Samarqand shahar 24-maktabda o'quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish , 9-b sinf o’quvchisi Karimova Rayxonani oilaviy sharoitini o’rgangan holda murabbiy o’qituvchi biriktirish yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI.
12.04.2022. Qatnashdi: maktab ma’muriyati,
maktab psixologi,
8-“G” sinf rahbari va
8-“G” sinf o’quvchilari
Kun tartibi:
1. O’quvchi yoshlar va voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish to’g’risida.
2. 8-“G” sinf o’quvchilari Muhammadjanov Diyorjon va Shuhratov Shaxriyorga tarbiyaviy murabbiy tayinlash to’g’risida.
Yig’ilishni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N.To’xtayeva o’zining kirish so’zi bilan ochib berdi. U kishi so’zi davomida kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi. O’quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik haqida gapirib uning salbiy holatlari haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun barchamiz birdek ma’su ekanligimizni tushuntirib o’tdi. O’sib kelayotgan har bir yosh avlod oila va mahalla ko’rki bo’lish kerakligini ta’kidladi. Shundaan so’ng maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N.To’xtayeva so’zga chiqib o’quvchilarning darsdan keyin bo’sh vaqtlarida fan to’garaklari va sport seksiyalariga qatnashish kerakligini aytib o’tdi. Maktab psixologi S. G’oyibnazarova ham so’zga chiqib yuqoridagi aytilgan gaplarga qo’shimcha qilib o’zining pand nasihatlarini berdi, bugungi kun yoshlarikelajakka munosib bo’lish kerakligini, kelajak yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlab o’tdi. Bunday yig’ilish, davra suhbati va tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanga munosib qilib tarbiyalash. Yuqoridagi fikrlar inobatga olinib quyidagi 7-“G” sinf o’quvchilari Muhammadjanov Diyorjonga tarbiyachi murabbiy etib sinf rahbari Yarqulov Xurshid ,Shuhratov Shaxriyorga tarbiyachi murabbiy etib Isayev Muzaffar tayinlandi. Yuqoridagilarni hisobga olib yig’ilish
QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi masala ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O’quvchilarning hquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari tushuntirilsin.
3. 8-“G” sinf o’quvchilari Muhammadjanov Diyorjon va Shuhratov Shaxriyorga tarbiyaviy murabbiy tayinlansin.
4. Ushbu o’quvchilarni tartibini yaxshilash maqsadida ularni maktabda bo’lib o’tadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilsin.
5. Ushbu ishlarning bajarilishi MMIBDO’ lari zimmasiga yuklatilsin.
6, Ushbu ishlarning bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: N.To’xtayeva
Yig’ilish kotibi: M.Isayev
Do'stlaringiz bilan baham: |