1 O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi Davlat ramzlari



Download 23,02 Kb.
bet2/3
Sana28.02.2022
Hajmi23,02 Kb.
#474033
1   2   3
Bog'liq
узб 1 топшириқ

2. O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi Davlat ramzlari. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini mus-tahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo'lib, davlat ramzlari belgilab olindi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991— yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda Respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o'zligini ham aks ettiradi.
O'zbekistonning Davlat gerbi, o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992— yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o'zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e'zozlab kelingan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992— yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O'zbekiston xalq shoiri AbdullaOripov, musiqasi O'zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Mustaqillik qo'lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etardi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi "Mustaqillik Deklaratsiyasi" qabul qilingan O'zbekiston Oliy Kengashining 1990— yil 20-iyunda bo'lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganildi, inson huquqlari, demok-ratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo'lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g'oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992-yil 26-sentabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitut-siyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazafar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo'ldi. Prezident I.A.Karimov O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o'zining katta hissasini qo'shdi.
Oliy Kengashning 1992— yil dekabrda bo'lgan XI sessiyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgartirish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992— yil 8-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr umumxalq bayrami -O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo'Iim, 128 moddadan iborat. U "Mustaqillik Deklaratsiyasi", "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi.
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev o’z murojaatida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yoʻnalishdan iborat etib belgilandi. Bu-bejiz emas. Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar. Birinchidan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarimiz yangi pogʻonaga koʻtariladi “Yangi Oʻzbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” gʻoyasini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratamiz. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi kerak” Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda xalq vakillari boʻlgan senator va deputatlar alohida muhim oʻrin tutadi deb o’z fikrini bildirdi.

Download 23,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish