1-oraliq nazorat Savollar



Download 26,55 Kb.
bet3/6
Sana24.03.2023
Hajmi26,55 Kb.
#921347
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TED BB

Diskontlash stavkasi ― bo‘lg‘usi pul tushumlarini joriy qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan iqtisodiy samara stavkasi;
Joriy qiymat ― tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib, muayyan sanaga keltirilgan bo‘lg‘usi daromadlar qiymati;
Intellektual mulk obyekti ― jismoniy yoki yuridik shaxsning intellektual faoliyat natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mutlaq huquqi;
Ishtirokchi ― baholash haqida vazifada qo‘llaniladigan baholash bazasi (bazalari)ga muvofiq manfaatdor ishtirokchi yoki ishtirokchilar.
Kapitallashtirish stavkasi ― muayyan davr uchun daromad miqdorini qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan, qoida tariqasida, foiz hisobida ifodalanadigan bo‘luvchi.
Qiymat ― sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha
Qiymatni baholash sohasidagi ekspert ― boshqa baholovchi tomonidan bajarilgan baholash haqidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini o‘tkazadigan hamda baholash obyektini takroriy baholashni o‘tkazmasdan ekspert xulosasida o‘zining baholash haqidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolis fikrini bildiradigan professional baholovchi;
Multiplikator ― korxonaning narxi yoki o‘zgacha qiymat asosi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish yoki ashyoviy ko‘rsatkich o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi koeffitsiyent
Va boshqa yuqoridagi atamalar o’xshagan biznesni baholash faoliyatida foydaniladigan tushunchalar mavjud

3. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish fan va amaliyotning bir
qator yangi sohalarini keng rivojlantirishni talab etdi. Xususiylashtirish jarayoni,
fond bozorining vujudga kelishi, sug'urta tizimining rivojlanishi, tijorat
banklarining mulk garovi ostida kreditlar berishga o'tishi asta-sekin xizmatlaming
yangi turi — korxona (biznes)ni baholash, uning sarmoyasining bozor qiymatini aniqlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantiradi.
Korxonaning sarmoyasi — beqiyos va o‘z tarkibiga ko‘ra murakkab tovar,
uning shakllanish jarayonini ko‘p jihatdan aniq omillar belgilab beradi. Shuning
uchun uni kengayishining barcha o'ziga tegishli ichki va tashqi shart-sharoitlarini
hisobga olgan holda kompleks baholashga nisbatan zarurat paydo bo‘ldi.
Korxonaning bozor qiymatini aniqlash oldi-sotdi operatsiyalari bilan
tugamaydi. Aksiyalashtirish, yangi paychilami jalb etish va qo‘shimcha aksiyalami
chiqarish, mol-mulkni sug‘urtalash, mulkni garovga qo‘yib kredit olish,
soliqlami hisoblash, meros qilish huquqidan foydalanish va boshqa hollarda
korxona biznesini baholashga nisbatan ehtiyoj ortadi.
Agar korxona mulkining biron bir bo‘lagi oldi-sotdi, kreditlash, sug‘urtalash,
ijara yoki lizing, payni kiritish obyekti bo'lsa, shuningdek, mol-mulk solig‘i
aniqlanayotgan hollarda, zarur bo‘lgan obyekt, masalan, ko‘chmas mulk,
mashinalar va jihozlar, nomoddiy aktivlar alohida baholanadi.
Biznesning mulkiy qismi qiymatini baholash quyidagi hollarda amalga
oshiriladi:
• u yoki bu sababga ko‘ra (masalan, foydalanilmayotgan yer uchastkalari,
binolar, inshootlardan qutulish; kreditorlar bilan hisob-kitob qilish; sheriklarga
ziyon yetkazilgan hollarda sud qaroriga ko‘ra ular bilan hisob-kitob qilish
uchun va h.k.) ko‘chmas mulkning qandaydir bir qismi sotilganda;
• ko‘chmas mulkning bir qismini garovga qo‘yib kredit olinganda;
• ko'chmas mulk sug'uita qilinayotganda va shu sababli sug'urtalanayotgan
mulkning qiymati aniqlanayotganda;
• ko‘chmas mulk ijaraga berilganda;
• mol-mulk solig'ini hisoblashda soliq solish bazasi aniqlanayotganda;
• ko’chmas mulkning bir qismini tashkil etilayotgan boshqa korxonaning
ustav fondiga ulush sifatida rasmiylashtirishda;
• biznes-rejani ishlab chiqishda qandaydir bir investitsiya loyihasi
baholanayotganda;
• xaiajatli yondashuvdan foydalangan holda korxona qiymatini umumiy
baholashning oraliq bosqichi sifatida ko‘chmas mulk qiymatini baholashda.
Jihozlar qiymatini baholash quyidagi hollarda zarur:
• ayrim sabablarga ko‘ra asbob-uskunalar va jihozlar sotilganda (keraksiz,
jismoniy yoki ma’nan eskirgan jihozlardan qutulish; kreditorlar bilan hisobkitob qilish; iqtisodiy va ekologik mezonlar bo‘yicha ilg‘or jihozlar bilan
almashtirish uchim);
• kredit bitimini ta’minlash uchun ко‘char mulkning bir qismini garov
sifatida rasmiylashtirishda;
• ko‘char mulkni sug'urta qildirishda;
• mashinalar va jihozlar ijaraga berilganda;
• mashinalar va jihozlar lizingini tashkil qilishda;
• mol-mulk solig‘ini hisoblashda asosiy vositalar uchun soliq solish bazasi
aniqlanayotganda;
• mashinalar va jihozlami boshqa korxonaning ustav fondiga ulush sifatida
rasmiylashtirishda;
• investitsiya loyihasini amalga oshirishda mashinalar va jihozlar qiymatini
baholashda.
Koixona firma belgisi yoki individuallashtirishning boshqa vositalari va uning
mahsulotlari (xizmatlari) qiymatini baholash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
• ular boshqa firma tomonidan sotib olinayotganda;
• sotuv bozori kengayib, sotuvlar hajmi oshganda yangi hamkorlaiga
franshiza berishda;
• boshqa korxonalar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar bilan korxona
nufuziga yetkazilgan zarami aniqlashda;
• korxona qiymatini umumiy baholash uchun nomoddiy aktivlar, gudvil
qiymatini aniqlashda.
Biznes yoki uning tarkibiy qismi qiymatini baholashga nisbatan yuqorida
ko‘rib chiqilgan ehtiyojlar unga tovar sifatida mulkiy huquqlar bilan shartlangan.

4. Korxonaning aksiyalar paketlari va qimmatli qog'ozlari quyidagi hollarda


baholanadi:
• korxonani aksiyalashtirishda;
• korxonaning ustav fondini oshirishda;
• aksiyalar paketlarini boshqa korxonalar ustav sarmoyasiga o‘tkazishda;
• biznesni maydalash yoki uni tarkibiy o£zgartirishda mulkdorlaming
ulushini aniqlashda;
• kreditlash uchun garov sifatida foydalanishda;
• qo‘shib olinayotgan korxona aksiyalarini xarid qilishda qo'shib olayotgan korxonaning barbod bo‘lishini oldini olish uchun;
• aksiyadorlik jamiyatlarini sotishda (ayniqsa, qo‘shilish va qo‘shib olish jarayonida) korxonalar aksiyalari boshqa korxonalar aksiyalariga almashtirilishi
lozim bo‘lgan munosabatlami aniqlashda;
• biznesga yangi mulkdorlar aksiyalar va qimmatli qog‘ozlar ko'rinishidagi
mulkiy badal bilan kirganda.

5. Наr qanday korxonaning qiymatini baholash muayyan bozor sharoitida


ma’lum bir vaqtda u tomonidan keltiriladigan potensial kutilayotgan va
haqiqiy daromadni hisobga olgan holda uning qiymatini pul ifodasida
aniqlashning tartibga solingan aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayonini
o‘zida namoyon etadi.
Biznes qiymatini baholash bozor xususiyatiga xos funksiya hisoblanadi. Bu
shuni anglatadiki, baholash birgina baholanayotgan biznesni tashkil etish yoki
xarid qilish xarajatlari bilan cheklanmaydi. U, albatta, bozor omillarining
yig'indisini hisobga oladi: vaqt omili xatar omili, bozor konyunkturasi, raqobat
darajasi
va modeli, baholanayotgan biznesning iqtisodiy xususiyatlari, shuningdek, ushbu biznesni rivojlantirishning makro va mikroiqtisodiy muhiti.

Download 26,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish