4.6. Ariza va uni yozish tartibi
Ariza – bu muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos,
taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy xayotda
eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish hujjatdir. Maktab o‘quvchisi va
talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs - jamiyatning barcha ongli a‘zosi ariza
yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha
ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar
bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, savdo
shaxobchasi mudiriga, rayon rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif,
iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har
qanday rahbar nomiga yozilishi mumkin.
Xajmi uslubi va turidan kat‘iy nazar ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlarga
ega va ushbu qismlarning izchilligi asosida tuziladi.
68
Arizaning asosiy qismlari:
-Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi
-Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi
-Hujjatning nomi (Ariza);
-Asosiy matn (Taklif, iltimos, shikoyat);
-Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa);
-Ariza yozuvchining imzosi, Ismi va Ota ismining bosh harfi, familiyasi;
-Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham
birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora
rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma‘lumot zarur bo‘lmaydi.
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va xokazo) va
lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning
ham xojati bo‘lmaydi.
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan
tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq
amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o‘z
vaqtida va diqqat e‘tibor bilan ko‘rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim
vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir.
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi.
Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas, ya‘ni bir necha so‘zdan iborat
bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning o‘ylantirayotgan ijtimoiy
masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin.
Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza
matni katta bo‘lish bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin.
Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat
arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizalari-fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z
huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma
axborotlaridir. Davo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat
69
mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo
arizalarga nisbatan ko‘p qo‘llaniladi.
Ishga qabul qilishda ariza yozish va uni rasmiylashtirish tartibi. Yuqorida
sanab o‘tilgan zaruriy qismlardan kelib chiqqan holda tashkilot xodimlari
tomonidan yoziladigan arizalarni odatdagi joylashuvi quyidagicha ko‘rinishga ega.
Tashkilot yoki mansabdor shaxs nomiga yozilgan hujjat – ariza, unda ishga
qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta‘til
berish kabi va boshqa iltimoslar bayon etilgan bo‘ladi. Xodim arizani qoida
tariqasida, qo‘lda erkin shaklda yoki mazkur tashkilotda ishlab chiqilgan muayyan
namunadagi blankda yozadi.
Ta‘kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ko‘zda
tutilgan bir qator hollarda (ishga qabul qilish jarayonidan tashqari) xodimning
arizasi majburiy hisoblanadi.
Ariza aksariyat hollarda tanlov asosida xodimni ishga qabul qilishda yoki
ishga olinayotgan nomzod bir qator lavozim egalari (bo‘lim boshlig‘i, bosh
buxgalter, yurist-konsultant va h.q.) bilan kelishish zaruriyatiga ko‘ra
rasmiylashtiriladi. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga tarkibiy bo‘linma rahbari
yoki etakchi mutaxassisning kelishuv to‘g‘risidagi vizasi qo‘yilib, oklad yoki
mehnatga haq to‘lashning boshqa usuli ko‘rsatiladi. Xodimlarni ishga qabul qilish
huquqi berilgan tashkilot rahbari xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida o‘z
rezolyustiyasini qo‘yadi. Shundan keyin ariza ishga qabul qilish bilan bog‘liq
tegishli hujjatlarni tayyorlash uchun kadrlar xizmatiga kelib tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |