6.Bojxonada yangi texnologiyalarni qo’llash konsepsiyasi va samaradorligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo shartnomalarni banklarda ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Axborot texnolo-giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish interaktiv xizmatini yaratish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat interaktiv xizmatlari portali orqali tashqi savdo shartnomalarini taqdim etilganda, uni bojxona organlari axborot tizimlarida qabul qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda tadbirkorlik faoliyati subyektlari tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali «Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron avtomatlashgan axborot tizimi»ga elektron raqamli imzodan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
Mazkur xizmat 2014-yil 1-sentabrdan amaliyotga kiritilib, o‘sha yil yakuniga qadar 40% kontraktlar va ularga tegishli hujjatlar elektron tarzda qabul qilingan edi. 2015-yilda esa «Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron avtomatlashgan axborot tizimi» orqali 50 mingdan ortiq shartnomalar qabul qilingan va bu jami ko‘rsatkichning 75 foizini tashkil qilgan.
«Bojxona» axborot tizimlari kompleksi — barchasi bir nuqtada
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan «Bojxona» axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish yuzasidan ishlar yakunlandi. Ta’kidlash joizki, «Bojxona» axborot tizimlari kompleksi uning tarkibiga kiruvchi «Avto», «Temir yo‘l», «Bojxona to‘lovlari», va «Bojxona ombori» ma’lumotlarini shakllantirish hamda Milliy axborot tizimiga uzatishni ko‘zda tutadi. Uning asosiy funksiyalari tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari avtotransport vositalari (davlat raqami bo‘yicha), temir yo‘l transport vositalari (vagon va konteynerlar raqami bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaysi bojxona posti orqali va qaysi sanada kirganligi, bojxona postiga qachon yetib borganligi va chiqib ketganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, TIF qatnashchilari tomonidan ushbu tizim orqali tovarlarning bojxona to‘lovlari bo‘yicha on-layn tarzda o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini ko‘rish va chop etish imkonini beradi. «Bojxona ombori» dasturi orqali esa bojxona omborlari ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Bunda bojxona ombori nomi, manzili, litsenziya raqami, litsenziya berilgan vaqti, litsenziyaning amal qilish muddati hamda bojxona ombori turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bojxona tizimi mamlakatimizni jahon iqtisodiyoti bilan bogʻlaydigan muhim boʻgʻin. Bu tizim toʻgʻri va ochiq-oshkora ishlamasa, tadbirkorlik va investitsiyalarga toʻsiq boʻladi.
Shu bois 2019-yilda bojxona maʼmuriyatchiligi isloh qilinib, tartib-taomillar yengillashtirilgan edi. Jumladan, bojxona postlarida soddalashtirilgan yoʻlaklar joriy etildi. Bugun yoʻlovchilarning 95 foiz va yuklarning 75 foizi shular orqali oʻtmoqda. Ilgari 12 ta idoradan olingan 60 turdagi ruxsatnomalar “yagona darcha” orqali elektron shaklga oʻtkazildi. Bularning natijasida bojxonada yuklarni rasmiylashtirish vaqti 10 barobargacha qisqardi.
2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida eksport hajmini 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish maqsadi belgilangan. Bu bojxona sohasiga alohida masʼuliyat yuklaydi.
Shu bois yigʻilishda bojxona tizimini rivojlantirish, birinchi navbatda postlardagi sharoitlarni yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratildi.
– Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot shu yerdan boshlanadi. Ular obod, aholi va tadbirkorlar uchun qulay boʻlishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Chegara-bojxona postlarida infratuzilmani yaxshilash, atrofini obodonlashtirish, ayrim postlar binosini rekonstruksiya qilish, postlarga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari bojxona tizimini korrupsiyadan xoli qilish eng ustuvor vazifa ekanini, bu soha boshqa davlat idoralariga namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Buning uchun zamonaviy komplayens tizimi joriy etiladi. Joriy yil 1-maydan boshlab, yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi. 1-iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona koʻrigini oʻtkazish, imtiyozli deklaratsiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi. 1-sentyabrdan boshlab, barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali koʻrsatiladi. Yil yakuniga qadar bojxona koʻrigi jarayonlarini toʻliq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.
Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga bojxona xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga olish, rotatsiya qilish, daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Korrupsiyaning oldini olish uchun xodimlarning moddiy taʼminoti va ijtimoiy himoyasiga ham alohida eʼtibor zarur. Shu bois, endi bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Olis va sharoiti ogʻir postlarda ishlayotganlar ham moddiy qoʻllab-quvvatlanadi.
Bojxona xodimi kontrabanda yoki boshqa qonunbuzarlikni aniqlasa, unga mukofot beriladi. Maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.
Xodimlarning ijtimoiy himoyasiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi hamda imtiyozli ipoteka krediti beriladi. Bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy oʻquv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.
Prezidentimiz sohaga ayol xodimlarni jalb qilish muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilishda kontrabandaga qarshi kurashish natijalari ham tahlil qilindi. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard soʻmlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun bojxona postlarini 3D-skaner, rentgen, videokuzatuv, server, transport tarozisi kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash vazifasi qoʻyildi.
Bu yil Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Termiz xalqaro aeroportlarida, kelgusi yildan boshqa aeroportlarda ham “bojxonachisiz nazorat” tartibini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Bojxona tizimida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun Bojxona institutini tubdan transformatsiya qilib, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, metrologiya va standartlar, nazorat uskunalarini boshqarishni puxta oʻrgatish zarurligi taʼkidlandi. Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish, ilgʻor xorijiy amaliyotlarni oʻrganib, tatbiq etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bojxona organlari faoliyatini xalqaro tarmoqda yoritishda ma’lumotlarning tezkorligi, sifati va davriyligini ta’minlash, bojxona sohasiga doir axborotlarni taqdim etishda samarali usullarni joriy etish, internet foydalanuvchilari, xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun xalqaro tarmoqda o‘zlariga tegishli axborotlarni qisqa fursatda va qulay tarzda, qo‘lga kiritish maqsadida 2015-yilning 1-avgustdan boshlab, Davlat bojxona qo‘mitasi Internet tarmog‘ida yangi takomillashtirilgan veb-saytini ishga tushirdi. Sayt 8ta bo‘limda 120dan ortiq sahifalarda axborotlarni taqdim qilib, sodda navigatsiya orqali foydalanuvchi o‘ziga kerakli axborotni sanoqli soniyalarda topishi mumkin. Bunda axborotlarning turi, yo‘nalishi va eng muhimi kimga mo‘ljallangani alohida inobatga olingan. Sayt orqali 9 turdagi elektron xizmatlar ko‘rsatiladi va 19 turdagi ochiq ma’lumotlar taqdim etib kelinmoqda.
Tadbirkorning shaxsiy kabineti — endi virtual tarzda
Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytining «Tadbirkorning shaxsiy kabineti» interaktiv xizmati orqali TIF qatnashchilari uchun qo‘shimcha 10 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar orqali tadbirkorlar elektron raqamli imzosi orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olishlari, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini Internet orqali nazorat qilishlari mumkin. Xususan, «Tadbirkorning shaxsiy kabineti» interaktiv xizmati doirasida taqdim etilgan deklaratsiyani bojxona axborot tizimga qabul qilish, ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish muddatlarini nazorat qilish imkoniyatlari shular jumlasiga kiradi.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi - Internetda
Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan fuqarolar uchun yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini chegara-bojxona postlariga kelishdan oldin Internet tarmog‘i orqali yuklab olish, elektron tarzda to‘ldirish hamda chop etish imkoniyatlari yaratildi. Hozirgi kunda ushbu xizmatni interfaol tarzda amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamkorligida muayyan ishlar davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yoki chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar endi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytidan ko‘chirib olishlari mumkin.
Ushbu interaktiv xizmatni joriy etish quyidagi qulayliklarni yaratadi:
jismoniy shaxslar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini kompyuter yordamida o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda va bojxona postidan tashqarida (ofis, ish joyi yoki uyda) istalgan joyda to‘ldirishlari mumkin;
jismoniy shaxslar bojxona postlaridagi yo‘lovchi deklaratsiyalarni to‘ldirish ustunlarida navbat kutish, o‘zlari tanlagan tildagi blankalarni izlash kabi juz’iy muammolarga duch kelishmaydi hamda vaqti tejaladi;
yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini elektron shaklda to‘ldirish vaqtida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘sha vaqtning o‘zida tuzatish imkoniyati mavjud. Jismoniy shaxslar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi blankasini ko‘chirib olish va to‘ldirishdan avval O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 5-avgustda 2606-son bilan ro‘yxatga olingan «Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma» bilan sayt orqali tanishib chiqishlari mumkin.
15-rasm.infografika-Eksportchilar uchun Bojxona hujjatlari Ro’yxati.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Hozirgi kunda O’zbekistonda bojxona tizimi boshqa sohalar singari rivojlanib bormoqda. Bojxona tizimi mamlakatimizni jahon iqtisodiyoti bilan bogʻlaydigan muhim boʻgʻin. Bu tizim toʻgʻri va ochiq-oshkora ishlamasa, tadbirkorlik va investitsiyalarga toʻsiq boʻladi.
Shu bois 2019-yilda bojxona maʼmuriyatchiligi isloh qilinib, tartib-taomillar yengillashtirilgan edi. Jumladan, bojxona postlarida soddalashtirilgan yoʻlaklar joriy etildi. Bugun yoʻlovchilarning 95 foiz va yuklarning 75 foizi shular orqali oʻtmoqda. Ilgari 12 ta idoradan olingan 60 turdagi ruxsatnomalar “yagona darcha” orqali elektron shaklga oʻtkazildi. Bularning natijasida bojxonada yuklarni rasmiylashtirish vaqti 10 barobargacha qisqardi.
2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida eksport hajmini 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish maqsadi belgilangan. Bu bojxona sohasiga alohida masʼuliyat yuklaydi.
Shu bois yigʻilishda bojxona tizimini rivojlantirish, birinchi navbatda postlardagi sharoitlarni yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot shu yerdan boshlanadi. Ular obod, aholi va tadbirkorlar uchun qulay boʻlishi kerak – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Chegara-bojxona postlarida infratuzilmani yaxshilash, atrofini obodonlashtirish, ayrim postlar binosini rekonstruksiya qilish, postlarga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari bojxona tizimini korrupsiyadan xoli qilish eng ustuvor vazifa ekanini, bu soha boshqa davlat idoralariga namuna boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Buning uchun zamonaviy komplayens tizimi joriy etiladi. Joriy yil 1-maydan boshlab, yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi. 1-iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona koʻrigini oʻtkazish, imtiyozli deklaratsiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi. 1-sentyabrdan boshlab, barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali koʻrsatiladi. Yil yakuniga qadar bojxona koʻrigi jarayonlarini toʻliq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga bojxona xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga olish, rotatsiya qilish, daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Korrupsiyaning oldini olish uchun xodimlarning moddiy taʼminoti va ijtimoiy himoyasiga ham alohida eʼtibor zarur. Shu bois, endi bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Olis va sharoiti ogʻir postlarda ishlayotganlar ham moddiy qoʻllab-quvvatlanadi.
Bojxona xodimi kontrabanda yoki boshqa qonunbuzarlikni aniqlasa, unga mukofot beriladi. Maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.
Xodimlarning ijtimoiy himoyasiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi hamda imtiyozli ipoteka krediti beriladi. Bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy oʻquv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.
Prezidentimiz sohaga ayol xodimlarni jalb qilish muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilishda kontrabandaga qarshi kurashish natijalari ham tahlil qilindi. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard soʻmlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun bojxona postlarini 3D-skaner, rentgen, videokuzatuv, server, transport tarozisi kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash vazifasi qoʻyildi.
Bu yil Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Termiz xalqaro aeroportlarida, kelgusi yildan boshqa aeroportlarda ham “bojxonachisiz nazorat” tartibini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.Bojxona tizimida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun Bojxona institutini tubdan transformatsiya qilib, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, metrologiya va standartlar, nazorat uskunalarini boshqarishni puxta oʻrgatish zarurligi taʼkidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |