Uglevodlar almashinuvi. Uglevoddar organizmda asosiy energiya manbai bo‘lib, hisoblanadi, 1 g uglevod parchalanganda 4,2 kkal energiya ajraladi, Bir sutkalik energiyaning 56% uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Uglevodlar asosan o‘simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar normadan ortik iste’mol qilinsa, organizmda yog‘ga aylanib semirishga olib keladi. Jismoniy mexnat, sport bilan shugullanuvchi odamlarda me’yoridan ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya hosil bo‘ladi.Yog`lar almashinuvi. YOg‘lap hujayralarda bo‘lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. YOglar ikki xil bo‘ladi: xayvon, o‘simlik. xayvon yoglariga dumba, charvi, capyog‘, baliq yoglari kiradi. O‘simlik yorlariga zig‘ir, paxta, kungaboqar, kunjut, makkajo‘xori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yoglar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muxitning noqulay ta’siri- sovuqqa odamning chidamliligi, akliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. YOglarni ortikcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10-12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha funksiyalarning bir xilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, surilish, gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yuzaga chikadi. M-n. organizmda kalsiy etishmasa nerv va muskul kuzg‘aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga olib keladi, yod yetishmasa qalqonsimon bezning faoliyati buzilib, buqoq, kasalligi paydo bo‘ladi, natriy xlorid kupayib ketsa, xarorat ko‘tariladi.Suv odam organizmi barcha hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to‘qimasining 84%, tana muskullarining 70%, suyaklarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan kuproq. bo‘ladi. M-n. chaqaloq tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv ishtirokida bo‘ladi. Agar odam ovqat iste’mol qilmay, fakat meyorida suv iste’mol kilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha ovqat meyorida bo‘lib, suv iste’mol qilinmasa, tana massasi 20-22% kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam xalok bo‘lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2,2-2,8 l.
Do'stlaringiz bilan baham: |