91
XULOSA
Hujayrani biologik jihatdan qayta tuzish odam ehtiyojlarini qondirish
maqsadida foydali belgilarga ega hujayralar, hujayra tizimlari va butun o‗sim-
liklarni yaratish imkoniyatini oshiradi. Biologik jihatdan hujayrani qayta tuzish
deganda faqatgina hujayraga organellalarni ko‗chirib o‗tkazish tushinilmaydi.
Hujayraga DNK molekulasi qismlari yoki xromosoma ko‗rinishidagi begona
genetik materialni kiritish orqali o‗simlik hujayrasi genomini modifikatsiya-
lash mumkin. Shuningdek, alohida ajratilgan protop-lastlarga mikroorganizm
hujayrasini kiritish orqali sun‘iy assotsiatsiya vujudga keltiriladi.
Ma‘lumki, hozirgi paytda biotexnologiya sog‗liqni saqlash uchun turli
mahsulotlar tayyorlashda qishloq xo‗jaligi va kimyo sanoatidan keng miq-
yosida foydalanilmoqda. Bu sohalar uchun zarur bo‗lgan mahsulotlarning
ko‗pchiligi biotexnologiya ishtirokisiz tayyorlanmaydi.
Ayniqsa, hujayra kulturasidan foydalanish atrof-muhitning kamroq
ifloslanishiga olib keladi. Bu o‗z navbatida biotexnologiyaning hayotimizdagi
nechog‗lik ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatib beradi.
Biotexnologiyaning keyingi vaqtlarda ko‗p olimlarning diqqatini o‗ziga
jalb qilayotgan yana bir bo‗limi – o‗simliklar hujayralarini o‗stirish muhan-
disligi juda tez rivojlanib, qisqa muddat ichida tabiatning ajoyib sirlarini ochib
berdi. Hujayra biotexnologiyasi hujayra, to‗qima va protoplastlarning o‗stirib
hujayralarning manipulyadiyasi uchun foydalaniladi. Ajratilgan hujayra va
to‗qimalarni sun‘iy ozuqa muhitlarida steril sharoitda o‗stirish usuli ajratilgan
In vitro to‗qimalar kulturasi deb ataladi.
Hozirgacha olingan ma‘lumotlar DNK xromosomalardagi genlarni
saqlovchi, irsiyatni tashuvchi modda ekanligi to‗la tasdiqlandi. Avvalo, mikro-
organizmlarning bir tipi ikkinchi tipidan olingan DNK bilan ishlanganda uning
xususiyatlari birinchi tip mikroorganizmlarga o‗tishining kuzatilishiga asoslan-
gan DNKning genetik roli haqidagi tushuncha to‗xtovsiz rivojlanmoqda. Ekpe-
rimental tekshirishlar irsiy belgilarning bir avloddan ikkinchi avlodga o‗tishini
belgilaydigan genlar DNK molekulasining alohida sigmentlaridan (chegara-
langan qismlardan) iborat ekanligini tasdiqladi. Ana shu segmentlar maxsus
DNK sintez qilish orqali hujayra sitoplazmasida spetsifik oqsilni vujudga kelti-
rish bilan DNK molekulasidagi informatsiyani amalga oshiradi. Hujayra va
organizmning o‗ziga xos xususiyatlari esa ma‘lum vaqtda, tegishli o‗rinda,
hamda kerakli miqdorda spetsefik oqsilning paydo bo‗lishi bilan belgilanadi.
Endilikda oqsil molekulasining spetsefik sintezi mexanizmi va bu jarayonning
xromosomalarda joylashgan DNK molekulalari tomonidan idora qilinishi yo‗l-
lari kashf etilib, irsiy belgilarning bir avloddan ikkinchisiga o‗tishi va uning
92
yuzaga chiqish mexanizmi aniqlandi. Oqsillar va nuklein kislota molekulalari-
ning strukturasi bilan ularning biologik funksiyasi orasidagi bog‗lanishning
aniqlanishi, birinchi navbatda biotexnologiya fanining ma‘lumotlariga asoslan-
gan eng yosh soha – gen muhandisligining dastlabki yutuqlaridandir.
Shunday qilib, hozirgi zamon biotexnologiyasi va gen muhandisligi hayo-
tiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashi-
nuvi va naslni idora qilish muammolarini hal etish arafasida turibdi. Bu muhim
vazifalarning hal etilishi qishloq xo‗jalik o‗simliklari hosildorligi va hayvonlar
mahsuldorligini oshirish, odamlar uchun og‗ir ofat bo‗lgan rak, virus kasallik-
lari, irsiy kasalliklar va qon-tomir kasalliklarini yengish, inson umrini uzayti-
rish kabi muammolarni hal qilishning nazariy asosini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |