1. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasining tuzilishi va vazifalari



Download 3,47 Mb.
bet5/8
Sana01.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#629273
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3Ib-75 Parvina.Kurs ishi (1) (5)

Tovarning nomi

Soni

Davriylik

1.

Sovutgich

1 dona

6 kalendarь oy

2.

Muzlatgich

1 dona

6 kalendarь oy

3.

Konditsioner

1 dona

6 kalendarь oy

4.

Kir yuvish mashinasi

1 dona

6 kalendarь oy

5.

Chang yutgich

1 dona

6 kalendarь oy

6.

Gaz plitasi

1 dona

6 kalendarь oy

7.

Elektr plita

1 dona

6 kalendarь oy

8.

Televizor

1 dona

6 kalendarь oy

9.

Mikroto‘lqinli pechь

1 dona

6 kalendarь oy

10.

Duxovkali pechь

1 dona

6 kalendarь oy

11.

Elektr go‘sht qiymalagich

1 dona

6 kalendarь oy

12.

Dazmol

1 dona

6 kalendarь oy

13.

Fen

1 dona

6 kalendarь oy

14.

Oshxona kombayni

1 dona

6 kalendarь oy

15.

Telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefoni

1 dona

6 kalendarь oy

16.

Komp’yuter texnikasi

1 dona

6 kalendarь oy

17.

Printer va ko‘p funktsiyali ofis qurilmasi

1 dona

6 kalendarь oy

18.

Planshet komp’yuter

1 dona

6 kalendarь oy

19.

Noutbuk

1 dona

6 kalendarь oy

20.

Oshxona idishi

1 to‘plam

6 kalendarь oy

21.

Boshqa tovarlar

har bir nomdagi tovardan 2 kg (bo‘linmaydigan tovarlar bundan mustasno), ammo umumiy og‘irlik 10 kg dan oshmasligi kerak

1 kalendarь oy

4.Bojxona sohasida qo’llaniladigan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar va dasturiy ta’minot
Bojxona sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bojxona organlarining yagona axborot uzatish tarmog‘ini va yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini, ma’lumotlar xavfsizligi va ularni muhofaza qilish tizimini yaratish hamda bojxona komplekslari va postlarini zamonaviy bojxona nazorati texnik vositalari bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda DBQ rasmiy veb-sayti www.customs.uz orqali 9ta interaktiv xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 10ta interaktiv xizmatlar aholi va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ko‘rsatilib kelinmoqda. Ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarimizga vaqtni tejash, qog‘oz xarajatlarini kamaytirish, bojxona organlariga bormasdan o‘z ish joylaridan Internet orqali kerakli ma’lumotlarni olish hamda rasmiylashtirish va shu kabi bir qancha qulayliklar yaratib kelmoqda.
Tovarlar bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida DBQ tomonidan «Elektron dek-laratsiyalash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ushbu tizim TIF qatnashchilariga bir qator afzalliklar beradi. Jumladan:
elektron deklaratsiyalash jarayonida tadbirkorlik subyekti bojxona postidan uzoq masofada bo‘lishidan qat’iy nazar, internet tarmog‘i orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega.Deklarant o‘z ish joyida o‘tirib, bir necha bojxona postlari bilan tovarlarni deklaratsiyalashi mumkin.TIF qatnashchilarining kerakli bojxona protseduralari bilan bog‘liq bo‘lgan vaqti va moddiy xarajatlari qisqaradi. «Elektron deklaratsiyalash» tizimi 2012-yil 31-dekabrdan www.customs.uz.DBQ saytiga interaktiv xizmati sifatida joylashtirildi hamda 2013-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etildi. Olib borilgan ishlar natijasida, 2013-yilda jami bojxona yuk deklaratsiyalarining 39,2 foizi elektron tarzda taqdim etilgan bo‘lsa, 2015-yilda esa bu ko‘rsatkich 99,95 foizni tashkil etdi.

8-rasm.Elektron Deklaratsiya tizimi.


Shartnomalar Internet orqali hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo shartnomalarni banklarda ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Axborot texnolo-giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish interaktiv xizmatini yaratish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat interaktiv xizmatlari portali orqali tashqi savdo shartnomalarini taqdim etilganda, uni bojxona organlari axborot tizimlarida qabul qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda tadbirkorlik faoliyati subyektlari tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali «Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron avtomatlashgan axborot tizimi»ga elektron raqamli imzodan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Mazkur xizmat 2014-yil 1-sentabrdan amaliyotga kiritilib, o‘sha yil yakuniga qadar 40% kontraktlar va ularga tegishli hujjatlar elektron tarzda qabul qilingan edi.
Avval axborot, keyin tovar yetib keladi!
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qarori bilan tashuvchilarga, bojxona brokerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015-yil 1-dekabridan boshlab, yana bir yengillik va imkoniyat joriy qilingan edi. Unga muvofiq tashuvchilarga, bojxona brokerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015-yil 1-dekabrdan boshlab avtomobil transportida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan, tranzit shartlarida) o‘tkaziladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilishni amalga oshirish huquqi berildi. Bu esa avtomobil transportida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkaziladigan tovarlar va transport vositalarini bojxonada rasmiylashtirishni yanada takomillashtirish va rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish, shuningdek, ular to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

9-rasm.RespublikadaAxborot texnologiyalaridan Bojxona tizimida foydalanadigan hududlar.


Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 307-son qarori bilan tashuvchilarga, bojxona brokerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015-yil 1-dekabridan boshlab, yana bir yengillik va imkoniyat joriy qilingan edi. Unga muvofiq tashuvchilarga, bojxona brokerlariga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga 2015-yil 1-dekabrdan boshlab avtomobil transportida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali (shu jumladan, tranzit shartlarida) o‘tkaziladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlarini elektron tarzda oldindan xabardor qilishni amalga oshirish huquqi berildi. Bu esa avtomobil transportida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkaziladigan tovarlar va transport vositalarini bojxonada rasmiylashtirishni yanada takomillashtirish va rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish, shuningdek, ular to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi sayt, yangi imkoniyatlar: Davlat bojxona qo‘mitasi Internet tarmog‘ida yangi takomillashtirilgan veb-saytini ishga tushirdi. Sayt 8ta bo‘limda 120dan ortiq sahifalarda axborotlarni taqdim qilib, sodda navigatsiya orqali foydalanuvchi o‘ziga kerakli axborotni sanoqli soniyalarda topishi mumkin. Sayt orqali 9 turdagi elektron xizmatlar ko‘rsatiladi va 19 turdagi ochiq ma’lumotlar taqdim etib kelinmoqda. 
Tadbirkorning shaxsiy kabineti-endi virtual tarzda
Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytining «Tadbirkorning shaxsiy kabineti» interaktiv xizmati orqali TIF qatnashchilari uchun qo‘shimcha 10 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar orqali tadbirkorlar elektron raqamli imzosi orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olishlari, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini Internet orqali nazorat qilishlari mumkin. Xususan, «Tadbirkorning shaxsiy kabineti» interaktiv xizmati doirasida taqdim etilgan deklaratsiyani bojxona axborot tizimga qabul qilish, ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish muddatlarini nazorat qilish imkoniyatlari shular jumlasiga kiradi.
«Bojxona» axborot tizimlari kompleksi — barchasi bir nuqtada
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan «Bojxona» axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish yuzasidan ishlar yakunlandi. Ta’kidlash joizki, «Bojxona» axborot tizimlari kompleksi uning tarkibiga kiruvchi «Avto», «Temir yo‘l», «Bojxona to‘lovlari», va «Bojxona ombori» ma’lumotlarini shakllantirish hamda Milliy axborot tizimiga uzatishni ko‘zda tutadi. Uning asosiy funksiyalari tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari avtotransport vositalari (davlat raqami bo‘yicha), temir yo‘l transport vositalari (vagon va konteynerlar raqami bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaysi bojxona posti orqali va qaysi sanada kirganligi, bojxona postiga qachon yetib borganligi va chiqib ketganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, TIF qatnashchilari tomonidan ushbu tizim orqali tovarlarning bojxona to‘lovlari bo‘yicha on-layn tarzda o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini ko‘rish va chop etish imkonini beradi. «Bojxona ombori» dasturi orqali esa bojxona omborlari ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Bunda bojxona ombori nomi, manzili, litsenziya raqami, litsenziya berilgan vaqti, litsenziyaning amal qilish muddati hamda bojxona ombori turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

10-rasm.Bojxona deklaratsiyasi xizmati


So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari (IT) sohasidagi yutuqlar bojxona nazoratini avtomatlashtirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Ushbu maqolada bojxona nazorati samaradorligiga e'tibor qaratgan holda, MDHning umumevropa tarmog'i doirasida faoliyat yurituvchi Yevropa Ittifoqi (EI) miqyosida bojxona axborot tizimlari (MDH) va ularni Bolgariya Respublikasida qo'llash ko'rib chiqiladi. Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlarda bojxona nazoratida ITni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar bayon etilgan va Bolgariya Respublikasida Ittifoqning Bojxona kodeksi (UCC) kontekstida kiritilgan bojxona tartib-qoidalarini avtomatlashtirish uchun tashkil etilgan MDH, shu jumladan ularning asosiy qoidalari muhokama qilinadi.





11-rasm. Bojxona tizimida
oldindan taqdim etilgan inport SADni ro'yxatdan o'tkazish

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish