Paint qanday tashkil etilgan?
Paint dasturining muloqot oynasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
Sarlavha satri
Uskunalar paneli
Menyular satri
Ranglar majmui (palitra)
Ishchi maydoni
Holat satri
Sarlavha satrida ishlanayotgan rasm faylining nomi ko'rinib turadi. Agar
rasmga nom berilmagan bo'lsa, «nomsiz» (Безымянный) yozuvi turadi.
Menyular satri fayllar bilan ishlash (hosil qilingan rasmni saqlash, saqlangan
rasmni o'qish,...), rasmni tahrir qilish (rasm rangini o'zgartirish, rasmni biror
burchakka burish,...), rasm o'lchamlarini belgilash kabi amallarni o'z ichiga oladi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:
(Файл)
Fayl
(Ko`rinis
h)Вид
Tahrir
(Правка)
)
Rasm
(Рисуно
к
Palitra
(Палитра
)
Ma’lumo
t
(Справк
а)
37
Ishchi
maydoni
kompyuter
monitorining rasm chizish uchun
ajratilgai qismidir.
Uskunalar paneli rasm chizish va
tahrir qilish uchun uskunalar (qalam
bo'yoq purkagich, o'chirg'ich,...), turli
chiziq va shakllar majmuidai iborat.
Ranglar majmui (palitra) turli
rangdagi chiziqlarni chizish va bo'yashda rang tanlash uchun ishlatiladi.
Holat satrida sichqoncha ko'rsatkichi turgan joyga mos nuqtala o'rni
ko'rsatiladi.
Fayl, tahrir, ko'rinish va rasm menyulari nimalardan iborat?
«Fayl» menyusi yordamida rasm chizish uchun yangi ishchi maydor hosil qilish,
saqlangan rasmni diskdan o'qib olish, hosil qilingan rasmn saqlab qo'yish, rasmni
boshqa nom bilan saqlash, ishchi maydonidagrasmni qog'ozga chop etish va
dasturdan chiqish amallarini bajarish mumkin. U quyidagi amallardan iborat:
«Tahrir» menyusi yordamida oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish va qayta
tiklash, tasvirning belgilangan qismini qirqib olish yoki nusxalash, olingan nusxani
tasvirga joylashtirish yoki diskda saqlab qo'yish mumkin. U quyidagi amallar
majmuiga ega:
bekor qilish (отменить)
joylashtirish (вставить)
38
qaytarish (повторить)
hammasini belgilash (выделить все)
qirqib olish (вырезать)
faylga nusxalash (копировать в файл)
nusxalash (копировать)
fayldan olib qo'yish (вставить из
файла)
belguanganni tozalash (очистить выделеное)
«Ko`rinish» menyusi yordamida Paintning ba'zi element-larini (uskunalar
paneli, ranglar majmui va h.k.) o'rnatish yoki olib qo'yish, ishchi maydondagi
tasvirning o'lchamini o'zgartirish mumkin.
U quyidagi amallar majmuiga ega:
uskunalar majmui (набор инструментов) Palitra (палитра)
matn xossalari paneli (панель атрибутов
текста)
Holat satri (строка состояния)
rasmni ko'zdan kechirish (просмотреть
рисунок)
Masshtab (масштаб)
«Rasm» menyusi yordamida ishchi maydondagi rasm yoki uning belgilangan qismi
ustida gorizontal yoki vertikal akslantirish, ma'lum burchakka burish, cho'zish yoki
siqish, o'ngga yoki chapga og'dirish, rangini o'zgartirish (negativ ko'rinishga
keltirish), fonini shaffof qilish, ishchi maydonni tozalash amallarini bajarish mumkin.
U quyidagi amallar majmuiga ega:
Akslantirish/burish
(отразить/повернуть)
Xususiyatlar (атрибуты)
Cho'zish/og'dirisb
(растянуть/наклонить)
Tozalash (очистить)
Ranglarni
almashtirisb
(обратить
цвета)
shaffof bo'lmagan fon (непрозрачный
фон)
39
«Palitra» menyusi yordamida palitrani
o'zgartirish, unga yangi ranglar qo'shish mumkin.
U «Palitrani o'zgartirish» (Изменить палитру)
amalidan iborat. Palitrani o'zgartirish amali
tanlansa, monitorda palitra lavhasi paydo bo'ladi.
Bu lavha yordamida istalgan rangni hosil qilish va
uni palitraga qo'shib qo'yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |