1 oyda 500 million so'm daromad olish azamat. Uz



Download 335,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi335,77 Kb.
#77126
  1   2   3
Bog'liq
1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ



12.08.2020

1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/

1/6


1 oyda 500 million so’m daromad olish

16.08.2015  



Internetda pul ishlash

  13,195

WhatsAppdagi a’zoligim yillik to’lovini to’lamasam bir oydan so’ng aktivsizlashtirilar ekan. Anchadan beri ishlatib

yurganim sababli bu app men uchun zaruratga aylanib ulgurgan. To’g’ri, Telegram, Viber bor, ba’zan WhatsApp

boshqa  messenjerlardan  funksiyalar  va  qulayliklar  bo’yicha  ortda  qolayotgandek  tuyuladi,  ammo  ko’pchilik

tanishlarim  WhatsApp  ishlatadi,  shuning  uchun  men  bu  appdan  butunlay  yuz  o’girolmayman.  Mening  bu

dasturga bog’liqligim, unga o’rganib olganim va uning men uchun foydali jihatlari uni ishlatib yurgan so’nggi 11

oylik vaqtim ichida shu qadar ortdiki, hozir undagi a’zoligimni yana bir yilga uzaytirish uchun WhatsApp talab

qiladigan a’zolik to’lovini to’lashga tayyorman.

WhatsAppda a’zolik to’lovi juda qimmat emas ekan. Bir yilga atigi 99 cent. Davlat kursi bo’yicha bugungi kunda

bu  pul  tahminan  2500  so’mga  to’g’ri  keladi.  Bu  to’lov  miqdori  shunchalar  arzonki,  WhatsAppni  yana  bir  yilga

faollashtirish uchun bundan o’n baravar ko’proq pul to’lashga ham qarshilik qilmasdim. Axir men bu dasturga bir

yil davomida bog’liq bo’lib qoldim…

Bu maqola WhatsApp haqida emas. Men WhatsAppdagi a’zoligimni bir yilga uzaytirish uchun talab qilanayotgan

(99 cent) pulning qanchalar kamligini bilganimdanoq bir yillik faolligini yangilashni xohlovchi foydalanuvchilar

soni dunyo bo’yicha nechta ekanligiga qiziqib qoldim. Narx juda arzon, tabiiyki WhatsAppning ajoyib xizmatidan

yana bir yil foydalanishni xohlovchilar hatto 1.5 litrli Coca Cola berilmaydigan pulni hech ikkilanmasdan to’lab

yuborishadi.  Demak,  to’lovchilar  soni  bir  necha  milliondan  oshadi.  Bu  holat,  pul  ishlab  topishning  bunday

zamonaviy usuli meni bu haqida jiddiyroq o’ylashga majbur qildi. Ushbu maqola shu usulda pul topish haqida.

Internet orqali pul topish orzusida yurgan, internetda o’zlarining saytlari yoki servislari yordamida pul ishlab olish

yo’llarini izlayotgan yoshlar, qiziquvchilar uchun maslahatim: WhatsApp rejasidan o’rnak oling. Shunday xizmat

tashkil  qilingki,  undan  millionlab  odamlar  bepul  foydalanishsin.  Bu  xizmatga  yetarlicha  foydalanuvchi  jalb

qilganingizdan so’ng xizmat narxini shu qadar arzon qilib qo’yinki, mavjud foydalanuvchilaringizning barchasi bu

pulni hech ikkilanmay to’lab yuborishsin.

Ingliz tili Sayt tayyorlash Internetda pul ishlash Laravel Ingliz tili grammatikasi Qanday qilib IELTS Barchasini ko'rish



12.08.2020

1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/

2/6


Dollar asosiy pul birligi bo’lgan davlatlarda 99 cent qanchalik kichik summa bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun 500

so’m  shunchalik  kichik  miqdordagi  pul,  deb  hisoblayman.  Keling,  reja  uchun  xizmatimiz  to’lov  miqdorini  500

so’m deb belgilaylik.

Bugungi  kunda  O’zbekiston  aholisi  o’rtacha  30  million  kishini  tashkil  etadi,  deb  hisoblaymiz.  Aholining  teng

yarmi internetdan umuman foydalanmaydi, qolgan 15 million aholining yarmi internet uchun pul sarflamaydi,

yana qolgan 7 yarim million aholining yarmi Sizning taklif etadigan xizmatingizdan foydalanmaydi, yana qolgan

3  million  aholining  yarmi  Sizga  pul  to’lashda  ikkilanadi  va  nihoyat  faqat  1  million  aholi  Sizning  internetdagi

xizmatingiz uchun bir oyda 500 so’m to’lashga rozi bo’ladi, deb hisoblaymiz. Axir bir oyda 500 so’m to’lashga

hozirgi kunda har bir kishining imkoni bor. Demak, har oy bir million kishining har biridan 500 so’mdan xizmat

haqi olishimiz haqiqatga to’g’ri keladigan ehtimollik hisoblanadi.

Xizmat uchun olishimiz mumkin bo’lgan pul miqdori aniq bo’ldi: bir oyda 500 000 000 so’m! Har oy shuncha pul

daromad  ko’radigan  kishi  yoki  kompaniya  uchun  aholiga  internet  orqali  ajoyib  xizmat  ko’rsatish  imkonini

beruvchi barcha sharoitlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Endi xizmat haqida bosh qotiramiz.

Biz  yaratilajak  internet  orqali  ko’rsatiladigan  xizmatni  O’zbekiston  aholisiga  taklif  qilamiz,  shuning  uchun

o’zbekistonliklarning internetdan eng ko’p foydalanishi mumkin bo’lgan, internet orqali ko’rsatiladigan xizmatlar

uchun pul to’lashga moyil bo’lgan guruhlarini aniqlab olishimiz kerak bo’ladi. Men quyidagi guruhlar xususida

o’ylab ko’rishingizni tavsiya etaman:

1. Abituriyentlar

2. Talabalar

3. O’qituvchilar

4. Shifokor/hamshiralar

5. va hokazo boshqalar

Biz shunday bir xizmat turini tashkil etishimiz kerakki, faqat bir guruh aholigagina kerak bo’lsin. Shunday qilsak,

tijoratimiz  yo’nalishi  aniq  bo’ladi,  maqsadga  aniqroq  yo’naltirilgan  harakatlarni  amalga  oshirishimiz  osonroq

kechadi.  Yuqorida  sanab  o’tilgan  4  ta  yo’nalishdagi  foydalanuvchilar  yurtimizda  millionlab  topiladi:  o’quv

yurtlarida  o’qiyotgan  talabalar  ko’p,  abituriyentlar  ulardan  ham  ko’proq,  ta’lim  muassasalarida  ishlayotgan

ustozlar  soni  ham  juda  ko’p,  shifokor/hamshiralar  soni  ham…  O’zingiz  istagan  guruhni  tanlag  va  ular  uchun

foydali  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  internet  orqali  xizmat  turini  kashf  eting.  Misol  tariqasida,  men  abituriyentlar

guruhini tanlayman.

Shunday bir sayt tashkil etilishi kerakki, undan har oyda 1 millionta abituriyent unumli foydalanib, xizmat haqi

uchun bir oyda 500 so’mdan to’lov qilsin. Xizmat abituriyentlar uchun shu qadar zarur va foydali bo’lishi kerakki,

keyingi  oylar  uchun  ham  sayt  foydalanuvchilari  to’lov  qilishda  davom  etishsin.  Onlayn  xizmatning  bu  turi  o’z

oldiga kamida har oyda 1 million foydalanuvchiga xizmat ko’rsataman, degan maqsadni qo’yishi kerak. Xizmat

sifati doimiy yaxshilanib, yangi foydalanuvchilar xizmatga jalb etilishi kerak. Narx esa hech qachon ko’tarilmasligi

va har doim foydalanuvchilar uchun arzimas bir pul miqdorida saqlab qolinishi kerak.

Mana Sizga bir oyda 500 million so’m daromad olish rejasi!

Maqolani shu yergacha o’qigan har bir kishida “Xo’sh, qanday xizmat taklif qilish mumkin ekan?”, “Qanday sayt

ochsam har oy bir million kishi menga 500 so’mdan to’lov qiladi?” degan savollar tug’ilishi tabiiy. Bu savollarga

javob  topish  eng  asosiy  mas’uliyat  va  eng  asosiy  ish  hisoblanadi.  Aynan  shu  yerda  o’z  yaratuvchanligingiz,

aqlliligingiz  va  topqirligingizni  ishga  solishingiz  kerak.  Javobni  topgan  zahoti  esa  bir  lahzada  millionerga

aylanasiz!

Kimga qanday xizmat taklif qilish kerak, hozirgi kunda bizning internetda qaysi turdagi xizmatlar yetishmaydi…

bularning  barchasi  haqida  bosh  qotirish  kerak.  Inson  tasavvurining  chegarasiz  yo’q.  Siz  ham  o’z

tasavvurlaringizga  erk  bering.  Kuzating.  Atrofga  tadbirkorlik  nigohi  bilan  qarang  va  muhitni  o’rganing.

Jamiyatimizning  har  bir  sohasiga  tegishli  kishilar  uchun  zarur  bo’lgan,  internet  orqali  ko’rsatilishi  mumkin



12.08.2020

1 oyda 500 million so'm daromad olish - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/1-oyda-500-million-som-daromad-olish/

3/6


bo’lgan,  ammo  haligacha  kashf  etilmagan  xizmatlar  juda  ko’p.  Hozircha  bu  yo’nalish  yangi.  Bir  necha  yildan

so’ng millionlab foydalanuvchilarni o’ziga jalb qilib oladigan kompaniyalar vujudga kelishidan avval shu turdagi

xizmatni birinchilardan bo’lib Siz tashkil eting, Siz kashf eting!

Bir muddatga “Saytni qanday yasayman?”, “Xizmatni qanday tashkil qilaman?”, “Qanday xujjatlar kerak bo’ladi?”,

“Pulini  qanday  qilib  olaman”,  “Soliq  to’lanadimi  yo’qmi?”  degan  savollarni  unuting.  Xizmat  nimadan  iborat

bo’lishi haqida bosh qotiring. Xizmatning o’zi qay shaklda bo’lishi haqida o’ylang. Sizda fikr paydo bo’lgandan

so’ng  uni  har  tomonlama  o’ylab,  qayta  ishlaysiz.  Atrofingizdagilar  bilan  maslahatlashasiz,  Sizdan  tajribaliroq

bo’lganlar suhbatini olasiz. Reja to’liq tayyor bo’lgandan keyingina tashkiliy masalalar haqida bosh qotirishingiz

mumkin  bo’ladi.  Hozircha  faqat  tasavvuringizni  ishga  soling  va  insonlar  hayotini  yaxshilaydigan,  ularning

tashvishlarini osonlashtiradigan xizmat turini o’ylab toping.

O’zingizga  shu  savollarni  bering:  “Atrofimdagi  odamlarning  kundalik  hayotidagi  qiyinchiliklarini  qanday  qilib

osonlashtirsam  bo’ladi?”,  “Mening  tegdoshlarimning  barchasi  hayotda  muvaffaqiyatli  bo’lishlari  uchun  qanday

xizmat turi zarur?”, “Odamlarga qanday qilib yordam bersam bo’ladi?”, “Mening qaysi qobiliyatlarim atrofimdagi

qaysi  guruhga  mansub  kishilarga  ko’proq  naf  keltirishi  mumkin?”,  “Internet,  televideniya  orqali  men  ko’rgan

xorijiy  davlatlardagi  mavjud  internet  xizmatlarining  qaysilari  bizning  odamlar  uchun  foydali  bo’lishi  mumkin?”,

“Hozirgacha qanday xizmat turlari O’zbekistonda kashf qilinmadi?”…

Bir  oyda  internet  orqali,  uyingizdan  chiqmasdan  500  million  so’m  daromad  olish  mumkin.  Hatto  bunday

daromad olish juda oson! Buning uchun Sizdan bir oz e’tibor va yaratuvchanlik talab etiladi, xolos.

“1 oyda 500 million so’m daromad olish” maqolasida 23 fikr




Download 335,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish