Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyning sotsiologik qarashlari tafakkurining bundan keyingi rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
ABU NASR FOROBIY (873-950 y.y.) Qadimgi Yunoy faylasuflari: Platon va Aristotel g‘oyalarini ijodiy rivojlantirdi, o‘zining aniq sotsiologik qarashlarini ilgari surdi; Platon va Aristotel asarlariga ilmiy sharhlar yozdi. U Sharqda Aristotel (Arastu) g‘oyalarining keng ommalashuvida muhim rol o‘ynadi va shuning uchun ham «Ikkinchi muallim» nomi bilan sharaflandi.