Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan
intervyusidan. 17-avgust. 2021-y.
2.
“Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitob
taqdimotidan. Madaniyat rukni ostida. 2021-y, 21-oktyabr.
Raxmatov Ramshod Raximovich
Buxoro shahar 29-IDUM o‘qituvchisi
+99899 385-17-32,
ramshod.raxmatov@gmail.com
MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIK O‘ZBEK
XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR
Annotatsiya:
ushbu maqolada har bir xalq va millatlar uchun muhim
hisoblangan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik uning bugungi zamonda
davlatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkam olib borishlari uchun dolzarb
ahamiyat kasb etishi, inson va uning taqdiri, davlatlarning jahon hamjamiyati oldida
o‘z o‘rnini mustahkamlab olishi, o‘z hududidagi millatlarning tinch totuv
yashashliklari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, baynalmilal, mustaqillik,
konfessiya.
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor. Haqiqatan shu bir so‘z zamirida qancha ma’no
mujassamlashgan. Bag‘rikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni,
o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil
usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim,
samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bu
-220-
faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir.
Bag‘rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizlikdan
tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. Bag‘rikenglik haqida gapirilganda bu xalqimizning
azaliy fazilati ekanligini ta’kidlash zarur.
Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy xristianlik ta’limotini o‘rganar ekan,
“Bibliya”ga kirgan to‘rtta “Injil” haqidagi ma’lumotlarni keltirib, ular orasidagi
farqlarni ham tahlil qilib bergan. Uning yozishicha: Xuroson mitropolitining
qarorgohi Marv shahrida bo‘lgan. Bu esa o‘sha davrlarda musulmon aholisi bilan
birga xristian jamoasi ham emin-erkin o‘z ibodatlarini amalga oshirganligini
ko‘rsatadi. Yurtimizning bag‘rikeng diyor ekanligiga tarixning o‘zi guvoh.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va
ikkinchi jahon urush yillari ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreys, nemis, turk,
polyak, grek, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni vatan tutdilar.
Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki, ular
shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar.
Yurtimizdagi tinchlik – osoyishtalik, albatta, turli millat vakillarining o‘zaro
do‘stlik, birodarlik munosabatlariga asoslangan. Prezidentimiz bu borada
“O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” sohasida o‘z anʼanalariga
doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi.
Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat,
do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha xalqlarning guruhlarning
teng huquqlilik, hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarni
tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi.
Yana shu narsani tan olib aytishimiz mumkinki, yurtimizda barcha sohada olib
borilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini beryapti. Shu jumladan, mustaqillik
yillarida yurtimizda yashayotgan turli millatlar, xalqlar o‘rtasida teng huquqlilik va
hamjihatlikni ta’minlash maqsadida uning qonuniy asoslari yaratildi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |