1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815 sonli Farmoni nima haqida?
Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1815 sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasini tashkil qilish haqida va shu Farmonga asosan Davlat bojxona qo’mitasiga ,,huquqni muhofaza qiluvchi organ’’ maqomi berildi. Bu bilan bojxona organlariga bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar bo’yicha surishtiruv ishlari va zarur tezkor-qidiruv chora-tadbirlari o’tkazish, shuningdek mansabdor shaxs va fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy ta’sir choralarini ko’rish huquqlari berildi.
2. O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tashkil etilgandan buyon DBQ markaziy apparati tuzilmasi qaysi normativ hujjatlar asosida tasdiqlangan?
Javob: DBQ markaziy apparati tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi ,,O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida’’ gi 374-sonli Qaroriga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-302-sonli va 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli Qarorlariga asosan tasdiqlangan.
3. Bojxona to’lovlari va kadrlar boshqarmalarining asosiy funktsional vazifalari nimalardan iborat?
Javob: Bojxona to’lovlari boshqarmasi tovarlar va transport vositalarining bojxona qiymatini to’g’ri hisoblanishi va ularga bojxona to’lovlarining to’g’ri belgilanishi, bojxona to’lovlarining to’liq undirilishi va davlat byudjetiga belgilangan muddatlarda o’tkazilishi ustidan nazorat olib boorish, bu sohada bojxona postlariga metodik yordam ko’rsatish, bojxona to’lovlari tushumini oshirish usullari bo’yicha takliflar kiritish va tegishli chora-tadbirlar ko’rish, respublikaning tashqi savdo balansidan kelib chiqqan holda bojxona bojlari va soliq stavkalariga o’zgartirishlar bo’yicha takliflar kiritish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
Kadrlar boshqarmasi-bojxona tizimi uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, xodimlarni lavozimlarga tayinlash va maxsus unvonlar berish, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, xodimlarni rotatsiya qilish bo’yicha takliflar kiritish masalalari bilan shug’ullanadi. Masalan, Bizning institutni bitiruvchi kursantlarni ish joyini belgilash bilan kadrlar boshqarmasi shug’ullanadi.
4. DBQ Raisining birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarini vazifasiga tayinlash qanday amalga oshiriladi? Ular o’rtasidagi vazifalarni kim tasdiqlaydi?
Javob: DBQ Raisining birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari DBQ Raisining taqdimnomasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o’z vazifalariga tayinlanadi.
Rais o’rinbosarlari o’rtasida vazifalar DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |