Oilalardan umumiy test
1. O`zbekiston hududida nechtaga yaqin bir urug` pallalilarga doir tur uchraydi?
a) 4000 b) 240000 c) 3700 d) 800
2. Quyidagi o’simliklar qaysi oilaga mansubligini aniqlang?
1 . matur 2. olg’i 3. xolmon 4. kovrak
a. loladoshlar b. piyozdoshlar c. ziradoshlar d.ra’nodoshlar
a) 1-b: 2-a: 3-a: 4-c b) 1-c: 2-a: 3-d: 4-b
c) 1-b: 2-a: 3-c: 4-d d) 1-c : 2-b: 3-a: 4-b
3. Qaysi oilaga mansub o`simliklarda changchisi oltita (1) va o`nta (2) bo`lishi mumkin?
a) ra’nodoshlar b) burchoqdoshlar c) karamdoshlar
d) loladoshlar e) bug`doydoshlar f) sho`radoshlar
a) 1 – c, d, e 2 – b b) 1 – b 2 –c d, e
c) 1 – c , d, e 2 – a , b , f d) 1 – a , c, f 2 – b , d, e
4. O`zbekistonda boychechak turkumining nechta turi o`sadi?
a) 30 ta b) 16 ta c) 20 ta d) 25 ta
5. Bir urug` pallali o`simliklarga mansub bo`lgan guruhni aniqlang.
a) no`xat, bug`doy, sholi, g`o`za
b) beda, yeryong`oq, arpa, makkajo`xori
c) arpa, sholi, lola, makkajo`xori
d) terak, loviya, karam, baqlajon
6. Ko`sak va rezavor mevalar qaysi oila uchun xos ?
1. burchoqdoshlar 2. loladoshlar 3. qoqio’tdoshlar 4.karamdoshlar 5. ituzumdoshlar
a) 1.2 b) 2.3 c) 3.4 d) 2.5
7. Qaysi oilaga mansub o`simliklar bir yoki ko`p yillik, gulqo`rg`oni oddiy, tojisimon, changchisi 6 ta, urug`chisi bitta, mevasi ko`sakcha,manzarali o`simliklar hisoblanadi?
a) loladoshlar b) qoqio’tdoshlar
c) tokdoshlar d) ra’nodoshlar
8. Gulqo`rg`oni oddiy, mevasi rezavor va ko’sak bo`lgan oilani belgilang.
a) tokdoshlar b) bug`doydoshlar
c) qovoqdoshlar d) loladoshlar
9. Qaysi o`simlik pichan tayyorlash uchun gullagan vaqtda o`riladi ?
a) g`umay b) javdar va arpa c) chayir d) makkajo`xori
10. Qaysi qatorda piyozli o`simlik berilgan ?
a) xarduma b) ajriq c) sholi d) allep jo`xorisi
11.Bug`doydoshlar oilasining bargi qanday qismlardan iborat?
a) barg bandi va barg yaprog` b) barg qini va barg yaprog`i
c) faqat barg yaprog`i d) tilcha va qincha
12. Qaysi oila vakillarining changchilar soni 3 ta yoki 6 ta?
a) karamdoshlar b) gulxayridoshlar
c) boshoqdoshlar d) dukkakdoshlar
13. Bug`doydoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini aniqlang.
a) andiz, xrizantema b) saksovul, yantoq
c) g`umay, ajriq d) bug`doy, bo`tako`z
14. Makkajo`xori, bug`doy, arpaning tuzilishidagi umumiy belgilarni aniqlang.
a) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi yong`oq
b) poyasi qisqargan, ildizi popuk, mevasi dukkak
c) poyasi somon, ildizi popuk, mevasi don
d) poyasi o`t, ildizi popuk, mevasi pista
15. Jo`xori turkumiga oid o`simlikni aniqlang.
a) javdar b) g`umay c) kungaboqar d) tariq
16. Bo`yi 50 – 150 sm keladigan g’umay o`simligi qaysi turkumga mansub ?
a) arpa turkumiga b) g’umay turkumiga
c) jo’xori turkumiga d) kungaboqar turkumiga
17. Xarduma bug`doydoshlarning qaysi turkumiga mansub?
a) shirach b) g`o`za c) arpa d) ajriq
18. Piyozdoshlar oilasini gul formulasini belgilang.
a) Og3+3 Ch3+3 U1 b) Og3+3 Ch3+3 U(3)
c) Og3+3 Ch3+3 U(5) d) Og0,5 Ch(2-5) U(2-5)
19. Manzarali piyoz turini belgilang
a) oshanin piyoz b) nor piyoz c) matur d) qum piyoz
20. Poyasida kambiy bo’lmaydigan o’similikni aniqlang.
a) na’matak b) terak, javdar c) tariq, bug’doy d) g’o’za, nok
21. Piyozdoshlar oilasiga oid iste’mol qilinadigan(I) va xushmanzara(II) turlarni belgilang.
1. pskom piyoz 2. qo’shbarg piyoz 3. gul piyoz 4. nor piyoz
a. I-2.4 II-1.3 b. I-1.3 II-2.4 c. I- 2.3.4 II-1 d. I-1 II-2.3.4
22. Piyozning xushmanzara turini aniqlang ?
a) pskom piyoz b) oshpiyoz c) qumpiyozi d) suvorov e) norpiyoz f) qo`shbargli piyoz
a) d, e, f b) a, d, f c) b, c, e d) a, d, c
23. Boshoqcha o`qidan (1) va gulbanddan chiqqan (2) gul qipig`ining bir – biridan farqini aniqlang.
a) etli b) kattaroq c) ostki d) kichikroq e) nozik va mayda f) ustki
a) 1 a, d, f / 2 b, c, e b) 1 b, c, e / 2 a, d, f
c) 1 a, b, c / 2 d, e, f d) 1 d, e, f / 2 a, b, c
24. Bug’doydoshlarning gullaridagi changchilari va urug’chilari nima bilan o’ralgan?
a) o’simtasimon tilchalar bilan b) ikkita gul qipig’i bilan
c) ostki boshoqning qipig’i bilan d) ustki boshoqning qipig’i bilan
25. Bug’doydoshlarning har-bir boshoqchasi ostidan nima bilan o’ralgan?
a) ostki gul qipig’i bilan b) ustki gul qipig’i bilan
c) 2 ta boshoqcha qipig’i bilan d) pardasimon tilcha bilan
26. Qaysi oila vakillarida to`pguli yoshligida qobiq bilan o`ralgan bo`ladi?
a) qovoqdoshlar b) shuvoqdoshlar
c) piyozdoshlar d) tokdoshlar
27. Iste’mol qilinadigan, tabiiy holda o’sadigan piyoz turlarini aniqlang.
a) pskom piyozi b) oshanin c) qum piyoz d) suvorov e)nor piyoz f) qo’shbarg piyoz
a) a,b,c b) b,c,e c) a,d,f d) d,e,f
28. Bug’doydoshlar oilasini gul formulasini belgilang.
a) Og (2)+2 Ch3,6 U1 b) Og3+3 Ch3+3 U(3)
c) Og3+3 Ch3+3 U(5) d) Og0,5Ch(2-5) U(2-5)
29. Qaysi oila vakillari Avstraliyada uchramaydi
a) qovoqdoshlar b) shuvoqdoshlar
c) piyozdoshlar d) tokdoshlar
30. Loladoshlar oilasiga masub qancha tur o’simliklar O’zbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?
a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta
31. Bug’doydoshlar oilasiga masub qancha tur o’simliklar O’zbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?
a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta
32. Piyozlardan qancha tur vakillari O’zbekiston Respulikasining Qizil kitobiga kiritilgan?
a) 23 ta b) 10 ta c) 25 ta d) 2 ta
33. Qo’ng’irbosh turkumiga oid qancha tur uchraydi?
a) 30 ta b) 25 ta c) 26 tad) 7 ta
34. Ajriq o’simligi qaysi oilaga mansub?
a) loladoshlar b) piyozdoshlar
c) bug’doydoshlar d) qoqio’tdoshlar
35. Qaysi piyoz dorivorlik xususiyatiga ega?
a) suvoriy piyoz b) matur piyoz
c) nor piyoz d) osh piyoz
36.Makkajo’xori va kanop o’simliklarni farqini ko’rsating.
a) hayotiy shakli b) bo’yining uzunligi
c) bargining tuzilishi d) gulining tuzilishi
e) ildiz sistemasi
a) a,c,d,e b) c,d,e c) a,b,d d) a,b,d,e
37,Qaysi oila vakillari uchun ko’sakcha meva xos emas?
1. loladoshlar 2. ra’noguldoshlar 3. ziradoshlar
4. gulxayridoshlar 5. tikdoshlar 6. ituzumdoshlar
a) 2,4,5 b) 1,2,4,5 c) 2,3,5 d) 1,2,3,4
38. Arpa va ituzum uchun umumiy bo’lgan belgini ko’rsating.
a) barg bandining bo’lishi b) hayotiy shakli
c) mavasining tuzilishi d) ildizining tuzilishi
39. Beshaproqli partenotsissusga xos bo’lmagan belgilarni ko’rsatish.
a) tokdoshlar oilasiga mansub; b) poyasi ingichka, uzun, jingalaklari bilan ilashadi; c) barglari butun, cheti yirik tishli; d) yotib o’suvchi buta; e) barglari panjasimon murakkab;
f) gulkosachasi aniq ko’rinmaydi; h) guli toknikiga o’xshaydi
a) a,b,e,h b) c,d,f c) d,e,h d) a,b,c,f
40. Qaysi oila vakillarida poyada barglar yonbargcha hosil qilmay birikadi?
a) ra’nodoshlar, burchoqdoshlar
b) qoqio’tdoshlar, tokdoshlar
c) sho’radoshlar, ituzumdoshlar
d) ituzumdoshlar, tokdoshlar
41. Tokni jingalaklari qaysi vegetativ organning shakli o`zgarishidan hosil bo`ladi?
a) poya b) barg c) yonbargcha d) po`stloq
43. Qaysi o`simlik oilasi ko`pchilik vakillarining ildiz bo`g`zida joylashgan barglari juda yirik bo`ladi?
a) karamdoshlar va qovoqdoshlar
b) qovoqdoshlar va tokdoshlar
c) gulxayridoshlar va qoqio’tdoshlar
d) qoqio’tdoshlar va ziradoshlar
44. Qaysi o`simliklarning bargi buyraksimon bo`ladi?
a) otquloq b) oshqovoq c) nok d) tol
45. Gullardagi gulqo’rgon bo`laklari qo`shilib o`sgan o`simliklar guruhini aniqlang.
a) qovoq, ituzum b) tok, olvoli
c) g`o`za, lavlagi d) qovoq, olxo`ri
46. To`pguli savatcha, mevasi pistacha bo`lgan o`simlikni aniqlang.
a) gulxayri b) astragal c) qoqio`t d) kanop
47.Quyida berilgan qaysi o`simliklani vatani Shimoliy Amerka?
a) liftok b) aloe c) kanop d) partenotsissus
48. Qaysi o`simliklar zaharli hasharotlani nobud qiladigan dori tayyorlashda foydalaniladi?
a) mingdevona, itsigak b) tamaki, shaytonkosa
c) itsigak, bangidevona d) itsigak, tamaki
49. Tirnoqgul, bo`znoch qaysi oila vakillari hisoblanadi?
a) burchoqdoshlar b) murakkabguldoshlar
c) bug`doydoshlar d) qovoqdoshlar
50. Oloy xiloli O`zbekistondi qaysi viloyatida uchraydi?
a) Samarqand b) Toshkent c) Buxoro d) Farg`ona
51. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub o`simliklarni aniqlang?
a) shuvoq, qoqio`t b) kakra, karrak
c) andiz, bo`yimadoron d) tirnoqgul, takasoqol
53. Qoqio’tdoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklarni ko`rsating?
a) shirinmiya, akatsiya b) bo`ymadoron, sachratqi
c) sebarga, kuchala d) olmurut, nok
54. Quydagi gul formulalari qaysi o`simliklarda uchraydi?
1. K4 T 4Ch 4+2U(2) 2. K(5) +(3) T5Ch(∞) U(∞)
3. K5 T1+2+(2)Ch(9)+1U1 4. K0.5 T(5) Ch(5) U(2)
a. kamxastak b. tugmachagul v. oqquray g. o`sma
d. bo`tako`z
a) 1 – b 2 – g 3 – d 4 – a b) 1 – g 2 – b 3 – v 4 – d
c) 1 – d 2 – a 3 – b 4 – g d) 1 – v 2 – b 3 – d 4 –g
55. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o`simlikni aniqlang?
a) xolmon b) qarg`atirnoq c) boqila d) gledichiya
56. Ituzumdoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini belgilang?
1 yernok 2 kartoshka 3 akatsiya 4 loviya 5 garmdori 6.baqlajon 7 kanop 8 bangidevona
a) 1.3.4.6 b) 2.5.6.8 c) 1.2.6.8 d) 1.3.7.8
57. Pomidor o’simligi qaysi oilaga mansub ?
a) karamdoshlar b) ituzumdoshlar
c) burchoqdoshlar d) gulxayridoshlar
58. Qaysi o`simliklarda changchi iplari yo`q va changchilari tojibarglarining ichki tomonida joylashgan?
a) yantoq b) ituzum c) yapon saforasi d) quyonsuyak
59. Ziradoshlar ( soyabondoshlar ) oilasiga xos gul formulani belgilang?
a) Gk5 Gt4 Ch∞ U(4) b) Gk5 Gt5 Ch5 U1
c) Gk5 Gt5 Ch 5+2U0.5+2 d) Og(5) Ch5 U1+5+4
60. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, Farg`ona viloyatida o`sadigan qaysi o`simlik O`zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?
a) oq ituzum b) oloy xiyoli c) qora ituzum d) marmarak
61.Qaysi oilaga kiruvchi o`simliklarning poyalari ilashuvchi, vegetativ yo`l bilan ko`payadi, mevasi rezavor?
a) ra’nodoshlar b) gulxayridoshlar
c) qovoqdoshlar d) tokdoshlar
62. Rezavor mevali, yotib o`suvchi buta o`simlikni toping.
a) madaniy tok b) oshqovoq c) terakbargli liftok
d) beshyaproqli partenotsissus
63. Gul formulasi K4 -5 T5 (5) Ch5 U( 2 – 6) bo`lgan o`simliklar guruhini belgilang?
1 yovvoyi tok 2 qovun 3 tarvuz 4 beshyaproqli partenotsissus 5 qovoq 6 terakbargli liftok
a) 1.3.5 b) 1.5.6 c) 1.2.4 d) 1.4.6
64. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating.
1.to’g’ri 2. qiyshiq 3. ayrim jinsli 4. ikki jinsli 5.gulqo`rg`oni oddiy 6. gulqo`rg`oni murakkab 7.kosacha, tojibarglari beshtadan qo`shilib o`sgan 8. kosacha, tojibarglari qo`shilib o`smagan 9. changchilari 5 tadan, 4 tasi 2 tadan juft bo`lib qo`shilgan, 1 tasi erkin, urug`chisi5 ta, qo`shilib o`sgan.
a) 1.3.6.7.9 b) 2.4.5.8.9 c) 1.4.5.7.9 d) 1.3.4.7.9
65. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini aniqlang.
a) kanop, qora ituzum, bangidevona
b) bodring, tarvuz, qovun
c) burchoq, tugmachagul, jag` - jag`
d) karam, lavlagi, ismaloq
66. Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o`simlik - …
a) idishqovoq b) itqovun c) yovvoyi handalak
d) qozonyuvgich
67. O`zbekistonda yagona turi uchraydigan o`simlik turkumini toping?
a) shuvoq b) bo`ymadaron c) sachratqi d) bo`ztikan
68. Murakkabguldoshlar oilasga mansub bo`lgan quyidagi o`simliklarning qaysi biridan qadimda oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori olingan ?
a) sachratqi b) bo’yimadoron c) shuvoq d) qoqio`t
69. Qoqio’tdoshlar oilasiga kiradigan o`simliklarni changchilari soni nechta bo`ladi?
a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 5 ta
70. Sachratqi, bo`ztikan, moychechak kabi o`simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?
a) karamdoshlar b) burchoqdoshlar
c) qoqio’tdoshlar d) bug’doydoshlar
71. To`pgulida naysimon va tilsimon gullari bo`lgan o`simlikni belgilang.
a) shuvoq b) qoqio`t c) karrak d) sachratqi
72. Quyida berilgan qaysi o`simlikning mamlakatimizda 39 ta turi uchraydi?
a) shuvoq b) qoqio’t c) lola d) jag’-jag’
73. Qoqio’tdoshlar oilasini umumiy gul formulasini aniqlang.
a) Gk5 Gt5 Ch0.3 U1 b) Gk5 Gt5 Ch5 U1
c) Gk0,(5) Gt(5)Ch5U1 d) Gk2+5 Gt2+5 Ch(2)+5 U(2)
74. Qoqio`tdoshlar oilasiga mansub suttikandoshlar oilachasi to`pguli asosan qanday gultojibarglardan tashkil topgan bo`ladi?
a) naysimon b) tilsimon c) tilsimon va naysimon
d) varonkasimon
75. Qoqio`tdoshlar oilasi qanday oilachalarga bo`linadi ?
a) qoqio`tdoshlar, karamdoshlar
b) shuvoqdoshlar boymadorondoshlar
c) “oilacha” taksonomik birligi bo`lmaydi
d) suttikandoshlar, moychechakdoshlar
76. Qoqio’tdoshlarga mansub dorivor o`simliklarni aniqlang.
a) bo`znoch, bo`yimadoron b) quyonsuyak, zubturum
c) isirig`, yulg`un d) rayhon, shirach
77. Qoqidoshlar oilasiga mansub o`simliklarning 50 turi O`zbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Ulardan 30 tasi qaysi turkumga mansub ?
a) kakra b) shuvoq c) qoqio’t d) karrak
78. Quyida berilgan o’simliklarni qaysi oilaga mansub ekanligini aniqlang?
1.tuxumak 2.izen 3. bo’ymadoron 4. g’umay
a.sho’radoshlar b.burchoqdoshlar v.bug’doydoshlar g.qoqio’tdoshlar
a) 1-b, 2-a, 3-g, 4-v b) 1-v, 2-a, 3-b, 4-g
c) 1-a, 2-b, 3-v, 4-g d) 1-b, 2-a, 3-g, 4-b
79. O’zbekistonda uzumchilikni rivojlanishiga katta hissa qo’shgan seleksioner olimni aniqlang.
a) R.Musamuhamedov b) Q. Zokirov
c) A.Muzaffarov d) M.Mirzayev
80. Yovvoyi sabzi uchun xos hususiyatlarni ko’rsating.
1. poyasi silliq 2. poyasi tukli 3. bo’yi 80-100(120) sm 4.bo’yi 40-60(80) sm 5. barg yaprog’i ikki karra patsimon 6. bargi butun.
a) 2.4.6 b) 2.3.6 c) 1.3.6 d) 1.3.5
81.Tokdoshlar oilasiga mansub, O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan turni aniqlang.
a) tabiiy tok b) beshyaproqli partenotsissus
c) terakbargli liftok d) barchasi
82. Qaysi oila vakillari asosan bir va ko`p yillik o`tlar bo`lib, ularning buta, liana va daraxt shaklidagilari faqat tropik mintaqalarda o`sadi?
a) qoqio’tdoshlar b) qovoqdoshlar
c) sho’radoshlar d) karamdoshlar
83. Qaysi oilalarning gullari “kallakcha”to`pgulda joylashgan ?
a) qoqio’tdoshlar, karamdoshlar
b) bug`doydoshlar, ziradoshlar
c) sho’radoshlar, qovoqdoshlar
d) burchoqdoshlar, ziradoshlar
84. Qovoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklarning urug`chi gulining formulasini aniqlang.
a) Gk4 Gt4 Ch0 U(4) b) Gk(5) Gt(5) Ch(2) +(2) +1 U(0)
c) Gk5 Gt5 Ch5 U1 d) Gk(5) Gt(5) Ch(0) U(3)
85. Suttikandoshchalar oilachasiga mansub o`simliklarni aniqlang?
a) shuvoq, qora jusan, kakra
b) yovshan shuvog`i, qora jusan, bo`znoch
c) karrak, maxsar, shuvoq
d) takasoqol, kakra, karrak
86. Qoqio`tdoshlarga mansub madaniy manzarali o`simliklarni aniqlang?
a) qashqargul b) xrizantema c) qo`qongul d) bo`znoch e)bo`yimadoron f) kartoshkagul
a) b, c, d, e b) a, b, c, f c) d, e, f d) a, b, e, f
87. Moychechakdoshlar oilachasiga mansub o`simliklarni aniqlang.
a) shuvoq, qora jusan, kakra b) karrak, maxsar, shuvoq
c) yovshan shuvog`i, qora jusan, bo`znoch
d) takasoqol, karrak, kakra
88. Ermon shuvog`ining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?
a) mevasi, urug`i va ildizpoyasidan
b) ildizi, bargi va mevasidan
c) faqat to`pgulidan
d) bargi, poyasi va to`pgulidan
89. G k 4-5 Gt 5,(5) Ch 5 U (2-6) gul formulasi qaysi o’simlik oilasiga mansub?
a) sho’radoshlar b) ituzumdoshlar
c) gulxayridoshlar d) tokdoshlar
90. Gk(5) Gt(5) Ch(5) U1 gul formulasi qaysi oilaga mansub?
a) sho’radoshlar b) ituzumdoshlar
c) gulxayridoshlar d) tokdoshlar
91. Gk4-5 Gt(5) Ch5 U(2) gul formulasi qaysi o’simlikka mansub?
a) tok b) liftok c) sachratqi d) ituzum
92. Qaysi o’simliklarning changchilari 5 ta bo’lib, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo’lib qo’shilgan 1 tasi erkin?
a) bodring, burchoq b) zira, jag’-jag’
c) sebarga, loviya d) qovun, oshqovoq
93. Sachratqining savatchasida qanday gullar joylashadi?
a) bir jinsli, tilsimon b) jinssiz, naysimon
c) ikki jinsli, tilsimon d) ikki jinsli, naysimon
94. Ermon shuvog`i o`simligining gullari qanday to`pgulda joylashgan?
a) murakkab soyabon b) savatcha
c) oddiy shingil d) murakkab qalqon
95. Qaysi oilalarda barglari yon bargchali?
a) ra’nodoshlar b) sho`radoshlar c) burchoqdoshlar
d) tokdoshlar e) ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar
a) a, c, d b) d, e, f c) b, e, f d) a, b, c
96. Qaysi oilalarda barglari yon bargchasiz?
a) ra’nodoshlar b) sho`radoshlar c) burchoqdoshlar d)tokdoshlar e)ituzumdoshlar f) gulxayridoshlar
a) a, c, d b) d, e, f c) b, e, f d) a, b, c
97. Buyraksimon barg qaysi o`simlikda bo’ladi?
a) oshqovoqda b) terak c) nok d) otquloq
98.Oddiy zira o'simligining soyaboni tuzilishini belgilang.
a) ko'p nurli, 5-20 gulli b) ko'p nurli, 20-30 gulli
b) 15-20 nurli, 20-30 gulli d) 15-20 nurli, ko'p gulli
99.Kovrak o’simligiga xos hususiyatni belgilang.
a) 50-70 sm dan 1 m gacha (bargi)
b) 200-250 sm (bo’yi)
c) barglari qipiqqa aylangan
d) hayotida bir necha marta gullaydi
e) hayotida bir marta gullaydi
j) 80-100 (120) sm ( bo’yi)
a) a,b,d b) a,c,j c) a,b,e d) b,c,e
100.Shingil to’pgul qaysi oilalarga xos?
a) ra’nodoshlar b) burchoqdoshlar
c) sho’radoshlar d) karamdoshlar
e) gulhayridoshlar
a) a,b,c b) a,b,c,e c) a,b,c,d d) a,b,d
101. Besh yaproqli partenotsissus (1) va terakbargli liftokni (2) tok o’simligiga o’xshashlik (a) va farqini (b) ko’rsating.
1. gul tuzilishida 2. mevasining tuzilishida 3. hayotiy shaklida 4. bargida 5. uchrash joyida
a) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5
b) I-a; 1,2 I-b;3, 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5
c) I-a; 1,2,3,4 I-b; 5 II-a; 1,2 II-b; 3,4,5
d) I-a; 1,2,3 I-b; 4,5 II-a; 1 II-b; 2,3,4,5
102. Yerbag’ir tugmachagul va oshqovoq o’simliklarining o’xshashlik (a) va farqlarini (b) ko’rsating.
1. bargi buyraksimon 2. barg cheti 5-7ga bo’lingan 3.bargi butun 4. gulning tuzilishida
a) a-2,4 b-1,3 b) a-2 b-1,3,4 c) a-1,2 b-3,4 d) a-2,3 b-1,4
103. Yovvoyi sabzi va zira o’simliklarining o’xshashligi (a) va farqini (b) ko’rsating.
1. to’pgulida 2. soyabonchalar sonida 3. hayotiy shaklida 4. mevasida 5. balandligida 6. mevasi pishib yetilish vaqtida
a) a-1,4,6 b-2,3,5 b) a-1,3,4,6 b-2, 5 c) a-1,4 b-2,3,5,6
d) a-1,4,6 b-2, 5
104. Qaysi oila vakillarida chanchilar gultojibarglarni qo’shilishidan hosil bo’lgan nayda o’rnashgan?
a) qovoqdoshlar b) ituzumdoshlar
c) tokdoshlar d) ra’nodoshlar
105. Qaysi oila vakillari asosan bir va ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularning buta, liana va daraxtlari faqat tropik mintaqalarda o’sadi?
a) qovoqdoshlar b) sho’radoshlar
c) murakkabguldoshlar d) karamdoshlar