41. Rossiyada o‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘itlar fanining rivojlanishi
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlari ham nihoyatda katta rol
o’ynaydilar.
Rossiyada o’simliklarning oziqlanish masaalarini ishlab chiqish va o’g’itlar
ishlatishning boshlanishi 19-asrning 60-70-yillariga to’g’ri keladi. Bu sohada
A.A.Engelgardt, D.I. Mendeleev, P.A.Kostichev, timiryazev, I.M. Komov,
A.Bolotov, M.G.Pavlov va boshqalarning olib borgan ishlari,ayniqsa diqqatga
sazovordir.
O’sha darning ilg’or agronom-olimlari I.M.Komov, A.T. Bolotov ,
M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go’ng, kompostlar, kul, ohak va
boshqa mahalliy o’g’itlar ishlatishga katta eotiborberdilar. olimlarning ancha ilgari,
19-asrning boshlaridayoq o’simliklarning oziqlanishi uchun go’ng parchalanganda
tuproqda hosil bo’ladigan mineral tuzlarning o’simliklarning oziqlanishidagi
ahamiyatini ko’rsatib bergan edilar.
Professor A.N.Engeldardt (1832-1893) o’z zamonasining buyuk demokratik
arboblaridan biri bo’lib, dehqonchilikning kimyoviy asoslari, qiloqdan xatlar kabi
qator asarlarida dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanishni targ’ibot qilgan edi.
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o’g’it sifatida fosforit unidan
foydalanib, qator tajribalar olib borilgan. A.N.Engeldardt yashil o’g’itlarga, yani
sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.
A.N.Engeldardt fosforit uni va sideratsiya juda katta maydondagi shimol
yerlarini madaniy holga kelishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, degan edi. U
yerlarni kimyoviy melioratsiyalash, yani ohaklash va gipslash ilarini go’ng bilan
birga qo’shib olib borishni qizg’in tarafdorlaridanbiri edi.
D.I. Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib
borgan ulug’ russ kimyogari. U tomonidan o’g’itlarning taosirini o’rganish bo’yicha
Peterburg, Moskva, Smolensk va Simbirsk guberniyalarida tajriba stantsiyalari
tashkil etilgan va bu tajriba stantsiyalarida suniy mineral o’g’itlardan foydalangan
holda ilmiy-tadqiqot ilariolib borilgan.
D.I.Mendeleev dehqonchilikdan olinadigan mahsuldorlikni har tomondlama
ko’paytirish sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirgan va bu ishlarga raxbarlik
qilgan.
D.Mendeleev tomonidan o’g’itlar samaradorligini oshirish bo’yicha
Rossiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dala tajribalari olib borilgan va turli
tuproq -iqlim sharoitlarida o’g’itlarning qanday taosir etish xususiyatlari ochib
berilgan va dala tajribalarining geografik to’rini tashkil bo’lishiga asos solgan. Ilmiytadqiqotlarning natijasi asosida shunday xulosaga kelindiki, Rossiyaning Yevrova
qismida go’ng hamma joyda samarali taosir etgan, fosfor qora tuproqlarda, azot va
ohak chimli -podzol tuproqlarda yaxshi taosir qilgan, kaliy esa dukkakli jkinlarga va
idiz mevalilarga samarali taosir ko’rsatganligi ko’rsatib berilgan.
P.A. Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning
«O’g’it to’g’risida talimot» nomli kitobi chop etildi. U o’zining ushbu asarida
Yu.Libixning «To’la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi.
P.A. Kostichev shunday deydi: «Tuproqning unumdorligi uning tarkibijagi
ozuqa elementlariing miqdorigagina bog’liq bo’lmasdan, balki uning strukturasiga va
boshqa fizik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Tuproqning strukturasi esa uning
tarkibidagi chirindiga bog’liqdir». Kostichev tomonidan tuproqning fosfat rejimiga
oid ilmiy-tadqiqotlari amalga oshirilgan.
Professor G.G.Gustavson (1834-1908) o’zining «Agrokimyodan 20 talabalar
MA’RUZA» degan kitobida tuproq va o’g’itlar kimyosi, tuproq, o’g’it va yemxashaklar analizlari to’g’risida masalalarni yoritgan edi.
Agrokimyoning ilmiy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning (1843-1920)
mumtoz ilmiy-tadqiqotlari katta o’rin tutadi. Uning ilmiy amaliyotga vegetatsion
tajribalar olib borish uslubiyoti tadbiq etilgan. K.Timiryazev tajriba ishlarini olib
borishni juda yuqori baholagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |