1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  6.4. Turizm sohasida PR faoliyatining maqsadi, asosiy yo‘nalishlari va



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

157 
6.4. Turizm sohasida PR faoliyatining maqsadi, asosiy yo‘nalishlari va 
turoperatorlik xizmatining marketing faoliyatida xizmatlarni sijitishning PR
usullari 
Har qanday faoliyatning maqsadi undan olinadigan yoki kutilayotgan natijadir. 
PRning turizm sohasidagi asosiy maqsadi turistik korxonaning jamiyatda 
muvaffaqiyatini ta’minlash, uning jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya 
tizimini shakllantirishdir. 
Turizm industriyasida PR jamiyat a’zolari fikrlarni o‘rganish va maqsadli 
auditoriya va keng jamoatchilik o‘rtasida turistik firmaga nisbatan ijobiy 
munosabatini shakllantirishga qaratiladi. Turistik firma tomonidan o‘tkazilayotgan 
reklama tadbirlari yoki sotish bo‘yicha menejerlarning iste’molchilar(turistlar) 
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar har narsaga shubha (ishonchsizlik) bilan 
qarashni keltirib chiqaradi. Ammo PR, mustaqil axborot manbalari orqali aloqaga 
chiqqanligi bois, ularning ishonchini oshirishi mumkin. Masalan, potensial haridor 
dam olish uchun yo‘llanma yoki mehmonxonalardan birini tanlashda turagentlikdan 
ko‘ra turizm bo‘yicha sharhlovchi, ekskursovod-gid yoki oddiy sotiladigan turistik 
katalogga murojaat qilishni ma’qul ko‘radi. Bunda turist qulaylikni emas, balki 
ma’lumotlarning ishonchliligini asosiy o‘ringa qo‘yadi. 
Bu holda turizm sohasida PR quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: 
– turmahsulot taklif qiluvchi tashkilotlar va maqsadli auditoriyalar, shuningdek 
OAV bilan umumiy maqsad va manfaatlarni aniqlash uchun ikkitomonlama 
munosabatlarni o‘rnatish; 
– to‘liq xabardorlik, ishonch va hamjihatlikka erishish; 
– turistik tashkilotlar va keng jamoatchilik o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro 
ishonch munosabatlarini o‘rnatish; 
– turistik tashkilotning tanilishini ta’minlash; 
– turistik tashkilotning imidjini yaratish va qo‘llab-qo‘vvatlash; 
– turizm va turistik mahsulotni ommalashtirish; 
– noto‘g‘ri ko‘rsatilgan va yomon taassurot qoldiradigan axborotlar, mish-
mishlarga barham berish; 
– turistik tashkilotning turli maqsadli auditoriyalar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishiga erishish. 
Ayrim adabiyotlarda turizm sohasida va va turoperatorlik xizmatida PRning 
boshqa soha tashkilotlaridagi PR o‘rtasida farq mavjud emasligini uqtirishadi. Ammo 
bu noto‘g‘ri, turizm sohasida siyosiy jarayonlardagi kabi PR ahamiyatli bo‘lmasada, 
marketing kommunikatsiyasi sifatida uning o‘z o‘rni va ma’lum vazifalari mavjud. 
Turoperatorlik xizmatining PR faoliyati quyidagi yo‘nalishlarida olib borishi 
mumkin: 
1. Aholi va OAV bilan ishlash
, ya’ni vaziyatga moslashuvchan va tezda 
o‘zgaruvchan bo‘lishni ta’minlash, barcha axborotlarning OAVda o‘z holicha, hech 
qanday o‘zgartirilmasdan va mazmuni o‘zgarmasdan aks ettirilishiga erishish, 
jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatishda ma’lum axloqiy me’yorlarga rioya qilish, 
aholi va ommaviy axborot vositalarini turoperatorlik xizmati to‘g‘risidagi turli 
axborotlar bilan ko‘mib tashlamaslik; 



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish