1-diagramma. Davlat soliq xizmati organlarining int yeraktiv xizmatlari. 2019 yili soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini rivojlantirish niyatida 28 ta dasturiy mahsulot, 18 turdagi davlat int yeraktiv xizmatlari va 20 turdagi elektron xizmatlar ishlab chiqildi. O’sha yili Davlat soliq qo’mitasining www.soliq.uz rasmiy sayti foydalanuvchilardan 43 mingtadan ortiq murojaat tushdi. 216900 ta yuridik va 71600 nafar jismoniy shaxs o’zining elektron raqamli imzosiga ega bo’ldi. 257200 ta korxona hisobotlarni elektron tarzda taqdim etdi, ular hisobot topshiradigan soliq to’lovchilarning 100 foizini tashkil qildi.
Hozir soliq idoralarida ayni yo’nalishdagi ishlar uzluksiz davom ettirilayapti. Ayniqsa, innovatsiya va mod yernizatsiyalashga taalluqli islohotlarni ro’yobga chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo’llanilayapti. Natijada tizimda diqqatga molik ijobiy o’zgarishlar ro’y berayapti. Masalan, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etilib, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi. SHuningdek, uning xavfsizligini ta’minlash choralari ko’rildi.
2-diagramma. Davlat soliq xizmati organlarining kompyut yer texnikasi bilan ta’minlanganligi holatining tahlili.
2019 yili davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotganlar soni 12007 nafar edi. O’sha kezlar tizimda 9804 ta kompyut yerdan foydalanildi. Bu demak, har 100 nafar xodimga 90 ta kompyut yer texnikasi to’g’ri keldi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimidagi dasturiy mahsulotlar quyidagilardan iborat:
1. “Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi (SIAIJ-4)”.
2. “Qayta ishlash va tahlil”.
3. “To’lovlar monitoringi”.
4. “Eksport-import op yeratsiyalarini nazorat qilish”.
5. “Soliq to’lovchilar egaligidagi yer fondi”.
6. “Tavakkalchilik va tahlil”.
7. “Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish”.
8. “Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash”.
9. “Bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig’imlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqlar hamda ijara to’lovlari hisobini yuritish va nazorat qilish”.
Davlat soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalari tarkibi quyidagicha belgilangan:
1. “Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritish”.
2. “Bank – DSQ”.
3. “Jamg’arib boriladigan pensiya badali kunlik tushumlarini qayta ishlash”.
4. “Kompyut yer texnikasini hisobga olish tizimi”.
5. “Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish darajasini aniqlash”.
6. “Davlat soliq xizmati organlarida int yeraktiv xizmatlar ko’rsatish bo’yicha mas’ul xodimlar hisobini yuritish”.
7. “Soliq to’lovchilar tarixi”.
8. “Int yeraktiv xizmatlardan foydalanish statistikasi”.
9. “YUridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish”.
10. “Soliq qarzini yuritish hisoboti”.
11. “YUridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish”.
12. “Elektron tarzda yuborilgan hisobotlarini qabul qilish (WEFOINS)”.
13. “Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibi”.
14. “YUridik shaxslar bo’yicha statistik ma’lumot”.
15. “Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilarni aniqlash”.
16. “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish”.
17. “YAkka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash”.
18. “Davlat boji”.
19. “Soliq to’lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot”.
20. “Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish”.
21. “Tekshiruvchi xodimlarning xizmat safari buyruqlari hisobini yuritish”.
22. “Nazorat-kassa mashinalari ro’yxati va nazoratini olish”
23. “Naqd pul tushumlari hisobini yuritish”.
24. “Ma’muriy amaliyotni hisobga olish”.
25. “Moliyaviy sanksiyalarni sud tartibida qo’llash to’g’risida davlat soliq xizmati organlarining murojaatlari va ularning natijalari hisobini yuritish”.
26. “Tekshirishlarni muvofiqlashtirish”.
27. “Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi”.
28. “Hujjatlar bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi”.
29. “Ichki idoraviy hujjatlar elektron axborot tizimi”.
30. “Quyi davlat soliq xizmati organlari faoliyatini masofadan turib nazorat qilish tizimi”.
Axborot tizimi dasturiy mahsulotlar toifasiga kiritilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
– k yerakli ma’lumotlarni turli manbalardan olishi;
– ma’lumotlarni aks ettirish shakllarining xilma-xilligi;
– tahlil va taqqoslash funksiyalari mavjudligi;
– ma’lumotlarning matematik modellar asosida va strategik tahlil qilish usullari qo’llanilgani;
– samaradorlik ko’rsatkichlari aniq aks ettirilgani;
– tavakkalchilik (risk)lar, imkoniyatlar va oqibatlarni aniqlash, prognoz qilish imkoniyatlari yaratilgani;
– qaror qabul qilish jarayonida ko’makchi vazifasini bajara olishi.
Axborot tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, ro’yxatga olish, soliq to’lovchilar va soliq ob’ektlari hisobini yuritish hamda statistik ma’lumotlarni tayyorlashga, ish jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qilgan taqdirda, avtomatlashtirilgan axborot tizimi toifasiga kiritiladi.
YAratilajak axborot tizimi:
• foydalanuvchiga axborotni oson qabul qilinadigan ko’rinishda berishi;
• unga tasodifan yoki qasddan kirib, asossiz o’zgartirishlar kiritishdan himoyalanishi;
• int yerfeysi qulay, tushunarli va estetik jihatdan ko’rkam dizaynli, ma’lumotlarni kiritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan, oson va sodda bo’lishi;
• ishlash algoritmini ro’yobga chiqarishda optimal echimlar qo’llanilgan, ishlash tezligi yuqori op yerativ xotira va tarmoq resurslaridan oqilona foydalanilgan bo’lishi;
• uning int yerfeysi va hisobot shakllari foydalanuvchi tanlay olishi uchun kamida o’zbek va rus tilida bo’lishi k yerak.
Sirasini aytganda, tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko’lamini bosqichma-bosqich kengaytirib borish soliq ma’muriyatchiligi sifatini yaxshilashning asosiy shartlari sirasiga kiradi. Elektron hujjatlar aylanishiga o’tish esa soliq nazoratini olib borishni engillashtirib, axborotlarni qabul qilishni soddalashtiradi. Qolav yersa, soliq organlari faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan tizimda ishlatilayotgan bunday qurilmalarning ilmiy-texnik darajasiga ham bog’liq.
Davlat soliq xizmati organlarida zamonaviy va ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qator vazifalarni mukammal ado etish joiz.
Birinchidan, ish yuritishni ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda tashkil etishning zamonaviy shakl va usullaridan zarur darajada foydalanish, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan axborot-tahlil ishlarini olib borish lozim.
Ikkinchidan, sal oldinroq eslatganimizdek, soliq organlari tizimini yanada zamonaviylashtirish, ularning soliq qonunchiligini va davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish bo’yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish borasidagi vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar vazifalaridagi bir-birini takrorlashlarga barham berish k yerak.
Uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tashkiliy-texnik optimizatsiya modellarini ishlab chiqish zarur.
To’rtinchidan, bunday texnologiyalaridan unumli foydalanish to’g’risidagi konsepsiya va metodologik qoidalar tizimiga asoslangan holda, soliq organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning samarador strategiyasini belgilab olish darkor.
Xulosa Bugungi kunda O’zbekiston ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqida 54 ta shartnoma imzolagan (ushbu shartnomalarning 48 tasi kuchga kirgan va amalda qo’llanilmoqda). Bunday shartnomalar yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va mol-mulk solig’iga tegishlidir. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga muvofiq, yuqoridagi shartnomalar xalqaro xarakt yerdagi hujjatlar sifatida milliy qonunchilik me’yorlaridan ustun hisoblanadi.
SHunday qilib, shakllantirilayotgan ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik, daromad va kapital solig’ini to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqidagi shartnomalar tizimi O’zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligini samarali yo’lga qo’yishga va eng avvalo, o’zaro sarmoyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo tovar almashinuvining o’sishiga ko’maklashadi.
So’nggi vaqtlarda ikki tomonlama soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik va ularga tuzatmalar kiritish haqidagi protokollar: - Singapur, Ummon Sultonligi, Xitoy Xalq Respublikasi, CHexiya Respublikasi va hindiston Respublikasi bilan imzolandi; Bitimlar: - Iordaniya hoshimiylar Podshohligi, Irlandiya hukumati, Estoniya Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Ispaniya qirolligi bilan imzolandi.
Bugungi kunga kelib 17 ta shunday shartnoma imzolangan. SHu bilan birga bir hator MDH davlatlari, shuningdek, Latviya, Ummon va Koreya Respublikasi bilan hamkorlik va tajriba almashish bo’yicha idoralararo kelishuvlar tuzilgan. Davlat soliq qo’mitasi ushbu kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Boshqa mamlakatlarning soliq xizmatlari bilan o’zaro yordam va hamkorlik haqida tuzilgan shartnomalar quyidagi afzalliklarni beradi:
- paritet asosida shartnoma tuzayotgan mamlakatlarning soliq nazoratida soliq qonunchiligi buzilishlarini aniqlash va oldini olish sohasidagi mavjud imkoniyatlaridan foydalanish;
- xorijiy mamlakatlarning soliq ma’murchiligi sohasidagi ijobiy tajribasini o’rganish va undan foydalanish;
- O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlarining kasbiy mahorati o’sishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.
Hozirgi paytga kelib, MDHning bir qator mamlakatlari bilan shu xildagi 5 ta shartnoma imzolangan. Ular eksport-import op yeratsiyalarini qo’shimcha qiymat solig’i va aksiz solig’iga tortish, o’zaro tovarlar va xizmatlar etkazib berish tartiblarini belgilaydi hamda savdo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, haqqoniy raqobat va xo’jalik sub’ektlari uchun teng imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Qayd etish k yerakki, yuqorida keltirilgan xalqaro shartnomalarning bajarilishi O’zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli iqtisodiy integratsiyalashuviga, mamlakat xo’jalik sub’ektlarining manfaatlarini himoya qilishga ko’maklashadi.