7. To’yingan uglevodorodlarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati
Etilen va asetilen zamonaviy organik kimyo texnologiyasida muhim xomashyo hisoblanadi. Etilenning yarmidan ko’prog’i polietilen olish uchun ishlatiladi. Qolgan qismi etanol, xloretan, vinilxlorid, stirol kabi ko’plab organik moddalar sintezi uchun sarflanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chala pishgan holda uzoq masofalarga tashishda etilenning ularni (asosan, mevalarni) yetiltirish xususiyatidan foydalaniladi. Asetilendan etil spirti, sirka kislota, sintetik kauchuk, polixlorvinil va poliftorvinil plastmassalar olinadi.
Benzol va uning gomologlari nitrobenzol, xlorbenzol, yuqori molekular birikmalar, bo’yoqlar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligi zararkunan-dalariga qarshi vositalar olishda qo’llanadi.
Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan - C6 H6 Cl6 qishloq xo‘jaligida insektitsid (zararkunandalarga qarshi) vosita sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |