1-jadval.
yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o’lchamda quyidagi miqdor
T/r
Soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ekti
1 kub. m uchun soliq stavkasi (so’mda)
yer usti suv resurslari manbalari
yer osti suv resurslari manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar
182
221
2.
Sanoat korxonalari
472
564
3.
Elektr stanstiyalari va kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari
70
90
4.
Qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish va baliqlarni o’stirish (etishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xo’jaliklari
40
40
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmi
1990
1990
6.
Alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
25 185
25185
Qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish va baliqlarni o’stirish (etishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xo’jaliklari soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffistientni hisobga olgan holda, suv o’lchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qo’llaniladi.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo’yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Soliq davri davomida mo’ljallanayotgan soliq bazasi o’zgarganda, soliq to’lovchi soliq summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo’nak to’lovlarga soliqning o’zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davri uchun bo’nak to’lovlar hisobga olingan holda soliqni to’lash soliq to’lovchilar tomonidan, bundan dehqon xo’jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri uchun bo’nak to’lovlar summasi soliq hisobotida ko’rsatilgan byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo’nak to’lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.
Dehqon xo’jaliklari tomonidan soliqni to’lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.