Naqqoshlik san‟atining turlari
San‘at tarixida Kamoliddin Behzod davri nafaqat miniatyura rangtasvirning balki naqqoshlik san‘atining ham mislsiz rivojlangan davri bo‘lib keldi. Behzod singari boshqa miniatyurachi-rassomlar ham kompozitsion miniatyuralar yaratish sir asrorlarini mukammal egallab olgan edilar. Shuningdek, bu davrda faqat naqqoshlik bilan shug‘ullanuvchi rassomlar bo‘lib, ular qo‘lyozmalarning sarvaraqlari, unvonlari va sahifa matnidan tashqari bo‘sh joylarni naqshlar bilan bezatishgan. Eng mohir naqqoshlar mahobatli binolar, gilamlar, matolar, kandakorlik buyumlarni bezab turuvch naqshu nigorlarning andozasini chizib berishgan. Natijada, bezak ishlarining umumiy uslubi Sharq musulmon san‘atining barcha turlarini birlashtiruvchi yagona bezak uslubi vujudga kelgan. Naqsh ma‘lum hudud badiiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi muhim manba bo‘lib kelgan. Uning umumiy tarzda tarqalishi ilohiyatni sheriyatda ifodalangan singari qiyofalashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu islom dinining muhum xususiyatidir: Olloh inson singari aniq bir qiyofaga emas ekan rassomlar tasavvuridagi olam ham mavhum shakllar orqali timsollashtirilgan. Islomda borliqni tasirlash man etilgan. Aksicha islom madaniyatida naqshlarda ideallarni mujassamlashtirilgan shaklda timsollashtirilishi talab etilgan.
Islom san‘ati uchun xos naqshlar uslubi X-XII asrlarda yuzaga kelgan. Dastlabki naqsh andozalari qo‘lyozmalarni bezash uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida naqsh me‘moriy binolar tekisliklarini ham zabt etdi. Nihoyat XIV-XVI asrda yangi texnalogiya qo‘llanilishi tufayli san‘atning barcha turlarida naqsh ifodalana boshlandi. Shunday qilib XIV asrdan e‘tiboran me‘moriy inshootlarda sirlangan g‘isht va kamsonli o‘yma qismlar bilan bir qatorda, devor sathini to‘la egallaydigan murakkab shaklli o‘simlik shoxlari va gullarini tasvirlashga imkon beradigan yangi turdagi sirli spool mozaika va guldor sirli sopollar qo‘llanila boshlangan. Gilamchilikda esa XV asrda girihiy naqshlar o‘rniga egiluvchan, nafis chiziqlardan iborat o‘simliksimon naqshlar ishlatilgan.
Islomda ikki xil naqsh uslubi mavjud; xandasaviy-girihiy (girih-arabcha-tugun‖) va o‘simliksimon-islimiy. Xandasaviy naqshlar asosan me‘moriy inshootlarda qo‘llanilgan. Binolar devorlarini bezashda ular shakl uyg‘unligi va aniq hisobga erishish imkonini bergan. Girihiy naqshning mukammallashishi matematika fani taraqqiy etishi bilan bog‘liqdir. Nafis va jozibador o‘simliksimon naqshlardan san‘atning deyarli barcha turlarida foydalanilgan. Musilmon olamida turli davrlarda o‘simliksimon naqshlar muhim va yetakchi o‘rin egalladi; dastlabki bosqichlarda uEvropa madaniy an‘anasida rangtasvir qanday o‘rin egallagan bo‘lsa, aynan shu ahamiyatni kasb etdi. Farq shaklu-shamoyil va kompozitsiyaning qonuniyligida bo‘lsada, uslubning o‘ziga xosligi, ideal go‘zallik haqidagi tasavvurlarga o‘xshash edi. Tabiatiga ko‘ra islimiy naqsh Sharq musiqasi va she‘riyati singgari Sharqqa xos xususiyatlarning mahsuli edi. Naqishlarning nafis o‘yinlari, to‘lg‘onayotgan chiziqlarning osuda harakati maqomlarning zikriy ohanglariga, g‘azal va ruboiylar
Do'stlaringiz bilan baham: |