va tahlil»
3.«To’lovlar monitoringi»
4.«Eksport-import op yerastiyalarini nazorat qilish»
5.«Soliq to’lovchilarning egaligidagi yer fondi»
6.«Tahlika tahlil»
7.«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» 8.«Soliq deklarastiyalarini qayta ishlash»
9.«Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig’imlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqlar va ijara to’lovlari hisobini yuritish va nazorat qilish»
Davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining tarkibi quyidagicha belgilangan:
1.«Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritish»
2.«Bank-DSQ»
3.«Jamg’arib boriladigan pensiya badali kunlik tushumlarini qayta ishlash»
4.«Kompyut yer texnikasini hisobga olish tizimi»
5.«Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullardan foydalanish darajasini aniqlash»
6.«Davlat soliq xizmati organlarida int yeraktiv xizmatlar ko’rsatish bo’yicha mas’ul xodimlar hisobini yuritish»
7.«Soliq to’lovchilar tarixi»
8.«Int yeraktiv xizmatlardan foydalanish statistikasi»
9.«YUridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish»
10 «Soliq qarzini yuritish hisoboti»
11.«YUridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish»
12.«Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarini qabul qilish (WEFOINS)»
13.«Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi»
14.«YUridik shaxslar bo’yicha statistik ma’lumot»
15.«Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarni aniqlash»
16.«Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish»
17.«YAkka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash»
18.«Davlat boji»
19.«Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot»
20.«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish»
21.«Tekshiruvchi xodimlarning xizmat safari buyruqlari hisobini yuritish»
22.«Nazorat kassa mashinalarini ro’yxati va nazoratini olish» 23.«Naqd pul tushumlari hisobini yuritish»
24.«Ma’muriy amaliyotni hisobga olish»
25.«Moliyaviy sankstiyalarni sud tartibida qo’llash to’g’risida davlat soliq xizmati organlarining murojatlari va ularning natijalari hisobini yuritish»
26.«Tekshirishlarni muvofiqlashtirish»
27.«Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi»
28.«Hujjatlar bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi»
29.«Ichki idoraviy hujjatlar elektron axborot tizimi»
30.«Quyi davlat soliq xizmati organlari faoliyatini masofadan turib nazorat qilish tizimi»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida“gi PF-5598-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan o’tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investistiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini mod yernizastiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar ko’rilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada mod yernizastiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4022-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi bilan birgalikda barcha davlat xizmatlari faqatgina op yeratorning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali ko’rsatilishini ta’minlashni nazarda tutadigan 2019-2021 yillarda «Univ yersal Mobile Systems» MCHJni rivojlantirish Konstepstiyasi ishlab chiqilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi “Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo’llash bo’yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 150-son qarori muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovastion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integrastiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 18 apreldagi PQ-3673-son qarorida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo’llash bo’yicha tajriba loyihasini ishga tushirish va tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi «YAngi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi DUK sotilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) bo’yicha realizastiya vaqti va joyini ko’rsatgan holda ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni ta’minlovchi zamonaviy nazorat-kassa mashinalarini qo’llash orqali savdo va xizmatlar ko’rsatish sohasidagi tushumlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimining fiskal ma’lumotlar op yeratori etib belgilandi.
Soliq ma’murchiligini sifatini oshirishining asosiy yo’nalishi axborot-kommunikastiya texnologiyalari tizimidan samarali foydalanishni kengaytirishni bosqichma-bosqich tadbiq etish hisoblanadi. Elektron hujjatlar aylanishiga o’tish soliq nazorati va axborotlarni qabul qilishni engillashtirib soddalashtiradi. Davlat soliq xizmati organlarining samarali faoliyati foydalanilayotgan axborot-kommunikastiya texnologiyalarining ilmiy-texnik darajasiga bog’liqdir.Soliq tizimining moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanayotgani zamonaviy va ilg’or kompyut yer texnologiyalaridan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
6. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga oid qonun xujjatlarini rasmiylashtirish va buxgalt yeriya hisobini yuritish tartibini o’rganish
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida
Soliqqa oid qonunchilik takomillashtirilganligi, shuningdek, sud amaliyotida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka doir qonunchilikni qo’llashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, «Sudlar to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi).
Qonunda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlashning ijtimoiy xavfliligi soliq to’lovchilar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lashga oid majburiyatni qasddan bajarmaslikdan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga pul mablag’lari tushmay qolishiga olib keladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJTK) 174-moddasining birinchi qismi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko’rsatish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan boshqa tarzda qasddan bo’yin tovlash tushunilishi lozim.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan ko’rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to’g’risidagi axborotni yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini buzish.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni kamaytirib ko’rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti hujjatlarida soliq solinadigan ob’ekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish (kamaytirish) tomoniga o’zgartirishda ifodalanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan boshqa tarzda qasddan bo’yin tovlash soliq to’lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo’lgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslikdan iborat har qanday boshqa qilmishlarida ifodalanadi, mazkur harakatni inson yerkiga bog’liq bo’lmagan holatlar ta’sirida bajarmaslik hollari bundan mustasno.
MJTK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo’lib, shu sababli «daromadlar», «foyda», «soliq solinadigan ob’ektlar», «soliqlar», «boshqa majburiy to’lovlar» kabi tushunchalar mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo’lgan Soliq kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim.
SK 23-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
SKda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo’llanilishi mumkin (yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq).
Boshqa majburiy to’lovlarga (SK 23-moddasi uchinchi qismi) quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta badallari;
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
2) davlat boji;
3) bojxona to’lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Qonunga ko’ra (SK 23-moddasi ettinchi qismi), davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
Qonunda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni (bundan buyon matnda — soliqlar) to’lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha bo’lgan) miqdorda qasddan bo’yin tovlash yoki birinchi marta ancha (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo’lgan) miqdorda sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan MJTK 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Agar shaxs soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun MJTK 174-moddasining ikkinchi qismi bo’yicha ma’muriy jazo qo’llanilganidan so’ng bir yil davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining birinchi qismi bo’yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
SHuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlaganlik natijasida ko’p yoki juda ko’p miqdorda zarar etkazilgan bo’lsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya’ni shaxsning muqaddam soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi qismining «b» bandi yoki uchinchi qismi bo’yicha kelib chiqadi.
SHaxsning harakatlarini to’g’ri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv, t yergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar to’lanmaganligi oqibatida etkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi mazmuniga ko’ra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko’rsatilgan soliq solinadigan ob’ekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qo’llanilgan moliyaviy sanksiya (jarima va penya) summalarini qo’shmagan holda) tushunilishi lozimligini nazarda tutishlari k yerak.
MJTK 174-moddasi va JK 184-moddasi bo’yicha javobgarlik kelib chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo’lib, u harakatda ham, harakatsizlikda ham namoyon bo’lishi mumkin.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko’rsatish belgilari, jumladan, quyidagilar:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirilmaslik;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo’q qilish yoxud ularni tekshirish uchun taqdim etishni rad etish;
qalbaki boshlang’ich buxgalt yeriya hujjatlaridan foydalanish;
buxgalt yeriya hujjatlarida realizatsiya qilinmagan deb ko’rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
buxgalt yeriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash;
nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o’zgartirish kiritish;
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo’shish;
tovarlar sotish (xizmat ko’rsatish)dan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o’tkazish (sotish hajmini va daromad(foyda)ni qasddan kamaytirish);
moddiy, yoqilg’i-en yergetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto’g’ri qo’llash va h.k.
MJTK 174-moddasi va JK 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga doir ishlar bo’yicha yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-bir belgisi aniqlanishidan tashqari, shaxsning qilmishida soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashga nisbatan to’g’ri qasd (JK 21-moddasi) mavjudligi isbotlangan bo’lishi shart.
Soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik bilan bog’liq jinoyat ishlari bo’yicha shuni e’tiborga olish k yerakki, agar soliq to’lovchi sub’ektlarning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) JK 184-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, ularni tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar (JK 19211-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205 — 209, 227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Sudlarga tushuntirilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan o’tkazish bilan bog’liq ravishda davlat boji tariqasidagi soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashda ifodalangan harakatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Qonunga ko’ra (SK 109-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining yo’qligi (masalan, agar bir turdagi soliqlar uchun to’langan pul summasi boshqa turdagi majburiy to’lovlar uchun to’lanmagan summalar o’rnini to’liq qoplasa va SK 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda);
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo’qligi (masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib bo’lmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan o’z harakatlarini o’zi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan bo’lsa va SK 110-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda).
Qonunga ko’ra (SK 56-moddasi), agar bir turdagi soliqlar uchun to’langan pul summasi boshqa turdagi majburiy to’lovlar uchun qasddan to’lanmagan summalar o’rnini to’liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi soliqlar uchun ortiqcha to’langan summaning miqdori boshqa turdagi to’lovlar uchun qasddan to’lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning aybdorlik masalasi to’langan va to’lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan kelib chiqqan holda hal etiladi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning aybdorligiga oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo’lsa, soliq to’lovchining foydasiga hal qilinadi.
Sudlar soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashga oid har bir jinoyat ishi bo’yicha surishtiruv va dastlabki t yergov organlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining dalillar maqbulligini tartibga soluvchi normalariga rioya etilganligini sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dalillarni to’plash uchun belgilangan tartibni buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlar shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’la olmaydi.
Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo’yicha hukm chiqarishda fuqarolik da’vosini hal etishlari zarur.
Sud fuqarolik da’vosini qanoatlantirish to’g’risida xulosaga kelganda, o’z hukmida mahkumdan undirilishi lozim bo’lgan pul summasi miqdorini (penya va shtraf summasini qo’shgan holda), to’lanmagan soliqlar turiga qarab, tegishli davlat byudjeti (respublika, mahalliy), byudjetdan tashqari maqsadli jamg’arma, shuningdek soliq to’lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi nomini ko’rsatishi k yerak.
