2.Ramani ta`mirlash. Ramani qismlarga ajratish va nuqsonlarini bartaraf etish.
Ramaning asosiy nuqsonlari: kronshteynlarni mahkamlash mintaqasi toliqishdan darz ketadi, parchin mixli birikmalar bo`shashadi, parchin mixlar uziladi, parchin mixlar kirgizilgan teshiklar yeyiladi, bo`ylama balkalar, kopndalang bruslar va kashaklar yoriladi, egiladi va buraladi.
Ramalarnn ta`mirlash texnologik jarayoni ularni yog`sizlantirish va tozalash, texnik holatiga qarab to`la yoki qisman qismlarga ajratish (parchin mixlarni olish), detallarni tekshirish, almashtirish yoki tiklash, yig`ish (parchin mixlarni joyiga qo`yish) va bo`yashdan iborat. Ramalarni har bir tutashmadagi (kronshteynlar va kopndalaig bruslar bilan bo`ylama balkalar) ko’pi bilan bitta parchin mix bo`shashganda, shuningdek tokchalarning ayrim joylari egilganda to`la qismlarga ajratmay ta`mirlashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda ramalar ta`mirlash uchun qismlarga to`la ajratiladi. Ramalar ishqor solingan. vannalarda yog`sizlantiriladi va tozalanadi.
parchin mixlar quyidagicha olib tashlanadi: dastlab parchin mixning kallagi olib tashlanadi, keynn parchin mix sumba bilan urib chiqariladi. Kichik diametrli parchin mixning kallag zubilo bilan qirqnb tushiriladi. Katta diametrli parchin mixning kallaklari parmalab chiqarib tashlanadi.
Deformatsiyalangan detallar press ostida qizdirilmay to`g`-rilanadi. press shtoki balkaga taqalib turadigan joylardagi tokchalarni ezilishdan saqlash uchun ‘onasimon kashakli opravka qo`yiladi.
Asosiy metalldagi yoki payvand choklardagi darzlar payvand-lanadi yoki detalning bir qismi almashtiriladi. Birinchi holda darzlar yoyilib ketmasligi uchun ularning uchlaridan darz yoyi-ladigan yo`nalishda 5...10 mm narida diametri 6...8 mm li parma bilan teshik parmalanadi, darzning bir yoki ikkala tomonning 600 burchak ostida yo`nib ishlov beriladi, unga yaqin joylar tozalanadi va necha tomonga ishlov berilganiga qarab bir tomonlama yoki ikki tomonlama chok bilan payvandlanadi.
NII avtotransport (Avtotransport ilmiy tadqiqot instituti) gexnologiyasiga muvofiq toliqishdan darz ketgan joylar qirqib tashlanadi, ularning o`rniga yaroqsiz ramadan qirqib olingan qo`shimcha ta`mir detali o`rnatiladi va uchma-uch payvandlanadi. payvandlangandan keyin shlak olib tashlanib, chok tozalanadi. payvandlangan joylardagi chokka bolg`a bilan urilganda chiqadigan tovush asosiy metallga urgandagi tovushdan farq qilmasligi lozim. payvand chok va uning ikkala tomoni 3...4 mm naridan pnevmatik bolg`a bilan urib parchinlab puxtalanadi.
parchin mixlar kirgiziladigan teshiklar yeyilgan bo`lsa, payvandlanadi, keyin yangi teshik parmalanib, uning qirralari te-shikni ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq kengaytirib puxtalanadi yoki yeyilgan teshik parmalab kengaytiriladi, zenkovkalanadi va ta`mirlash o`lchamiga muvofiq kengaytiriladi.
Rama avval texnologik boltlar yordamida yig`iladi. Yo`nishda shvellerlar va kronshteynlar yuzalarining zich tegib turishiga alohida ahamiyat beriladi. So`ngra har bir teshikka faqat bitta texnologik boltni olib, yuqorida bayon etilgan usullarning biri bilan navbatma-navbat ishlov beriladi. Teshikka ishlov berib bo`lingach, unga texnologik bolt qo`yiladi va gayka oxirigacha burab mahkamlanadi.
Barcha teshiklarga ishlov berib bo`lingach, parchinlash boshlanadi. Navbati bilan bittadan texnologik bolt chiqarib olinadi, parchin mix qo`yilib, parchinlanadi. Ramalarni parchinlash uchun statsionar va kopchma parchinlash qurilmalaridan foydalaniladi. pnevmatik asbob o`rniga gidravlik asbobdan foydalanish shovqinni, sermehnatlilikni kamaytiradi, parchinlash sifatini oshiradi.
Kopchma gidravlik parchinlash qurilmasining skobasiga ishchi tsilindri o`rnatilgan. Ishchi tsilindri past bosim porshenidan (katta yo`l va parchin mixga tez keltirishni ta`minlaydi) va yuqori bosim porshenidan (parchin mixni shakllantirishda yuqori bosim hosil qiladi) iborat. Qo`zg`almas tepkiga mahkamlanuvchi detallar bilan birga parchin mixlarning kallagi o`rnatiladi. SHundan keyin kno’ka bosiladi. past bosim porsheni suyuqlik bosimi ta`sirida qo`zg`aluvchan tepkini parchin mixga tez surib beradi va uni qisadi. parchin mix qarshilik koprsatganda gidravlik tizimda bosim oshadi, natijada muayyan bosimda multi’likator zolotnigi ishga tushib, yuqori bosim porsheni ishlay boshlaydi. Bu porshen blok orqali parchin mix kallagini shakllantiradi. Bosim muayyan darajaga yetganda yuqori bosim relesi ishga tushadi, tizimi dastlabki holatga qaytadi va tsikl tugaydi.
Ramaning bo`ylama balkalari kopndalang bruslar bilan zarur aniqlikka erishish uchun tagliklarda yig`iladi. Bunda maxsus konduktorlardan foydalaniladi. Qiyshiqlikni aniqlash uchun maxsus nazorat chiziqlar ishlatiladi. Ular trubadan tayyorlanadi. Bunda trubaga prizmalar yoki ikkita qo`zg`almas va qo`zaluvchan o`lchash shtifti o`tqaziladi. qo`zg`aluvchan shtift o`lchashni qayd qilishda vint bilan qotirnb qo`yiladi. CHizg`ich shvellerlarning yuqorigi tokchalaridagi chetki teshiklar orasida diagonal bo`ylab qo`yiladi. Bu oraliqlar baravar bo`lishi lozim. Agar rama qiyshaygan bo`lsa, unda u bartaraf etiladi, masalan, bo`ylama balkalarning toretslariga kuvalda bilan uriladi va texnologik boltlardagi barcha gaykalar oxirigacha burab mahkamlanadi. Bunda bo`ylama balkalar va yonlama kronshteynlarning yuzalari kopndalang bruslar yuzasiga tegib turishi kerak.
Agar hamma parchin mixlar to`g`ri qo`yilgan, parchin mix kallaklari yaxshi shakllantirilgan bo`lsa va agar biriktirish detallarida kertiklar va chaqalar bo`lmasa, unda parchin mixli birikma yaxshi bajarilgan deb hisoblanadi. Qo`yilgan parchin mixlarning sifati taqillatib koprib, ko’zdan kechirib va kallaklar o`lchamlarini shablonlar yordamida tekshirib aniqlanadi.
O`qlarni ta`mirlash. Old o`qni qismlarga ajratish va yig`ish. g`ildirak gupchagidan qal’oqni mahkamlovchi to`rtta bolt burab chikariladi, so`ng qistirma olinadi. So`ngra qulfli shayba chetini qayirnb hamda kontrgaykani bo`shatib, qulfli shayba va halqa olinadi, keyingi gayka burab chiqariladi. Burish tsapfasidan tashqi podshipnik va tormoz barabani bilan yig`ilgan holdagi gupchak s`yomnik yordamida presslab chiqariladi. SHkvoren stoporidan gaykani burab chiqarib, stopor burish tsapfasining teshigidan bolg`a va mis urib chiqargich yordamida urib chiqariladi. SHkvorenning qo’qoqlarini mahkamlovchi boltlar tsapfadan burab chiqarilgach, shkvoren pastga s`yomnik yoki bolg`a va urib chiqargich yordamida presslab chiqariladi. So`ngra burish tsapfasi balkadan ajratib olinadi, tayanch halqa va shayba olinadi. Tsapfa podshipnigidan va g`ildirak gupchagidan eski moy to`kib tashlanadi, salnik kirdan tozalanadi, moyni vtulkalar va halqaga olib keluvchi kanallar tozalanadi, detallar yuviladi.
Old o`qni yig`ish ishlari qismlarga ajratishdagiga teskari tartibda bajariladi. Bunda g`ildirak gupchagining podshipniklari moylanadn va rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |