1. O`smilik tanasining quyidagi qismlari qanday to`qimadan iborat ekanligini aniqlang.
1) tut tanasidagi lub tolalar 2) chinor yosh novdasining ustki yuzasi 3) nok mevasining ichidagi tosh hujayralar 4) soxta kashtan bargining epidermis ostidagi hujayralar 5)qizil sho`ra bargi va novdasidagi shiraga boy hujayralar 6) do`lana tanasidagi kambi qavat hujayralari
A) 1,3 – mexanik 2 –qoplovchi 4 – xlorenximalar 5 – mexanik 6 – meristema
B) 1,3 – meristema 2 – qoplovchi 4 – xlorenximalar 5 –mexanik 6 – g`amlovchi
C) 1 – mexanik 2 – xlorenximalar 3,4 – qoplovchi 5 – g`amlovchi 6 – meristema
D) 1 – g`amlovchi 2 – qoplovchi 3 – mexanik 4 – xlorenximalar 5 – o`tkazuvchi 6 – meristema
2. Iskana (1) va kurtakdan (2) payvandlash asosan
qaysi vaqtda qilinadi?
A) 1 - fevral oyining boshida; 2 - may oyining
oxirida
B) 1 - daraxtlarda shira harakati boshlangandan
keyin; 2 - yil davomida
C) 1 - avgust oyida; 2 - fevral oyining oxiridan
aprel oyigacha
D) 1 - fevral oyining oxiridan aprel
oyigacha; 2 - avgust oyida
3. Ko`sak mevaga xos belgilarni belgilang?
1) bir necha meva bargdan tashkil topgan 2) meva yetilganda ikki pallaga ajraladi 3) chatnaydigan quruq meva 4) pallalar orasida to`siq bor 5) qattiq danagi ichida mag`zi joylashgan 6) urug`i pishgach chokidan ochiladi
A) 1,3,6 B) 2,3,4 C) 2,4,5 D) 2,3,6
4. Gulining tumshuqchasi patsimon shoxlangan o’simlik oilasiga xos ma’lumotni belgilang.
A) to’pguli oddiy soyabaon, sharsimon, yarimsharsimon ko’p gulli
B) mevasi ko’sakcha va rezavor
C) barglari oddiy, poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi joylashgan
D) bargi ikki qismdan iborat bo’lib, poyada ikki qator joylashgan
5. Xlamidomonada va yashil evglena umumiy bo’lgan xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang1) xlorofil pigmenti xromataforlarda joylashgan 2) yorug’likka nisbatan javob reaksiyasi fototaksis deyiladi 3) bir hujayrali yashil suv o’ti 4) hujayra markaziga ega 5) yorug’likka nisbatan javob reaksiyasi fotonastiya deyiladi 6) faol harakatlanadi 7) sitokinezda o’rtasidan membrane paydo bo’lib chetga qarab o’sadi 8) xromasomasidagi DNKsi oqsil bilan kompleks hosil qiladi
A)2,3,4,6 B)3,4,7,5 C)1,4,6,8 D)1,2,6,8
6. Ochiq urug‘lilarga xos bo‘lmagan belgi va
xossalarni aniqlang.
a) daraxt va butalardan tashkil topgan; b) ko‘p
yillik o‘tlardan tashkil topgan; c) urug‘lari meva
ichida yetiladi; d) urug‘lari qubbalarda yetiladi;
e) urug‘lardan ko‘payadi; f) sporalar yordamida
ko‘payadi.
A) a, d, e B) b, c, f C) a, b, c D) d, f, e
7. Funariya yo‘siniga xos bo‘lmagan belgilar
keltirilgan qatorni aniqlang.
a) poya-bargli; b) bargchalari oddiy, ketma-ket
joylashgan; c) rizoid mavjud; d) barglari bir
qavat hujayralardan iborat; e) zigotadan
sporangiyband va sporangiy rivojlanadi;
f) sporadan yashil o‘simtalar rivojlanadi;
j) ildizpoyaga ega; k) barglari patsimon;
h) sporalar soruslarda yetiladi.
A) a, b, c, d, e, f B) j, k, h
C) a, b, f, j, h D) a, b, c, d, e, f, j, k, h
8. Chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa
hisoblanadigan o‘simliklar guruhini aniqlang.
1) saksovul; 2) javdar; 3) izen; 4) keyreuk;
5) chakanda; 6) do‘lana; 7) yantoq
A) 3, 4, 7 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 5, 6
9. Ildiz bachkilari orqali ko`payadigan oddiy (a) va murakkab (b) bargli o`simliklarnin belgilang.
A) a – yantoq, namatak b – olma, terak
B) a –namatak, terak b – shirinmiya, tok
C) a – yantoq, terak b – shirinmiya, namatak
D) a – olma, terak b – yantoq, namatak
10. Quyida berilgan suvo‘tlarni ko‘k-yashil (a) va
yashil (b) suvo‘tlarga ajrating.
1) xrokokk; 2) xlorella; 3) ossilatoriya; 4) nitella;
5) nostok
A) a - 1, 2, 3; b - 4, 5 B) a - 1, 3, 5; b - 2, 4
C) a - 1, 3, 4; b - 2, 5 D) a - 2, 3, 4; b - 1, 5
11. Tutash gultojbargli (I) va gultojbarglari gulkosachabarglaridan uzun (II) oilalarga xos ma’lumotlarni juftlang.
A) I- poyasi asosan tik, barglari oddiy, yonbargli, uzun bandli, tomirli, butun yoki o’yilgan, ko’pincha panjasimon bo’lakli; II- gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to’g’ri yoki qiyshiq
B) I- gulkosachasi yarimigacha qo’shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan; II- barglari oddiy, butun yoki bolingan
C) I- barglari oddiy poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi joylashgan; II- ostki gulkosachasi erkin holda bo’’ladi
D) I- gulqo’rg’oni murakkab gulkosacha va gultojdan iborat; II- poyasi asosan tik, barglari oddiy, yonbargli, uzun bandli, tomirli, butun yoki o’yilgan, ko’pincha panjasimon bo’lakli;
12. Kambiy hujayralari tez bo`linadigan oddiy bargli o`simliklarni aniqlang?
A) gilos, terak, tok B) tol, yon`goq, chinor,
C) qatrong`i, nok, shamshod D) terak, tol, pista
13. Barglari yonbargchali ko’p yillik (a) va bargi yonbargsiz bir yillik (b) o’simliklarni ajrating.
1) yerbag’ir tugmachagul; 2) dorivor gulxayri; 3) o’tloq sebargasi; 4) no’xot; 5) burchoq; 6) oddiy lavlagi; 7) yeryong’oq; 8) kanop 9) achambiti; 10) karam
A) a- 2, 3, 5; b- 8, 9 B) a- 3, 5; b- 2, 4, 8, 9
C) a- 2, 3, 5; b- 9 D) a- 1, 3, 5; b- 9
14. Ochiq urug‘lilarga xos bo‘lmagan belgi va
xossalarni aniqlang.
a) daraxt va butalardan tashkil topgan; b) ko‘p
yillik o‘tlardan tashkil topgan; c) urug‘lari meva
ichida yetiladi; d) urug‘lari qubbalarda yetiladi;
e) urug‘lardan ko‘payadi; f) sporalar yordamida
ko‘payadi.
A) a, d, e B) b, c, f C) a, b, c D) d, f, e
15. Qaysi o‘simliklarning bargi o‘zida zapas oziq
moddalar to‘plash uchun maxsus joy hisoblanadi?
1) piyozbosh; 2) Pekin karami; 3) yalpiz; 4) bracea oleracea 5) kartoshka; 6) salomaleykum;
7) gulsafsar
A) 1, 2, 4 B) 1, 4, 6 C) 5, 6, 7 D) 2, 3, 4
16. Tana massasi 3 kgdan oshadigan tovuq zotlarini ajrating. 1.tasqara 2.Pekin jo’jasi 3.Kornuel 4.Zagorsk 5.Plimutrok jo’jasi 6.Pervomaysk 7.Imperator pingvini
A)3,5 B)1,3,5,7 C)3,4,6 D)1,2,6,7
17. Jag`lari yassi va qisqa(a),qisqa va baqquvat(b),uzun va qizil(c) va uchi kengaygan (d) hayvonlarning turkumlari bilan juftlang.
I.kitsimonlar II.yirtqichlar III.chumchuqsimonlar IV.g`ozsimonlar V.laylaksimonlar VI.kunduzgi yirtqichlar VII.yapaloqqushlar
1.miqqiy 2.qaldirg`och 3.suqsun 4.oq laylak 5.g`o`ngqarg`a
A)a-IV-2; b-VI-1; c-V-4; d-V-3
B)a-III-2; b-VI-1; c- IV-3; d-V-4
C)a-III-2; b-VII-1; c-IV-4; d-IV-3
D) a-III-2; b-VI-1; c-V-4; d-IV-3
18.
Zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradigan (a) va biologik kurashga to'sqinlik qiladigan (b) chumolilarga xos ma’lumotlami belgilang. 1) keng bargli va nina bargli o‘rmonlarda yashaydi; 2) daraxtlarni himoya qiladi; 3) o'simliklar doni va mevasi bilan oziqlanadi; 4) O
‘rta Osiyo cho'llarida tarqalgan; 5) xonadonlarda keng tarqalgan; 6) bog’larda uchraydi;