Tushuntirilsinki, soliqlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlash bilan bog’liq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish MJTK 271-moddasining 5 va 7-bandlariga muvofiq tugatilgan taqdirda, mazkur to’lovlar to’lanmaganligi oqibatida etkazilgan zararni undirish masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash bilan bog’liq jinoyat ishlarini ko’rishda, sudlar soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarishlari zarur. O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki t yergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyasiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida) bo’lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki t yergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyasiya instansiyalarida) bo’lgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo o’tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o’tab bo’lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo’yicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo’yicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari k yerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o’tkazish va tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur buyruq O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011 yil 7 noyabrdagi 246-mh-sonli (ro’yxat raqami 2280, 07.11.2011 y.) buyrug’iga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.Nazorat organlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yo’l qo’ymaslik hamda O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirish soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonuniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-son va 2005 yil 5 oktyabrdagi PF-3665-son farmonlariga asosan buyuraman: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o’tkazish va Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobini yuritish tartibi to’g’risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobini yuritish tartibi to’g’risida NIZOM
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi PF-1503-son «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida»gi va 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to’g’risida»gi farmonlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 57-son «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo’yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning ta’riflari qo’llaniladi:
Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi — nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirishlar to’g’risidagi axborot kiritiladigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt — belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxs;
nazorat qiluvchi organlar — xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
tekshirish — xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
kompleks tekshirish — bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish;
moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalt yeriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslash;
rejadan tashqari tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan yillik (choraklik) tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish (shu jumladan qisqa muddatli tekshirish);
qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir ish kuni davomida o’tkaziladigan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish bilan bog’liq bo’lmagan tekshiruv (kechki va (yoki) tungi vaqtlarda faoliyat ko’rsatuvchi (tekshirish kunining soat 18-00dan yertasi kunning soat 6-00 gacha) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda qisqa muddatli tekshirishlar tekshirish boshlangan paytdan boshlab sakkiz soat davomida amalga oshiriladi);
muqobil tekshirish — op yeratsiyalar birligi tufayli o’zaro bog’liq bo’lgan va turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi yoki bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli bo’linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
nazorat tartibida tekshirish — xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ilgarigi tekshirishda ko’rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Mazkur Nizom nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o’rinlarda — tekshiruvchi organlar)ning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini barcha tekshirishlari (moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish, kompleks tekshirish, taftish qilish, rejadan tashqari tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va h. k.), shu jumladan yong’in, sanitariya-epidemiologiya, vet yerinariya xavfsizligi, kassa op yeratsiyalarini yuritish tartibi va tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish, shuningdek en yergiya nazorati, karantin va o’simliklar himoyasi xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlar va boshqa tekshirishlar bo’yicha xatti-harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Tekshirish bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektning bevosita tekshirish o’tkazish yilidan oldingi to’rt kalendar yildan ko’p bo’lmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:
tekshirish o’tkazilayotgan kalendar yil davrlarini tekshirishga ruxsat etiladi;
ilgari tekshirilgan masalalar bo’yicha tekshirish o’tkazish man etiladi.
Mazkur bandning qoidalari qo’zg’atilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.
Davlat byudjeti va maqsadli davlat jamg’armalari mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati ham tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Tekshirish o’tkazish uchun asoslar
Rejali tekshirishlar o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha tegishli hududiy komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko’chirma;
nazorat qiluvchi organning tekshirishlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish rejasi asosida tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan holda chiqargan buyrug’i.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo’yicha hududiy komissiyalari tomonidan tekshirilayotgan ob’ekt nomi, tekshirish o’tkazish maqsadi, muddatlari va uning sabablari asosliligi ko’rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o’tkazish to’g’risida belgilangan tartibda qabul qilingan qaror, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi va tekshirish o’tkazish muddati ko’rsatilgan buyrug’i asos bo’ladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda o’tkaziladi:
agar tekshiruvni o’tkazish zarurati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda. Bunda agar Prezident va Hukumat qarorlarida tekshirish o’tkaziladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi aniq ko’rsatilgan bo’lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasining roziligini olish talab qilinmaydi;
nazorat qiluvchi organga xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar kelib tushganda. Qo’shimcha ma’lumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo’shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
YUqori turuvchi nazorat qiluvchi organlar o’zlarining hududiy bo’linmalariga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatida rejadan tashqari tekshirish o’tkazish uchun topshiriqlarni faqatgina Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo’yicha hududiy komissiyalarining ularni o’tkazish to’g’risidagi qarori bo’lganida yuboradi.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi va «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish uchun qo’zg’atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo’ladi.Xo’jalik yurituvchi sub’ekt Kengash yoki viloyat komissiyasi ishchi organlaridan

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish