1. O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish. Kirish



Download 34,98 Kb.
bet1/3
Sana11.09.2021
Hajmi34,98 Kb.
#172119
  1   2   3
Bog'liq
APPLIKATSIYA USULIDAN FOYDALANIB BUYUMLARGA VA KO'RGAZMALARGA BEZAK (2)


APPLIKATSIYA USULIDAN FOYDALANIB BUYUMLARGA VA KO’RAGAZMALARGA BEZAK BERISH

REJA:

1.O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish.

2.Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish.

KIRISH

Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga applikatsiya haqida tushuncha berish. Naqshli applikatsiya tayyorlash texnikasini yanada boyitish.


Tarbiyaviy maqsad: Qog’oz bilan ishlash malakalarini o’stirish, shaxs malakalarini shakllantirish.Estetik didini vatanparvarlik tuyg’ularini, nutq madaniyatini o’stirish, kasbga qiziqtirish, mehnatsevarlikka o’rgatish.Rivojlantiruvchi maqsad: Diqqatni, e’tiborni, psixologik tuyg’ularni ruxiy jarayonlarni shakllantirish.Dars turi: Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish va takomillashtirish.Darsning metodi: Ko’rgazmali materiallar bilan ishlash, amaliy topshiriqlar bajarish, krassvord va test savollari bilan ishlash.
Dars jihozi: Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar, plakatlar, naqshlar namunali, shablonlar, krassvord, test savollari.Atama va tushuncha: Applikatsiyalar, qog’oz haqida tushuncha.Darsning borishi.Salomlashish.O’quvchilarni darsga tayorgarligini ko’zdan kechirish.O’quvchilarni guruhga bo’lish.Maqollar aytish:O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarni uyga vazifalari tekshirish, savol-javob orqali mustahkamlana- di.Yangi mavzu bayoni: Applikatsiya (applikatio) –lotincha so’zdan olingan bo’lib ustidan qo’yish, ustini yopishtirish, qirqib yopishtirish degan ma’noni anglatadi.Boshlang’ich sinf badiiy mehnat darslarida qog’oz va kartonlaridan, gazlama va ip bo’lakchalaridan, charmdan, tabiiy materiallar (somon, urug’, barg)dan, tashlandiq materiallardan applikatsiya tayyorlash mumkin.Hamma turdagi applikatsiyalarni bajarish usuli bir xil, ya’ni yopishtiriladigan detalning teskari tomonidan shablon yoki trofaret orqali tasvir chizib qir qiladi va asosga karton yoki faneraga yopihtiriladi.Qog’oz va kartondan tayyorlanadigan applikatsiyalar uchun rangli qog’oz, baxmal qog’ozlarni ishlatadi.Applikatsiya tayyorlash uchun o’qituvchi, chiroyli rangdagi qog’ozlarni tanlaydi, chunki o’quvchilar ranglarning garmonik moslashuvini o’zlashtirishi lozim.

Buning uchun tasviriy san’at darslarida kamalak ranglarini iliq va sovuq (xromatik va axromatik) ranglar, ularning applikatsiyalarda to’g’ri tanlanishi haqida tushuncha berib boriladi.Natijada o’quvchilar tasviriy san’at sohasida olingan bilim, ko’nikma va malakalarini badiiy buyumlar yasash darslariga qulay bo’lishini o’rganadilar.O’quvchilar musavvirlik va mehnat faoliyatlarining o’zaro uzviy bo’gliqligi amalgam oshadi.Applikatsiya yasash darslari o’quvchilarining estetik va badiiy didini osirishda o’zbek xalq milliy naqshlari hususiyati,qo’llanishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni to’g’ri, egri yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.“Applikatsiya” tushunchasi xususiyatlari va faktura materiallariga ko’ra xilma-xil bajarilish texnikasinng o’hshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullari o’z ichiga oladi.Har bir material applikatsiyasi bajarish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan; qog’oz, limon ddaraxtlari po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.Applikatsiya ----badiiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadanfaqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvirenlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalr va kastyularni tayyorlash emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini beradi.Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina , odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligi aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyimbosh,turar joylar bezatilgan.Bu ishda ular teri-mo’yna, namatdan foydalanishgan.Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan.Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan Applikatsiyalar bilan ular o’tovlarini bezashgan.



Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo’yna ishlatishgan.Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat, va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or preotmetlarini bezashda foydalanishgan.Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fan xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan.Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari bezatilgan.Faqat 15-asrga kelib rivojlangan qog’ozdan applikatsiya qilishni applikatsiya- ning “yosh” turi deyish mumkin. Qog’ozdan naqsh qirqish bilan o’tmishning mashhur sa’notkorlari ham shug’ullangan.Rassom F.P.Tolstoyni 19-asrning birinchi yarmidagi siluet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50ta siluet ishi ermitajda saqlanmoqda.19-asrda siluet san’ati G.Narbut, E.Kruglikov va ko’pgina boshqa rassomlarning ijodida ham o’z aksini topdi.Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug’illanib qolmay, balki xalq orasidan chiqqan mohir ustala ham bu ish bilan shug’ullangan edilar.Ukraina va Belorussiyada qog’ozdan naqshli parda – firanklar qirqishgan.Rassom E.E.Lebedeva ham o’z talantini qog’ozdan applikatsiyalar qirqishga bag’ishlagan.Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda- vitsinanki deb ataladi.Hozirgi kunda Applikatsiya xalq sa’natida juda keng tarqalgandir.Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi rassom floristlarning jamiyati tashkil etildi.Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi.Qo’l mehnati, formani his qilish chamalash va rangni sezishni o’stiradi.Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.Boshlang’ich sinflarda Applikatsiya mashg’ulotlarining tarbiyaviy ahamiyatijuda kattadir.Badiiy didni o’stiradigan darslar orqali o’quvchilarda psixologik xususiyatlar: xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur, bilish tuyg’ulari shakillanadi, estetik qobilyat shakillanadiva tarkib topadi. Applikatsiya yasash darslari o’quvchilarning estetik badiiy didini oshirishda, o’zbek xalq milliy naqshlari husisiyati, qo’llanilishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni tog’ri, egri yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiyalar ko’rinishi jihatidan bir necha turga bo’linadi:Harfli applikatsiyalar;Naqshli Applikatsiyalar;Bir buyumli Applikatsiyalar.Mavzuli Applikatsiyalar;Harfli Applikatsiyalar ko’rgazmali qurollar, devoriy gazetalar tayyorlashda qo’lanilinadi. Bunda rangli qog’oz – kartonning teskari tomonidan harfning teskari aksi chizib qirqiladi va belgilangan joyga ma’lum bir tartibga rioya qilgan holda bu harflar yelimlanadi..Naqshli Applikatsiya hosil qilishda geometric shakillardan, hamda simmetrik qirqilgan naqshlardan foydalaniladi.Naqshli Applikatsiya tayorlashga asosga eskiz chizib olinadi va qirqilgan shakillar navbatma –navbat yopishtirib chikiladi.Bu turdagi Applikatsiyalarni tayyorlashda tarixiy yodgorliklar – Samarqand, Xiva, Buxoro, yodgorliklarning rasmidan, milliy buyumlar (so’zana, gilam, atlas gazlamasi, jiyak) namunalaridagi naqshlaridan foydalanish mumkin.O’quvchilarning ijodkorlik qobilyaini rivojlantirish maqsadida bir xil shakilli va har-xil shakilli shablonlardan mustaqil naqsh tuzishni o’rgatib boorish ham mumkin.Buyumli Applikatsiyadafaqatgina bir predmet tasvirlanadi. Masalan, olma, sabzi, barg, gul, birorta, jonivorni, shaklini rangli qog’ozdan qirqib yopishtirish mumkin.Predmetli Applikatsiyalar ko’pincha 1-sinfda o’rgatiladi. Bunda bir xil yoki ikki xil rangli qog’oz tanlanadi.Mavzuli Applikatsiya – Applikatsiyaning eng murakkab turi bo’lib u o’zida ma’lum bir mazmun vva ma’noni aks ettiradi.Mavzuli Applikatsiyada badiiy, Asar, ertak, hikoya qahramonini, tabiat manzarasini, yil fasllarini, tantanali va bayram kunlarini aks ettirish mumkin. Mavzuli Applikatsiyauchun bir necha rangdagi qog’ozdan foydalaniladi. Bu turdagi Applikatsiyalar o’quvchilardan faqat mehnat malakalarini talab qilibgina qolmay, balki ulardan musavvirlik tayyorgariligini ham talab qiladi.Ta’lim jarayonidagi uzviy aloqani amalga oshirish maqsadida o’qish ona tili, sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan asar qahramonlarini, tabiatshunoslikda o’rganilgan yil fasillari ,tabiat manzaralarini tasvirlab applikatsiyalar tayyorlash mumkin.

Applikatsiya tasvirlarini belgilash uchun o’qituvchi tayyorlangan shablon trafaretlardan foydalanish ham mumkin.O’quvchilarga 1-sinfdan qog’ozni qirqishni o’rgatishda sanoq materiallari (to’rtbuchak,, uchburchak, aylana, archa, quyon, kabilar)ni yasashni tavsiya qilinadi.Tematik applikatsiya uchun tanlagan temaga asosan qog’oz yoki kartondan fon tanlanadi. Masalan, yangi yil, qish fasllarini aks ettirish uchun ko’k yoki zangori rangni;Bahor, yoz, kuz, manzaralariga sariq rangni; tun, yulduzni tasvirlash uchun qora rangni tanlash mumkin. Tematik Applikatsiyada tanlangan temaga asosan qog’oz yoki kartondan foydalanib ish yuritiladi. Tematik Applikatsiyada harfli, naqshli Applikatsiyalar ham ishtrok etishi mumkin. Harflar tantanali kun, bayram nomini tasvirlasa, naqshlar qo’shimcha bezak berish uchun foydalaniladi.Tematik Applikatsiyadagi detallarham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim. Masalan 1-sentabr otkritkasidagi detallar ham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim, sariq, qizg’ish-sariq rangli barglarni, yangi yil tabriknomasiga archa, qorbobo, qorqiz, qor uchqunlarini, 8-mart tabriknomasida lola, binafsha, sariqgul, va shunga o’xshash gullar tasvirini qirqib yopishtiriladi. Applikatsiya iloji boricha mayday detallarni ham qog’ozdan qirqib yopishtiriladi(ko’z, burun, lab, tugmacha).Bajarish usuliga qarab Applikatsiyalar ikki usulda bo’ladi:

Tekis Applikatsiya;

Bo’rtma Applikatsiya;

Tekis Applikatsiyada qog’oz, karton belgilangan joyga tekislab yopishtiriladi. Bo’rtma Applikatsiyada esa qog’ozdan qirqilgan shaklning ma’lum qismigina yopishtiriladi. Yopishmay qolgan qismi esa sathdan ko’tarilib turadi.Natijada bo’rtma tasvir hosil bo’ladi. Gul, barg, archa, kapalak shakllarining o’rtasini yoki yarim pallasini yelimlabsovg’bop buyumlarni bezatishimiz mumkin.Oqitishning to’rt yili davomida o’quvchilar Applikatsiyaning hamma turlari bilan tanishishlari lozim.

Badiiy mehnat darsi tufayli o’quvchilarni ijodiy ishlash ko’nikmasini shakillantirish kelgusi avlodni izlanib-ijod qilishlarini ta’minlab beradi.O’quvchilar tomonidan bajaraladigan, moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum bir sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga, ongli ravishda yondashishga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining asosiy vazifasi mehnatga axloqiy va psixologik tayyorlash, o’quvchilarni applikatsiya haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, applikatsiyaning turlari haqida tasavvurga ega qildirish, o’quvchilarni mehnat ta’limi orqali hayotga tayyor kadrlar yetishib chiqishi uchun zamin yaratib beradi.Mehnat talimining ahamiyati maktabdagi mehnat tarbiyasi va ta’limning maqsadi mehnatga muhabbat va mehnat ahliga hurma tuyg’usini sindirish.O’quchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq–xo’jalik ishlab chiqarish imkoniyati.Qurilish transporti, xizmat ko’rstish sohalari asoslari iblan tanishish.O’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida mehnat ko’nikmalari va mahoratlarini hosil qilish.Ongli ravishda kasb tanlash.Mehnat ta’limining vazifalari-turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga applikatsiya mashg’ulotlariga taaluqli dastlabki boshlang’ich ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbaalaridan foydalana olish, mehnat applikatsiya amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish.o’quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoat bo’lib mehnat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.Boshlang’ich sinflarda badiiy mehnat darsida applikatsiya mashg;ulotlari orqali xalq xunarmandchiligi, xalqning milliy ruhini aks ettiradigan ijod namunalaridan foydalanib milliy qadiryatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosi haqida bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirishda ijobiy natijalar beradi.



Applikatsiya mashg’ulotlar orqali o’quvchilarda ijod qilish qobilyati, estetik did, ma’naviy dunyoqarash, qiziqish, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’la oladigan sifatlar rivojlanib, skakillanib boradi.Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining vazifasi shundan iboratki o’quvchi to’g’ri rang tanlay ola bilish, rangli qog’ozlardan to’g’ri o’z o’rnida foydalanish, bezak berish ya’ni dizayn, ijod qila olish qobilyatini o’stirish, applikatsiyaning turlari haqidagi bilimlarni boyitish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.Yangi mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarga savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi;O’quvchilarga maqolni davom ettiris o’yini o’tkaziladi.Mehnatdan kelsa boylik,Mehnat mehnatning tagi.Tirishding tog’dan oshding,Yorug’lik sari Yer haydasang yuz hayda,YuzApplikatsiya deganda nimani tushunasiz?Applikatsiya turlarini ta’riflab bering.Bo’rtma applikatsiyadan tekis applikatsiyaning farqi? Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy ishlardan biri sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi dasturiga kiritilgan. Applikatsiya mashg'uloti bolalarning har tomonlama o'sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani uyg'otadi, ijodinit tug'diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo'l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo'ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o'stirish orqali bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog'ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o'simlikdan, somondan applikatsiya kabi ishlarni bajaradilar.Applikatsiya haqida ma'lumot.«Applikatsiya» so'zi lotincha so'zdan olingan bolib, «joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog'oz, somon, quritilgan o'simlik o'ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki ko'p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik baxsh etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik bo'ladi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri xarakterli bo'ladi. Applikatsiya o'ziga xosligi katta doirachalardan iborat.Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg'unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog'ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko'ra olishga o'rgatadi, ularning o'zaro bog'liqligi, butun, qismlar, rita, simmetiik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko'rsatish malakasini ko'rsata oladi.Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan, mustaqil asar pannolar, surat, plakat. Ilstrativ tasvir, elementar matematikaga o'rgatuvchi ko'rgazma qurol, tabiat, nutq o'stirish metodikasi uchun ijodiy o'yin, o'yinchoq, 8-mart bayram sovg'asi, qurolli kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko'rgazma kabi. Maktabgacha ta'lim muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o'rni katta.Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar. Asboblar ishlatilishiga mos bo'lishi bilan birga, estetik talabga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni «pape-mame» usulida qaychi qo'yish uchun qalamdon yasash, mo'yqalam qo'ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo'yqalam, oddiy qalam, qiyqim uchun quticha, lattacha, gazeta qog'ozi.Qaychi - uchi to'g'ri, katta-kichik bo'lib, katta qaychi - 14-20 sm, to'g'ri, uchi uchli va aylanaviy katta tasvirlarni qirqish uchun ishlatiladi.Kichik qaychi -8-10 sm, mayda detallarni qirqish uchun qaychi o'tkir bo'lishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaratilgan holda qo'yilishi, boshqa odamga uzatganda ham uchini ushlagan holda uzatish kerak, qaychi ko'ndalang turganda qo'lni silkitish, o'qtalish mumkin emas. Unda ko'rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.Yelim uchun mo'yqalam. Masalan, 2-3 ta mo'yqalamga ega bo'lish kerak. Mo'yqalam applikatsiya mazmunining katta-kichikligiga bog'liq. Katta hajmdagi applikatsiyaga uchi enli mo'yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo'yqalamdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ish tugagandan so'ng, mo'yqalamni yaxshilab yuvib, artib, quritib, mo'yining tuzilishini saqlash uchun mo'yini yuqoriga qilib qo'yish kerak.

Download 34,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish