1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  AUTOMATIC CONTROL AND CENTRAL CONTROL



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
Bog'liq
gazieva

7. 
AUTOMATIC CONTROL AND CENTRAL CONTROL 
SYSTEM 
143 
 
7.1. 
General information 
143 
7.2.
 
The main tasks of automated control systems for technological 
processes 
144
 
7.3.
 
Functional structure of the process control system 
146
 
7.4.
 
Automated process control system software
151
 
 
Used literature 
159
 
 
A
pplication 
176 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Ilova 
O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI PRYEZIDYENTINING 
FARMONI 
O‘ZBYEKISTON RYESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020 
— 2030 YILLARGA MO‘LJALLANGAN KONSYEPSIYASINI TASDIQLASH 
TO‘G‘RISIDA 


169 
So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini 
boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va 
rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining 
o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi 
yildan-yilga kuchayib bormoqda. 
Foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 — 53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 
foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, 
ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan. 
Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv 
bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv 
xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, 
suv xo‘jaligi ob’ektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan 
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida: 
1. Quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga 
mo‘ljallangan konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 
1-ilovaga
 muvofiq; 
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga 
mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish 
bo‘yicha «Yo‘l xarita»si 
2-ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. 
2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: 
suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash; 
suv xo‘jaligi ob’ektlarini (ichimlik va oqova suv tizimidan tashqari) modernizatsiya 
qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni raqamli texnologiyalar 
asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy 
texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda 
ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash; 
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini 
hamda ishonchli ishlashini ta’minlash; 
suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv 
iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli texnologiyalarni 
joriy qilish; 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining 
joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga 
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; 
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, 
yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish 
va uning oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash; 
suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan suvni yetkazish 
xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini 
joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklash, 
raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish; 
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi 
ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan 
mablag‘larni suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash 
va rag‘batlantirishga yo‘naltirish; 
suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini 
suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga suvni barqaror yetkazib berish, suvning 
sifatini yaxshilash va atrof-muhitning ekologik muvozanatini saqlash; 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo 
munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni 


170 
ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va 
suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish; 
suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini 
oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy 
qilish. 
Konsepsiyani uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli 
parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan O‘zbekiston 
Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga 
oshirish belgilab qo‘yilsin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Konsepsiyada belgilangan ustuvor 
yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni 
ta’minlasin: 
sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; 
suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming 
gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; 
sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; 
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi 
iste’molini 25 foizga kamaytirish; 
barcha irrigatsiya tizimi ob’ektlariga «Smart Water» («Aqlli suv») suv o‘lchash va 
nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; 
100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab 
olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish 
texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; 
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga 
oshirish. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi: 
a) bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z 
muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi tizimidagi respublika budjetidan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlarga ajratilgan umumiy cheklangan xodimlar soni doirasida 4 ta 
shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin hamda xorijiy ekspertlar jalb etilishini 
ta’minlasin. 
Xorijiy ekspertlarni jalb etish vazirlikning budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya 
institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin; 
b) suv xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarini shakllantirishda xalqaro moliya institutlari 
va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan mablag‘ jalb etishda davlat tashqi qarzi uchun 
o‘rnatiladigan yillik me’yorlar doirasida belgilangan tartibda takliflarni kiritib borsin; 
v) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan 
mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi bo‘yicha har yil yakuni 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 
5. Qishloq xo‘jaligi ekin yerlarini o‘z balansiga olgan klasterlarga ushbu yerlarda 
joylashgan suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining 
funksiyalarini qishloq xo‘jaligi yer egalariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida amalga oshirilishiga ruxsat berilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy 
muddatda Suv xo‘jaligi vazirligi balansida bo‘lgan suv xo‘jaligi ob’ektlarini davlat-xususiy 
sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish bo‘yicha ob’ektlar ro‘yxatini Vazirlar 
Mahkamasiga kiritsin. 
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos 
stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv 
xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik 


171 
mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya 
qilish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning 
oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltiriladi. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar suv xo‘jaligi tizimidagi 
rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda: 
uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish shakllari, tartibi va bosqichlarini, 
shuningdek, moliyalashtirish manbaini aniq belgilash; 
suv xo‘jaligi rahbar xodimlarini uzluksiz ravishda malakasini oshirib borish va 
attestatsiyadan o‘tkazish, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish 
imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish mezonlari 
inobatga olinsin. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga: 
Konsepsiyaning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik 
nazoratini o‘rnatish; 
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, 
Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda 
xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin. 
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va 
vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar 
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. 
Barnoyev zimmasiga yuklansin. 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish