2.Qo‘shma so‘z yasalish modellari
Kompozitsiya yo‘li bilan so‘z yasash kompozitivlar - qo‘shma so‘zlar yaratish bo‘lib, bunda ikki (yoki undan ortiq) so‘zning qo‘shilishi yangi leksik birlik - leksemani hosil qiladi. So‘z yasashning bu tipi ham o‘zbek tilidagi faol yo‘llardandir. Qo‘shma so‘zning komponentlari, tarkibidagi qismlari, ayrim so‘z (tub so‘z yoki yasama so‘z) tusida bo‘ladi: bu element shu ko‘rinishida boshqa
kombinatsiyalarda o‘zak yoki negiz vazifasida kela oladi. Lekin bu elementning ikki holati - ayrim so‘zligi va qo‘shma so‘z tarkibida kelishi (mustaqil so‘zligi va so‘zning qismi bo‘lishi) bir-biridan jiddiy farqlanib turadi.
Qo‘shma so‘zning ko‘pi tashqi tomondan «aniqlovchianiqlanmish» sxemasidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi, hatto shunday omonimik hollar ham borki, shu shakldagi kompleksning qo‘shma so‘zmi yoki so‘z qo‘shilishimi ekanligi turli vositalar orqali aniqlanadi: bunda semantik-grammatik, intonatsion vositalar
farqlovchilik rolini bajaradi. Har holda omonimik ko‘rinishlar ham to‘la, aniq ajralib turish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, qora qovun: so‘z birikmasi va qo‘shma so‘z: qora tusdagi qovun va qovunning bir turi. Qiyoslang: baribir kompleksi hozirgi tilda – bir so‘z (leksikalizatsiya). Lekin u aslida (shuningdek, hozirgi tilde ajratilgan holda qo‘llangan o‘rinlarda) ikki so‘zdir: bari (ega), bir
(kesim). Birinchi holatda, tabiiy bir so‘z - ikki o‘zak morfemaning birikib ketishidan tug‘ilgan bir so‘z sanaladi, lekin u, genetik jihatdan qaraganda, grammatik aloqaga kirishgan ikki mustaqil so‘zdir. Qo‘shma so‘z bir butun leksik ma’no - bir murakkab tushuncha va yaxlit shakllanish - grammatik strukturasining ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan xarakterlanadi. Demak, u bir so‘zdir, uning
komponentlari - qismlari orasida grammatik aloqa yo‘q (lekin semantik aloqa bor), u har qanday so‘z qo‘shilmasida - gapda, so‘z birikmasida - bir sintaktik funksiyani bajaradi. Qo‘shma so‘z, soda so‘zlar kabi, tilning bir birligi bo‘lib, undan nutqda har gal tayyor leksik material sifatida foydalanamiz, so‘z birikmasi esa bunday tayyor hodisa emas: u nutq jarayonida ma’lum qoidalar asosida hosil
qilinadi. So‘z birikmasidagi har bir komponent, mustaqil so‘z o‘zaro grammatik aloqaga kirishgan bo‘ladi, demak, bu sintaktik hodisadir. Masalan, paxtaning guli: aniqlovchi + aniqlanmish. So‘z birikmasi bilan qo‘shma so‘z orasidagi fonetik farqlanish sezilarli, jiddiy xarakterga ega emas. Odatda, fonetik yaxlitlanish so‘z
birikmasida ham, qo‘shma so‘zda ham, asosan, bir tusda bo‘ladi: yosh bola va tosh bodom birikuvlarini qiyoslang. Qo‘shma so‘zning bir turi tug‘ilish jihatidan so‘z birikmasi bilan aloqador, lekin ko‘pi mavjud qo‘shma so‘zlarga analogiya yo‘li bilan, qo‘shma so‘zning tayyor modeliga qarab hosil qilingan. Qo‘shma so‘zlarda ham yasalganlikning umumiy belgilari –chog‘ishtirishdagi semantik va shakliy bog‘lanish saqlanadi, lekin bu aloqa turli sabablar natijasida (masalan, fonetik o‘zgarish natijasida) sezilmas holga kelishi ham mumkin (soddalanish hodisasi): tog‘olcha: to-g‘ol-cha - tog‘-olcha - tog‘olucha, og‘ayni - og‘a-ini, qayni –qayini - qayin-ini, bugun - bu kun, achchuchuv – achchiqchuchuv -achchiq-chuchuk (asli - juft so‘z, bir xil salat, shakarob ma’nosida), bu hodisa jonli so‘zlashuvda ko‘proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |