8.Ekstraksiya usuli
Еkstraktsiya (lotin. еkstraho – ajrataman) – 1. Moddalarni bir suyuqlikdan yoki qattiq moddalardan boshqa еrituvchi (еkstragent) yordamida ajratib olishdir. Masalan, benzol (еkstragent) yordamida chigitdan yog’ ajratib olinadi. Еkstraktsiya bir necha bosqichda, partsial еkstraktsiya yo’li bilan olib boriladi. Еkstraktsiya bundan tashqari – aralashma komponentlarining har xil еruvchilarda turlicha еrishi asoslangan. Еkstraktsiyalash kimyo, neftni qayta ishlash, oziq – ovqat, metallurgiya, farmotsevtika sanoatlarida keng ishlatiladi, masalan, analitikaviy kimyoda xossalari jihatidan o’zaro o’xshash еlementlarni (nikel va kobalt, tsirkoniy va gofniy hamda boshqalarni) bir – biridan ajratishda ham qo’llaniladi. 2. Qattiq yoki suyuq aralashmani ajratish usuli; bunda ularga komponentlari bir xilda еrimaydigan har xil еrituvchilar bilan ishlov beriladi. Odatda, еkstraktsiyaning diffuzion apparatlar (еkstraktorlar) yordamida suvli еritmalarda bajariladi. Еkstraktsiyaga teskari jarayon – reekstraktsiyalash. Еkstraktsiyadan keyin fazalarga ajratsh uchun tindiriladi, tsentrafugalanadi, kristallanadi va b. Gidrometallurgiyada, farmatsevtika preparatlarini, oziq – ovqat va kimyoviy mahsulotlarni olishda ishlatiladi.
gazli ekstraksiya
suyuqlikli ekstraksiya
Suyuqliklarni ekstraksiyalash.
Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta’sir qiluvchi boshqa
suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi.
Bunday jarayonda bir yoki bir
necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o׳tadi. ekstraksiya jarayonini amalga oshirish
erituvchini to׳gri tanlashga bogliq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki
bo׳lmasa qisman aralashib ketadigan bo׳lishligi mumkin. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim
Anilinning ekstraksiya usulida ajratish
Asbob va reaktivlar: Ajratish voronkasi, stakanlar (50 va 100ml), filtr qog‘oz,voronka, anilinni to‘yingan suvli eritmasi, xloroform,suvsiz potash.
Ish tartibi. 20ml anilinning suvdagi to‘yingan eritmasidan (100g suvda 18оC da 3,5g anilin eritiladi) sig‘imi 100ml bo‘lgan ajratish voronkasiga quying va uning ustiga 10ml xloroform (yoki dixloretan) qo‘shing. Voronkaning qopqog‘ini yopib sekin-asta chayqating va vaqti-vaqti bilan voronka ichida hosil bo‘lgan bosimni voronkaning jo‘mragini yuqoriga qaratgan holda ochib chiqaring. So‘ngra voronkani shtativga o‘rnatib, undagi aralashmani bir oz tindiring. Bunda pastki xloroform qavatini voronka jo‘mragi orqali toza kolbaga soling. Voronkada qolgan suvli ekstrakt shu tarzda ikki marta estraksiya qilinadi. Xloroformli estraktlarni birlashtiring va suvsiz K2CO3 solish bilan quriting. So‘ngra ekstraktni filtrlab haydash usuli orqali anilinni tozalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |